O'zbekiston Respublikasida fuqarolik

O'zbekiston Respublikasida fuqarolik

O'quvchilarga / Huquq
O'zbekiston Respublikasida fuqarolik - rasmi

Material tavsifi

Fuqarolik tushunchasi. O'zbekiston Respublikasida fuqarolik Fuqarolik - bu jismoniy shaxsning ma'lum bir davlatga mansubligini anglatib, ushbu fuqaroning tegishli davlat bilan doimiy ravishda huquqiy aloqadorlikda bo'lib turishini bildiradi. Bunda fuqaro shu davlat tomonidan belgilangan huquq va burchlarni amalga oshiradi, davlat esa fuqaroni har yerda va har vaqt himoya qiladi. Mazkur huquqiy aloqadorlik fuqaroning tug'ilganida yuzaga kelib, uning butun umri davomida saqlanib qoladi. 1992 yil 2 iyulda O'zbekiston Respublikasining fuqaroligi to'g'risidagi qonuni qabul qilindi. Qonunda yozilishicha, O'zbekiston Respublikasining Fuqaroligi shaxs bilan davlatning doimiy siyosiy-huquqiy aloqasini belgilaydi, bu aloqa ularning o'zaro huquqlari va burchlarida ifodalanadi. Birinchi bo'lib Fuqaro atamasi Fransuz revolutsiyasining 1799 yildagi Inson va fuqaro huquqlari Deklaratsiyasida ko'rsatilgan edi. Dunyo mamlakatlarida hozir bir fuqarolik va ko'p fuqarolik (bipatrid) mavjud bo'lib, masalan, Rossiya, Braziliya kabi davlatlarda ko'p fuqarolikka asoslanadi. O'zbekiston Konstitutsiyasining 21-moddasiga ko'ra O'zbekiston Respublikasining butun hududida yagona fuqarolik o'rnatiladi va u barcha uchun tengdir. Qoraqalpog'iston Respublikasining fuqarosi ayni vaqtda O'zbekiston Respublikasining fuqarosi hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasida har bir shaxs fuqaro bo'lish huquqiga egadir. Hech kim fuqarolikdan yoki fuqarolikni o'zgartirish huquqidan mahrum qilinishi mumkin emas. O'zbekiston Prezidenti I.A.Karimov O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining bir yilligiga atalgan ma'ruzasida shunday degan edi: Shaxs O'zbekiston Respublikasi fuqaroligini qabul qilar ekan, bu bilan u Konstitutsiyamiz va qonunlarimizda mustahkamlab qo'yilgan huquq va erkinliklarga ega bo'ladi. Shuningdek, u ma'lum burchlarni ham bajarishga majburdir. Tabiiyki, O'zbekiston davlati ham fuqarolarning manfaatlari va erkinliklarini Respublika hududida va uning tashqarisida himoya qilish majburiyatini o'z zimmasiga oladi.4 Jahon amaliyotida fuqarolikni qabul qilishning asosiy ko'rinishlari: - tug'ilish orqali (filiatsiya); - fuqaroligi bo'lmagan yoki chet davlat fuqarosi bo'lgan shaxsni fuqarolikka qabul qilinishidir (naturalizatsiya); - xalqaro shartnomalar va qonunlarda belgilangan tartibda fuqarolikni tiklash (reintegratsiya); - davlatlarni bo'linib ketishi oqibatida fuqarolikni tanlash (optatsiya); - hududiy o'zgarishlar vaqtida avtomatik tarzda fuqarolikning o'zgarishi (transfert) Fuqarolikni olishni eng asosiy ko'rinishi tug'ilish orqali fuqarolikka qabul qilinish bo'lib, bu o'z navbatida ikkiga bo'linadi: Qon huquqi (jus sanguinus) asosida chaqaloqning fuqaroligi ota-onasining fuqaroligi bilan belgilanib, tug'ilgan joyiga bog'lanmaydi. Tuproq huquqi (jus soli) asosiga ko'ra, fuqarolik chaqaloqning tug'ilgan joyidan kelib chiqib, uning ota-onasi fuqaroligi bilan bog'liq bo'lmaydi. O'zbekiston Respublikasida ham tug'ilish orqali fuqarolikni olishni qon huquqiga asoslanadi, ya'ni O'zbekiston Respublikasining fuqaroligi to'g'risidagi qonunining 14-moddasiga binoan tug'ilgan paytida ota-onasi O'zbekiston Respublikasi fuqarosi bo'lgan bola, O'zbekiston Respublikasi hududida yoxud O'zbekiston Respublikasidan tashqarida tug'ilgan bo'lishidan qat'i nazar, O'zbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanadi. Ushbu qonunga ko'ra quyidagilar O'zbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansub bo'ladilar: 1) kelib chiqishi, ijtimoiy va mulkiy holatidan, irqi va millatidan, jinsi, ma'lumoti, tili, siyosiy qarashlari, diniy e'tiqodi, mashg'ulotining turi va sajiyasidan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.37 KB
Ko'rishlar soni 199 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:45 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.37 KB
Ko'rishlar soni 199 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga