O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o'rganish kursining tushunchasi va predmeti. Dunyodagi rivojlangan demokratik davlatlarda hech bir shaxs, hech bir fuqaro o'z ijtimoiy-shaxsiy hayotini, o'zining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni Konstitutsiyasiz tasavvur qila olmaydi. Chunki har bir shaxs kundalik hayotida Konstitutsiyada belgilab qo'yilgan huquq va erkinliklariga bevosita murojaat qiladi hamda ushbu Asosiy qonunga o'zining huquq va erkinliklarini kafolatlab beruvchi oliy yuridik hujjat sifatida qaraydi. Shuning uchun ham demokratik jamiyatda yashayotgan har bir shaxs Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini chuqur anglab olishi hamda shaxsiy hayotida uchrab turadigan muammolarning yechimini aynan Konstitutsiyadan topa bilishi zarur. Ma'lumki, demokratik huquqiy davlat qurish yo'lidagi eng dastlabki va eng muhim qadam Konstitutsiyani o'rganish hamda uni hayotga tatbiq etishdan boshlanadi. Zero, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001 yil 4 yanvarda e'lon qilingan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o'rganishni tashkil etish to'g'risidagi farmoyishi ham demokratiya yo'lida ulkan bir qadam qo'yish uchun katta turtki bo'ldi. Darhaqiqat, ko'p narsa mamlakatda Konstitutsiyani ommaviy ravishda o'rganish hamda uni hayotga tatbiq etishga bog'liq. Mana shu maqsadda davlatimiz rahbari O'zbekiston Konstitutsiyasini bolalar bog'chasidan boshlab o'rgatish, maktablarda darslik tariqasida o'qitish hamda oliy o'quv yurtlarida esa maxsus dars sifatida o'rganishni[1] vazifa qilib qo'ydi. Shundan kelib chiqib, farmoyish asosida 2001 yil 1 sentabrdan mamlakatimizda uzluksiz huquqiy ta'limning asosi hisoblanmish Konstitutsiyani o'rganish bog'chadan boshlab to oliy ta'limning yuqori bosqichi hisoblanadigan magistraturagacha tashkil etildi. Zero, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o'rganish butun O'zbekiston xalqining yuksak va mas'uliyatli burchidir . Konstitutsiya - Asosiy qonun sifatida barcha qonunchilik sohalarining bosh manbai hisoblanadi, chunki Konstitutsiyada xalqning oliy irodasi o'zining qonuniy ifodasi hamda muxtasar bayonini topadi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida hokimiyat bilan shaxsning o'zaro munosabatlarini, davlat idoralari tizimining faoliyat yuritishini tartibga soluvchi, fuqarolarning huquqiy maqomini, shuningdek, jamiyatning boshqa ijtimoiy tuzilmalari holatini belgilovchi huquqiy normalar yig'indisi o'z ifodasini topgan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o'rganish kursining predmeti bu konstitutsiyaviy institutlar haqida tasavvurlar va bilimlar, konstitutsiyaviy normalar va ular orqali tartibga solinadigan munosabatlar tizimidir. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o'rganish kursi o'ziga O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy tuzum asoslarini, inson va fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklari, ularning kafolatlari va burchlarini, ma'muriy-hududiy va davlat tuzilishini, saylov tizimini, hokimiyat tizimi va davlat organlari tizimini tashkil etish hamda faoliyatining asosiy prinsiplarini fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish asoslarini mustahkamlaydi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o'rganish kursi konstitutsiyaviy institutlar va normalarni haqida bilim va tasavvurlar va ularning rivojlanishlarini o'rganadi. Demak, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o'rganish kursi o'ziga hos predmetga ega. Uning predmetini asosan ijtimoiy-siyosiy munosabatlar tashkil etadi. O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasini o'rganish kursi shaxs, jamiyat va davlat o'rtasida vujudga keladigan va davlat hokimiyatini amalga oshirish jarayonida paydo bo'ladigan, inson huquqlari va erkinliklarini ta'minlashga qaratilgan ...

Joylangan
11 Jan 2023 | 14:06:18
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.6 KB
Ko'rishlar soni
155 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:43
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Jan 2023 [ 14:06 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.6 KB
Ko'rishlar soni
155 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:43 ]
Arxiv ichida: doc