O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

O'quvchilarga / Huquq
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi - O'zbekiston Respublikasi hukumati; ijro etuvchi hokimiyatning markaziy organi. Qarorgohi - Toshkent shahrining Mustaqillik maydonidagi Hukumat uyi. Vazirlar Mahkamasining huquqiy asoslari O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 20bobida va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to'g'risida (1993 yil 6 may; yangi tahrirda 2003 yil 29 avg .)gi qonunda belgilangan. Konstitutsiyaga qo'ra, Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyotning , ijtimoiy va ma'naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, O'zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta'minlaydi. Vazirliklar, davlat qo'mitalari, idoralar hamda davlat va xo'jalik boshqaruvining boshqa organlari ishini muvofiqlashtiradi va yo'naltiradi. Vazirlar Mahkamasi o'z vakolatlari doirasida: iqtisodiy, ijtimoiymadaniy jarayonlarni boshqaradi; mulkchilikning barcha shakllarini uyg'unlashtirish va ularning tengligi, iqtisodiyotni monopoliyalashtirishdan chiqarish, bozor iqtisodiyotining huquqiy mexanizmini ishga solish asosida erkin tadbirkorlik uchun shartsharoitlar yaratadi; xo'jalik yuritishning yangi shakllarini barpo etishga va mustahkamlashga ko'maklashadi; O'zbekiston Respublikasida pul va kredit tizimini mustahkamlash choratadbirlarini ko'radi; yagona narx siyosatini o'tkazish, mehnatga haq to'lash miqdorining belgilangan kafolatlarini hamda ijtimoiy ta'minot darajasini ta'minlash choratadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi; ^yespublika byudjetini, shuningdek, O'zbekiston Respublikasining iqgisodiy va ijtimoiy rivojlantirish istiqbollarini va eng muhim dasturlarini ishlab chiqadi va ularning ijrosini tashkil etadi, boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish to'g'risidagi takliflarni ishlab chiqadi; fan va texnikani rivojlantirish choratadbirlarini amalga oshiradi; fuqarolarni ijtimoiy va huquqiy himoya qilish, ularning mehnat qilish huquqini ta'minlash choratadbirlarini ko'radi; sog'liqni saqlash, xalq ta'limini rivojlantirish va takomillashtirishning asosiy yo'nalishlarini belgilaydi, madaniyatni rivojlantirishga ko'maklashadi; O'zbekiston Respublikasining davlat xavfsizligini va mudofaa qudratini oshirish, davlat chegaralarini qo'riqlash, jamoat tartibini saqlash tadbirlarini amalga oshirishga qo'maklashadi; Respublika va xalqaro ahamiyatga ega bo'lgan yirik ekologik dasturlarni amalga oshirish borasidagi ishlarni muvofiqlashtiradi; yirik avariyalar va faloqatlarning , shuningdek, tabiiy ofatlarning oqibatlarini tugatish choratadbirlarini ko'radi; O'zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardagi vakilligini ta'minlaydi, hukumatlararo shartnoma va bitimlar tuzadi, ularni bajarish choratadbirlarini ko'radi; tashqi iqtisodiy faoliyat, ilmiytexnikaviy va madaniy hamkorlik sohasida rahbarlikni amalga oshiradi. Vazirlar Mahkamasi O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, uning o'rinbosarlari, vazirlar, davlat ko'mitalarining raislaridan iborat. Qoraqalpog'iston Respublikasi hukumatining boshlig'i Vazirlar Mahkamasi tarkibiga o'z lavozimi bo'yicha kiradi. Vazirlar Mahkamasining tarkibi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan shakllantiriladi. O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan ko'rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasining a'zolari O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri taqdimiga binoan, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi, uning samarali ishlashi uchun shaxsan javob beradi, Vazirlar Mahkamasining majlislariga raislik qiladi, uning qarorlarini imzolaydi. Vazirlar Mahkamasi qonunchilik tashabbusi huquqiga ega. O'zbekiston ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 50.18 KB
Ko'rishlar soni 246 marta
Ko'chirishlar soni 16 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:53 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 50.18 KB
Ko'rishlar soni 246 marta
Ko'chirishlar soni 16 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga