O'zbekiston Respublikasi davlat ramzlari, bayroq, madhiya va gerb

O'zbekiston Respublikasi davlat ramzlari, bayroq, madhiya va gerb

O'quvchilarga / Huquq
O'zbekiston Respublikasi davlat ramzlari, bayroq, madhiya va gerb - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston Respublikasi davlat ramzlari: bayroq, madhiya va gerb. Har qanday mustaqil davlatning belgilari jumlasiga uning timsoliy ramzlari ham kiradi. Ramzlar- shartli belgilar bo'lib, ular qadim zamonlardayoq turli xalqlarda u yoki bu hodisa, olam, mavjudot, odamlar tasvirini ifodalagan. Ramzlar bevosita xalq, millat hayoti, an'analari, ruhiyati, folklori, tarixi bilan chambarchas bog'liqdir. Davlat ramzlari - bu mustaqil davlatning muhim tashqi belgilarini o'zida mujassamlantiradi. Davlat ramzlarida xalqning azaliy orzusi, uning ezgu niyatlari, bugungi hayot mazmuni aks etadi. O'zbekiston Respublikasining bayrog'i, gerbi va madhiyasi. Har bir mustaqil davlat o'z bayrog'i, gerbi va madhiyasiga ega bo'ladi. Konstitutsiyamizning 5-moddasida davlatimiz bayrog'i, gerbi va madhiyasining huquqiy asoslari belgilab berilgan. Yo'lboshchimiz ta'kidlaganidek, Davlatimiz ramzlari - bayroq, gerb va madhiya O'zbekiston xalqlarining shon sharafi, g'ururi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o'zida mujassamlashtiradi va ular haqida maxsus qonunlar qabul qilingan. O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i to'g'risidagi qonun 1991 yil 18 noyabrda, Davlat gerbi to'g'risida qonun 1992 yil 2 iyulda, Davlat madhiyasi to'g'risidagi qonun 1992 yil 10 dekabrda qabul qilingan. O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzlari muqaddas bo'lib, ularni har qanday yo'l bilan taxqirlash qonun bilan javobgarlikka tortiladi. Davlat ramzlari haqida gapirar ekanmiz, avvalo ularning mohiyati, nima uchun zarurligi va tarixiy kelib chiqishi haqida ham bilib olish kerak. Shundagina ularning davlat hayetida tutgan o'rni va ahamiyati tushunarli bo'ladi. Davlag bayrog'i - bu tavsiri qonun tomonidan (ko'pincha Konstitutsiya bilan) o'rnatiladigan, biror davlatni boshqa davlatlardan farqlovchi rasmiy belgisi, nishonidir U davlat mustaqilligi, suvereniteti ramzi hisoblanadi Davlat bayroqlari, ularning rangi, tuzilishi va emblemalari o'zboshimchalik bilan, ixtiyeriy suratda belgilanmaydi Ular ma'lum ramziy ahamiyatga ega bo'lishi kerak. Davlat bayrog'i davlat muassasalari, elchixonalar, konsulliklar, missiyalar, bojxonalar va shu kabi qarorlarning binosida ko'tariladi. Elchixonalar, missiyalar, konsulliklar milliy bayramlari kuni o'z mamlakatlarining bayroqlarini osib qo'yadilar. Davlat bayroqlari, shuningdek xalqaro konferensiyalar ochilishida, rasmiy marosim-uchrashuvlar vaqgida, xalqaro sport sovrinlari berilayettan vaqtda va xokazo holatlarda ham ko'tariladi. Mustaqil O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i 1991 yil 18 noyabrda Oliy Kengash tomonidan qabul qilingan qonun bilan tasdiqlangan. O'zbekiston Respublikasining davlat bayrog'i muqaddas hisoblanib, u davlatimiz mustaqilligining ramziy belgisidir. Qonunda ko'rsatilganideq bayrog'imiz xalqaro maydonda O'zbekiston Respublikasi delegatsiyalarining xorijiy mamlakatlarga safari chog'ida, xalqaro tashkilotlarda, konferensiyalarda, jahon ko'rgazmalarida, sport musobahalarida ko'tarilib, yurtimizni ulug'laydi. Respublikamiz bayrog'i doimiy suratda - O'zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni binosida, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari binosida, O'zbekiston Respublikasi hukumati - Vazirlar Maxkamasining binosida, Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi va hukumati binosida, mahalliy Kengashlar va Respublikamiz doimiy vakolatxonalari binolarida ko'tariladi. Gerb termini «erbo» so'zidan olingan bo'lib, shohlar va hukmdorlarga davlat, sarhad, hudud va boshqa nasldan naslga meros qoluvchi mulk belgisini anglatadi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16 KB
Ko'rishlar soni 557 marta
Ko'chirishlar soni 73 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:42 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16 KB
Ko'rishlar soni 557 marta
Ko'chirishlar soni 73 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga