O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi o'rganish kursining vazifasi

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi o'rganish kursining vazifasi

O'quvchilarga / Huquq
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi o'rganish kursining vazifasi - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi o'rganish kursining vazifasi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o'rganish huquqi kursini o'qitishdan maqsad talabalarda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining Asosiy Qonun sifatida jamiyat va davlat hayotida tutgan o'rnini, fuqarolarning huquq va erkinliklari va burchlarini, Konstitutsiyaviy qonunlar va huquq manbalarining xususiyati to'g'risidagi tasavvurlarni shakllantirishdan iborat. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o'rganish kursini vazifalari quyidagilardan iborat: talabalarga O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyatini, fuqarolarning huquqiy ongini yuksaltirishni, davlat mustaqilligining huquqiy asoslarini, fuqarolik jamiyatini shakllantirish masalalarini, davlat hokimiyati tashkil etish tamoyillarini, oliy va mahalliy davlat organlari faoliyatini va ularning tizimini, demokratik institutlardan biri hisoblangan saylov tizimini va uning mazmunini, davlat hokimiyati va sud-huquq tizimidagi o'zgarishlarni yaqindan tanishtirish. Ma'lumki, o'tgan davr maboynida, xususan 2002-2005 yillar orasida mamlakatimizda davlat va jamiyat qurilishi sohasida juda ko'p islohotlar amalga oshirildi hamda bir qancha yangi qonunlar qabul qilindi. Shundan kelib chiqqan holda aytish lozimki, ushbu o'quv qo'lanmada quyidagi yangi huquqiy islohotlar hamda o'zgarishlar o'z aksini topdi: - O'zbekiston tarixida birinchi marta davlat hokimiyati tizimida ikki palatali parlament tizimi qaror topdi hamda Prezidentning ayrim vakolatlari parlamentga o'tdi; - Prezidentning vakolat muddati uzaytirildi; - ijro hokimiyati tarkibi yangidan tashkil etilib, uning vazifalari aniq yo'naltirildi; - davlat hokimiyatining shakllanishida muhim institut hisoblangan saylov tizimida ayrim o'zgarishlar ro'y berdi; - sud-huquq tizimi tubdan liberallashtirildi. Ushbu o'quv qo'llanma talabalarning konstitutsiyaviy-huquqiy ongi yuksalishi hamda huquqiy madaniyatning shakllanishida baholi qudrat xizmat qiladi. Prezidentimiz ta'biri bilan aytganda, Konstitutsiyaning asosiy mohiyati, …shundaki, u jamiyat va uning a'zolari oldiga maqsad qo'yadi. Ana shu ezgu maqsadga erishishning yo'llarini o'zida mujassam etadi. Shu o'rinda davlat, oila va jamiyat manfaatlari, soddaroq qilib aytsak, davlat va inson manfaatlari uyg'unlashib ketmas ekan, rivojlanish sari olg'a siljish bo'lmaydi.[2] O'zini-o'zi nazorat qilish savollari 1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o'rganish kursining predmeti nimani o'rgatadi? 2. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o'rganish kursining manbalari haqida nimalarni bilasiz? 3. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o'rganish kursining o'rganish uslublarini sanab bering? 4. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o'rganish kursining vazifasini nimalardan iborat? FOYDALANADIGAN ADABIYOTLAR: 1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T., «O'zbekiston», 2003. 2. Karimov I. A. O'zbekiston milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T.1.-T., «O'zbekiston», 1993. 3. Karimov I. A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. T.2.-T., «O'zbekiston», 1996. 4. Karimov I. A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. T.Z.-T., «O'zbekiston», 1996. 5. Karimov I. A. Bunyodkorlik yo'lidan. T.4.-T., «O'zbekiston», 1996. 6. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001 yil 4 yanvardagi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o'rganishni tashkil etish to'g'risidagi farmoyishi 7. Tadjixanov U., A. Saidov, X. Odilqoriyev. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy huquqi. (darslik). -T., «Sharq», 2001. 8. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy huquqi. T. Moliya nashriyoti. 2002 y. 632.b. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.23 KB
Ko'rishlar soni 184 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:43 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.23 KB
Ko'rishlar soni 184 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga