O'zbekiston Respublikasida inson va fuqarolar konstitutsiyaviy huquqlari, erkinliklari va burchlari tizimi. Reja : 1.O'zbekiston Respublikasida inson va fuqarolar Konstitutsiyaviy huquqlari, erkinliklari va burchlarining yuridik xususiyatlari, kafolatlari va tizimi. 2. Inson va fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklari. 3.Fuqarolarning siyosiy huquqlari. 4. Fuqarolarning iqtisodiy va ijtimoiy sohalardagi asosiy huquqlari. 5. O'zbekiston Respublikasida inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlari. Adabiyotlar: 1.O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi T.2003. 2.I.A.Karimov «O'zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura». T .96. 3.I.A.Karimov «Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir». T .96. 4.R.Qayumov « O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy huquqi» T. «Adolat» 1996. 5.Sh.Urazayev «Mustaqil O'zbekiston Konstitutsiyasi» T.95. 6.X.Odilqoriev,A.Saidov,U.Tadjixanov, «O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy huquqi «. T.2001. Huquq va burchlar insonlarning xulq-atvorini tartibga solish vositasi bo'lib, jamiyat, davlat yoki muayyan ijtimoiy guruhlar tomonidan o'rnatiladi. Ma'lumki, huquqiy normalar kishilarning yurish-turishlarini tartibga soladi, ularga muayyan huquqlar, erkinliklar beradi yoki ma'lum burchlarni yuklaydi. Huquq - shaxsga tabiat, jamiyat , davlat tomonidan beriladigan o'z harakatining turi va me'yorini tanlab olish imkoniyati va burch esa jamiyat va davlat tomonidan belgilangan va huquqiy normalarda o'z aksini topgan talablarni bajarish zaruratidir. Yuridik huquq va burchlar jamiyatda amal qiluvchi ijtimoiy normalarning bir qisminigina tashkil etadi. Ular davlat tomonidan o'rnatiladi. Huquq normalarida o'z aksini topadi va davlat hokimiyati tomonidan ta'minlanadi, qo'riqlanadi. Davlat tomonidan o'rnatilgan huquqiy normalar insonlarning xatti-harakatlarini belgilab, ularga huquq va erkinliklar beradi va burchlar yuklaydi. Huquqiy davlatning belgisi bo'lmish Konstitutsiya va qonunning ustunligi prinsipi fuqaro huquqlari, erkinliklari va burchlarining asosiy qonunda aks etishini taqozo etadi. Huquq shaxsga tabiat va davlat tomonidan berilgan o'z ehtiyojini qondirish imkoniyati hamda uning turmush jarayonida o'ziga berilgan huquqlardan foydalanish imkoniyatlarini belgilovchi huquqiy normalardir. Burchlar esa shu jamiyatdagi shaxslar uchun bajarilishi majburiy bo'lgan yoki biror-bir harakat qilishdan voz kechishni belgilaydigan huquqiy normalardir. O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining asosiy huquqlari, erkinliklari deganda, O'zbekiston davlati tomonidan o'rnatilib, uning Konstitutsiyasida qayd qilingan,har bir fuqaroga o'zining xatti-harakatini tanlash, unga berilgan imtiyozlardan shaxsiy hayotida va jamoat ishlarida qatnashish uchun foydalanish imkoniyati tushuniladi. Asosiy qonunda ko'rsatilgan imkoniyatlar bir vaqtda huquq, ba'zi birida erkinlik deb atalishi mumkin. Masalan, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 37-moddasida har bir shaxsga mehnat qilish , erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko'rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqi qayd qilingan. Bu esa bir tarafdan huquq bo'lsa, ikkinchi tarafdan erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash erkinligi deb talqin etilishi mumkin. Fuqarolarning burchi - bu jamiyatning , davlatning fuqaro oldiga qo'ygan talablaridir. Bu talablar asosan shu jamiyatning, davlatning oldida turgan vazifalari bilan bog'liq bo'ladi. Ijtimoiy zaruratni aks ettiradi (masalan, Vatanni himoya qilish, Konstitutsiya va qonunarga rioya etish, boshqa kishilarning ...

Joylangan
11 Jan 2023 | 14:06:18
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.62 KB
Ko'rishlar soni
214 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:48
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Jan 2023 [ 14:06 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.62 KB
Ko'rishlar soni
214 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:48 ]
Arxiv ichida: doc