Qonuniylik va huquqiyiy-tartibot

Qonuniylik va huquqiyiy-tartibot

O'quvchilarga / Huquq
Qonuniylik va huquqiyiy-tartibot - rasmi

Material tavsifi

Qonuniylik va huquqiyiy-tartibot Reja Qonuniylik va huquqiy tartibot tushunchasi Qonuniylikni muhofaza qilish va ta'minlash 1. Qonuniylik va huquqiy tartibot tushunchasi O'zbekiston - bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o'tar ekan, uning davlat qurilishi va iqtisodiyotni isloh qilish dasturining muhim qoidalaridan biri qonunlarning ustuvorligini ta'minlash, qonuniylik va huquqiy tartibotni mustahkamlashdir. Busiz demokratik huquqiy davlat qurib bo'lmaydi. Bozor munosabatlariga mos keladigan huquqiy asosni shakllantirish - uzoq davom etadigan jarayondir. Buning uchun yangi huquqiy tizimni ishlab chiqish kerak bo'lib, uning asosini O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi tashkil qiladi. Hozirgi vaqtda davlat qurilishi, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa sohalarga taallukli islohotlarning huquqiy asoslarini belgilovchi bir qancha qonunlar qabul qshgandi. Jumladan, ularning eng muhimlari: Davlat qurilishi sohasida - saylov tizimi, Konstitutsiyaviy sud, Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi, sudlar, prokuratura, davlat hokimiyati va o'zini o'zi boshqarish organlari to'g'risidagi qonunlar. Iqtisodiy sohada - mulkchilik, korxonalar, tadbirkorlik, banklar va bank faoliyati, korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqdar, tashqi iqtisodiy faoliyat, chet el investitsiyalari, valyutani tartibga solish to'g'risidagi va boshqa qonunlar. Ijtimoiy sohada - onalik va bolalikni himoya qilish, kam ta'minlangan fuqarolarga ijtimoiy yordam ko'rsatish, nafaqa bilan ta'minlash to'g'risida va boshqa qonunlar. Bu qonunlar hayot, amaliyot bilan bog'liq bo'lib, kishilar o'rtasidagi turli ijtimoiy munosabatlarni tartibga solib, ularda qonunga bo'ysunish bozor munosabatlariga o'tishning barcha amal qiladigan qoidalaridan biri etib belgilangan. Qonuniylik - barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari, mansabdor hamda yuridik shaxslar va fuqarolar tomonidan amaldagi qonunlar va normativ-huquqiy hujjatlarning aniq va ogashmay bajarilishidir. Qonuniylikning asosiy vazifasi - mamlakatning ijtimoiy va davlat tuzumini mustahkamlash, bozor iqtisodiyotiga o'tish uchun mulkning turli shakllariga yo'l ochish va ularni qo'riqlash, fuqarolarning huquq, erkinliklari va burchlarini mustahkamlashdir. Jamiyatda qonuniylik ikki xil manoda - keng va tor manolarda ishlatiladi. Keng manoda - bajarilishi talab qilinadigan barcha qonun-qoidalar tushuniladi. Bularga davlat tomonidan chiqarilgan konstitutsiyaviy va boshqa amalda-ga qonunlar, barcha normativ-huquqiy hujjatlar kiradi. Tor manoda olganda qonuniylik davlat organlarining faoliyatida qonunlarga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qilishini ko'zda tutadi. Chunki, O'zbekistonda barcha davlat organlari, mansabdor hamda yuridik shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga asosan ish ko'rishi lozimligi Asosiy qonunda belgilangan. Qonuniylik huquqiy targ'ibot bilan uzviy bog'liq bo'lib, u orqali amalga oshiriladi. Huquqiy tartibot jamoat tartibining bir qismi bo'lib, faqat huquqiy normalarning amalga oshirilishi natijasida paydo bo'lib, kishilar o'rtasidagi turli ijtimoiy munosabatlarni huquqiy vositalar orqali tartibga soladi. Jamiyatdaga ijtimoiy munosabatlar huquqiy tartibot orqali paydo bo'ladigan huquqiy munosabatlardan kengroq bo'lib, ularga axloq, urf-odatlar va boshqa turmush qoidalarining amalga oshirilishi natijasida paydo bo'ladigan ijtimoiy munosabatlar kiradi. Kishilar o'rtasidagi yoki fuqarolar bilan davlat organlari o'rtasidagi munosabatlar huquqiy tartibot, yani ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.91 KB
Ko'rishlar soni 299 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:57 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.91 KB
Ko'rishlar soni 299 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga