O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining huquqiy asoslari. O'zbekiston mustaqilligi haqida gap borganda 1990 yil 20 iyunda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi «Mustaqillik Deklaratsiyasi»ning o'rni va ahamiyatiga alohida to'xtalish lozim. «Mustaqillik Dsklaratsiyasi»da o'zbek xalqining asrlar davomida qo'lga kiritgan davlat qurilishi va madaniy taraqqiyot borasidagi boy tarixiy tajribasi va an'analari hisobga olinishi uqtirildi. Deklaratsiyada O'zbekistonning suveren va mustaqilligi haqida shunday me'yorlar belgilangan: Birinchidan, O'zbekiston SSRning demokratik davlat mustaqilligi Respublikaning o'z hududida barcha tarkibiy qismlarida va barcha tashqi munosabatlardagi tanho hokimligidir. Ikkinchidan, O'zbekiston SSRning davlat hududi chegarasi dahlsiz va bu hudud xalqning muhokamasiga qo'yilmay turib, o'zgartirilishi mumkin emas. Uchinchidan, O'zbekiston SSRda davlat hokimiyati uning hududiga kiradigan barcha tarkibiy va bo'linmas qismlari ustidan amalga oshiriladi va shu hududda yashaydigan aholiga taalluqlidir. To'rtinchidan, SSR Oliy Soveti qabul qiladigan qarorlar O'zbekiston SSR Konstitutsiyasiga muvofiq, O'zbekiston SSR Oliy Soveti tomonidan tasdiqlangandan keyingina O'zbekiston SSR hududida kuchga ega bo'ladi. Beshinchidan, O'zbekiston SSR davlat hokimiyati vakolatiga O'zbekiston SSR ichki va tashqi siyosatiga tegishli barcha masalalar kiradi. Oltinchidan, O'zbekiston SSR xalqaro huquqning asosiy prinsiplarini tan oladi va hurmat qiladi. Yettinchidan, O'zbekiston SSR ittifoqdosh Respublikalar va boshqa davlatlar bilan o'zining siyosiy, iqtisodiy, madaniy va boshqa munosabatlarini shartnomalar asosida belgilaydi va amalga oshiradi. Sakkizinchidan, O'zbekiston SSR o'zining taraqqiyot yo'lini, o'z nomini belgalaydi va davlat belgilarini (gerbi, bayrog'i, madhiyasini) o'zi ta'sis etadi. To'qqizinchidan, Qoraqalpog'iston Muxtor Sovet Sotsialistik Respublikasi mustaqilligini Muxtor Respublika Konstitutsiyasi ta'min etadi. O'zbekiston SSR uning Asosiy Qonuni va O'zbekiston SSR Konstitutsiyasi asosida Qoraqalpog'iston MSSR manfaatlarini himoya qiladi O'ninchidan, O'zbekiston SSRning qonun chiqaruvchi hokimiyati O'zbekiston SSR davlat mustaqilligini amalga oshirish uchun zarur bo'lgan qonunlarni ishlab chiqadi, O'zbekiston SSRning siyosiy va iqtisodiy sistemalari tarkibini va qurilishini belgilaydi. O'n birinchidan, O'zbekiston SSR Oliy Soveti umumxalq muhokamasi asosida demokratik huquqiy davlat tuzishga qaror qilganini bildiradi, O'zbekiston SSRda yashayotgan barcha millat va elatlarning qonuniy, siyosiy, iqtisodiy, etnik, madaniy huquqlariga hamda ona tillari rivojlantirilishiga kafillik beradi. O'n ikkinchidan, ushbu Deklaratsiya O'zbekiston SSRning yangi Konstitutsiyasini hamda yangi ittifoq shartnomasini ishlab chiqish uchun asosdir1. O'zbek xalqining asrlar davomidagi orzusi - o'z taqdirini o'zi belgilash huquqiga erishish 1991 yil 31 avgustda ushaldi. Shu kuni O'zbekiston Respublikasining mustaqilligi e'lon qilindi. 1991 yil 31 avgust kuni qabul qilingan O'zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to'g'risidagi Bayonot O'zbekiston hukumatining siyosiy yo'lini to'la qonunlashtirib berdi. Bu tarixiy hujjatda quyidagi xulosalar ilgari surilgan edi: «-O'tmishdan saboq chiqarib va SSR Ittifoqining siyosiy hamda ijtimoiy hayotidagi o'zgarishlarni e'tiborga olib, -xalqaro-huquqiy hujjatlarda qayd etilgan o'z taqdirini o'zi belgilash huquqiga asoslanib, -O'zbekiston xalqlarining taqdiri uchun butun mas'uliyatni anglab, -shaxs huquq va erkinliklarining, mustaqil ...

Joylangan
11 Jan 2023 | 14:06:18
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.03 KB
Ko'rishlar soni
185 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:42
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Jan 2023 [ 14:06 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.03 KB
Ko'rishlar soni
185 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:42 ]
Arxiv ichida: doc