1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining, asosiy xususiyatlari Reja: 1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qilish asoslari. 2. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining xususiyatlari. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qilish asoslari O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi dunyoga kelishiga asosan ikkita omil sabab bo'ldi. hulardan biri jamiyatning bozor munosabatlari tomon tutgan yo'li, ya'ni taraqqiyotdagi umumiy qonuniyatlar va yo'nalishlarga muvofiq ravishda O'zbekistonning jahon hamjamiyatiga kirib borishi bo'ldi. Ayni paytda O'zbekiston avval boshidanoq bozorga birdan-bir maqsad sifatida emas, balki jamiyatning jadal rivojini ta'minlovchi vosita tarzida qaradi. Bozor munosabatlari qonunlariga tayangan holda Respublika va xalqning butun bor imkoniyatlarini ishga solib, zamonaviy madaniyatli, ma'naviyatli mamlakatlar safida o'ziga munosib o'ringa erishish ko'zda tutildi. Mulkning turli shakllariga munosabatni o'zgartirmasdan, iqtisodiy va siyosiy munosabatlarni demokratlashtirmasdan, Konstitutsiya va qonunlarni qayta ko'rib chiqmasdan turib, bozor iqtisodiyotini amalga oshirib bo'lmas edi. Konstitutsiya butun qonunchilikning umurtqa suyagi bo'lib xizmat qilmoqi lozim edi. Davr xususiyatlarini, taraqqiyotning yangi sharoitlarini hisobga olgan Konstitutsiya negizidagina bozor iqtisodiyotidan kelib chiquvchi ijtimoiy munosabatlarga o'tishni amalga oshirib bo'lardi. hunday qilib Konstitutsiya demokratik huquqiy davlatni muvaffaqiyatli bunyod etish uchun huquqiy poydevor yaratardi. Konstitutsiya fuqarolar jamiyati barqarorligining, inson huquqlarining kafolati bo'lishi, odatda yangi, xali tanish bo'lmagan ijtimoiy munosabatlarga o'tish sharoitida jamiyatga hamroh bo'ladigan tartibsizlik va boshboshdoqlik, huquqiy negilizm, bedodlikning oldini olishi lozim edi. Konstitutsiya asosiy qonun shaklida hayotda vujudga keladigan ko'pgina savollarga javob berardi, jamiyatning kelajakdagi ahvoliga umid va ishonch uyqotardi, ijtimoiy taraqqiyotda mo'ljal oluvchi kompas, yo'lchi yulduz bo'lib xizmat qilardi. Yangi asosiy qonun loyihasini tayyorlash faol amaliy Konstitutsiyaviy islohot jarayoni bilan uzviy boqliqlikda olib borildi. 1990-1992 yillarda O'zbekistonning 1978 yilgi Konstitutsiyasiga yuzdan ortiq o'ta muhim o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi. Bular jumlasiga, birinchidan, siyosiy sohada: Prezidentlik boshqaruvchi va to yuqoridan quyigacha, tubdan yangi ijro etish hokimiyati tizimini ta'sis etish. Konstitutsiyaviy nazoratni joriy etish, saylov tizimi va sudlarni saylashdagi o'zgartirishlar, bir partiyadan ko'p partiyaviylikka o'tishga qaratilgan qo'shimchalar kiradi. Ikkinchidan, iqtisodiy sohada: yangi jamiyatning iqtisodiy asoslarini davlat va kolxoz kooperativ mulkchiligi emas, balki bozor munosabatlari sari yo'naltirilgan har xil mulkchilik shakllari va ularning huquqiy tengligini tashkil etishi haqidagi konstitusiyaviy qoida o'rnatildi. Uchinchidan, ma'naviyat sohasida: yagona xukumron marksizm-leninizm mafkurasidan va faqat sinfiylikka asoslanishdan voz kechib, umuminsoniy qadriyatlarga tayanib, ko'p fikrli, vijdon erkinligi va boshqa shaxsiy huquqlarning qonuniy-amaliy e'tirof etilishidir. Bu Konstitutsiyaviy o'zgartirishlar hayot sinovidan o'tdi. huning uchun Konstitutsiyaviy komissiya taraqqiyotimizning talablariga javob beradigan, hayot sinovidan o'tgan, 1990-1991 yillarda joriy qilingan qator yangi konstitusiyaviy qoidalarni asosiy qonun loyihasiga kiritildi. Bular 1990 yil 24 mart kuni Sobiq ittifoq Respublikalari ichida birinchilardan bo'lib Prezidentlik lavozimining joriy etilishi va O'zbekiston Respublikasining ...

Joylangan
11 Jan 2023 | 14:06:18
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.45 KB
Ko'rishlar soni
161 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:43
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Jan 2023 [ 14:06 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.45 KB
Ko'rishlar soni
161 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:43 ]
Arxiv ichida: doc