O'zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy prinsiplari Mustaqil O'zbekiston Konstitutsiyasining tashqi siyosatga bag'ishlangan moddasida mamlakat tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi tamoyiliga asoslanishi belgilab qo'yilgan Chunki xalqaro huquq-tartibotni faqatgina davlatlarning yuridik jihatdan tengligini to'liq hurmat qilish asosidagina amalga oshirish mumkin. Har bir davlat boshqa ishtirokchilar suverenitetini hurmat qilishga majbur. Buning ma'nosi shundan iboratki, hech bir davlat o'zga davlatlarning hududlaridagi qonunchilik, ijro va sud hokimiyatmning faoliyatiga hamda o'sha davlatning mustaqil tashqi siyosiy faoliyat yuritishiga aralashimasliklari va o'z tashqi siyosatlarini mustaqil ravishda yurita olishlari lozim. Ushbu qoida BMT Nizomining birinchi bo'lim 2-moddasida o'z ifodasini topgan. Unda shunday ta'rif beriladi: tashkilot unga a'zo bo'lgan barcha davlatlarning suveren tengligi tamoyiliga asoslanadi. Shunday qoidalar BMT tizimidagi xalqaro tashkilotlar nizomlarida, aksariyat mintaqalararo xalqaro tashkilotlarning nizomlarida ko'p tomonlama va ikki tomonlama davlatlararo hamda xalqaro tashkilotlar tomonidan tuzilgan hamkorlik kelishuvlarida hamda xalqaro tashkilotlarning huquqiy aktlarida ya'ni Xelsinki Kengashining yakunlovchi hujjatlari, Parij va Madrid xartiyalarida o'z ifodasini topgan. Suveren tenglik tamoyilining asosiy ijtimoiy moxdyati davlat-larni iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va boshqa xarakterdagi farqlaridan qat'iy nazar xalqaro munosabatlarda yuridik jihatdan teng ishtirokini ta'minlashdan iborat. Chunki davl-atlar xalqaro munosabatlarning teng huquqli qatnashchmlaridmr va ular bir xil huquq hamda majburiyatlarga ega. 1970 yilgi Deklaratsiyaga asosan suveren tenglik prinsipi tushunchasi quyidagi asosiy qoidalarni o'z ichiga oladi: a) davlatlar yuridik jihatdan tengdirlar; b)har bir davlat to'la suvere-nitetga xos bo'lgan huquqlardan to'liq foydalanadi; v) har bir davlat boshqa dav-latlarni huquq subyekti sifatmda hurmat qmlishga majbur; g)har bir davlatning yaxlitligi, hududiy va siyosiy mustaqilligi daxlsizdir; d) har bir davlat o'zining siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy tizimini erkin tanlash va ularda mavjud munosabatlarni tartibga so-lish huquqiga ega; ye) har bir davlat o'zimning xalqaro majburiyatlarini to'liq va vijdonan bajarish hamda boshqa davlatlar bilan tinchlik va osoyish-talikda yashashga majburdir. YEXHQning 1975 yilgi Yakuniy aktidan o'rin olgan tamoyillar Deklaratsiyasiga binoan davlatlarning suveren tengligi prinsipi quyidagilarni anglatadi: - Davlatlar o'z munosabatlarida tarixiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlanishlardagi farqlarni hurmat qilishlari lozim; - Yo'nalishlar va qarashlarning har xilligi, ichki qonunlar hamda ma'muriy qoidalar suverenitetga rioya qilish yo'lida g'ov bo'lmasligi kerak; - Har bir davlat boshqa davlatlar bilan munosabatini o'z xoxishicha va xalqaro huquqqa muvofiq belgilash va amalga oshirish huquqiga ega; - Davlatlar xalqaro tashkilotlarga kirish, ikki yoki ko'p tomonlama shartnomalarga a'zo bo'lish hamda betaraflik huquqlariga ega. Shunday qilib, har bir davlat suveren tenglik tamoyilining asosiy qoidalari nafaqat davlat suverenitetini taqozo etibgina qolmay, balki uni hurmat qilishni ham talab etadi. Davlatlar o'zaro munosabatlarda bir birlarining tarixiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlanishiga, ulardagi turli yondashuv va qarashlarni shakllanishiga, ichki qonun va ...

Joylangan
11 Jan 2023 | 14:06:18
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.78 KB
Ko'rishlar soni
210 marta
Ko'chirishlar soni
30 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:45
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Jan 2023 [ 14:06 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.78 KB
Ko'rishlar soni
210 marta
Ko'chirishlar soni
30 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:45 ]
Arxiv ichida: doc