Qoraxoniylar davlati va huquqi

Qoraxoniylar davlati va huquqi

O'quvchilarga / Huquq
Qoraxoniylar davlati va huquqi - rasmi

Material tavsifi

Qoraxoniylar davlati va huquqi Reja: 1. Qoraxoniylar davlatining tashkil topishi. 2. Ijlimoiy-siyosiy tuzumi xususiyatlari. 3. Boshqaruvning tashkil etilishi. 4. Huquqining asosiy belgilari. Qoraxoniylar davlatining tashkil topishi X asr o'rtalariga kelib Yettisuv va Qashqar hududida yashovchi qorluq, chig'il va yag'molarning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida muhim o'zgarishlar sodir bo'ladi. Avvaldan asosan chorvachilik bilan shug'ullanib kelgan bu qabilalar endilikda bir qator omillar ta'sirida o'troq hayotga o'ta bordilar. Ularda dehqonchilik bilan shug'ullanish kuchli rivoj topdi. Shaharlar o'sdi. X asr o'rtalariga kelib bu qabilalaraing birlashuvi jarayoni yangi pallaga kirdi. Issiqko'l janubi va Qashqarda yashagan yag'molarning o'zlaridan shimolda yashagan chig'il qabilalari bilan ittifoq tuzishi bu birlashuvga negiz yaratdi. Ular Yettisuvga hujum uyushtirib, ko'p sonli Qorluqlarni bo'ysundirdilar. Qorluqlar madaniy taraqqiyotda boshqa qabilalardan ancha yuqori turganlar. Qoraxoniylar davlatining vujudga kelishida chig'illar, tuxsilar, arg'ular, yag'raolar, turgashlar, qipchoqlar, yabaqular, kaylar, o'g'izlar, qirg'izlar singari urug' qabilalari ham muhim rol o'ynadilar. Bu davlatga yag'mo urug'idan chiqqan, o'z qavmi bilan islomni qabul qilgan Sotuq Abdul Karim Qoraxon (Bug'raxon) asos solgan. U o'zini Afrosiyob (Alp yer Tunga)ning avlodi deb hisoblar edi. «Qora» iborasi qadimgi turkiy tillarda «buyuklik», «ulug'lik» ma'nolarini anglatgan. Shu bois u buyuk hukmdor so'ziga tengdir. Odatda, qoraxoniylar hukmdorini «tamg'achxon», ya'ni xonlar xoni deb yuritganlar. Qoraxoniylar hukmdori Hasan Xorun Bug'raxon barcha turkiy qavmlardan tashkil topgan katta lashkar bilan 992-yilda Movarounnahr sarhadlari sari yurish boshlaydi. Yo'1-yo'lakay Shosh, Farg'ona va boshqa o'lkalarning xalqlari ham unga madad ko'rsatadilar. Bu davrda somoniylar har tomonlama tushkunlikka yuz tutib, lining hukmdorlarini nufuzi va ta'siri keskin tushib ketgan edi. Somoniylar hokimiyatning asosiy tayanchi bo'lib kelgan turk g'ulomlari, ularning sarkardalari ham katta ta'sirga ega bo'lib, somoniy hukmdorlarning izmiga bo'ysunmay qo'ygandilar. Turk lashkarboshilari Abu Ali Simjuriy, Sabuq-tegin, turk hojibi Foyiqning amir hokimiyatiga muxolifatda bo'lib, tez orada qoraxoniylar bilan yaqin munosabat o'rnatishlari, shubhasiz, qoraxoniylarning bu hududni osonlik bilan qo'lga kiritishiga yordam berdi. Bug'raxonning 992-yilgi birinchi hujumidayoq Buxoroni egallashi shundan dalolat beradi. Hasan Bug'raxon kasallanganligi tufayli Buxoroni tark etadi va yurtiga qaytish chog'ida yo'lda halok bo'ladi. Bundan foydalangan somoniylar vakili Nuh II ning o'g'li Nasr Somoniy Buxoro taxtiga qayta chiqib oladi. Biroq qoraxoniylar 996-yilda Buxoro tomon yangi harbiy yurish boshlaydilar. Bu yurishga Nasr Bug'raxon boshchilik qiladi. 99-yilga kelib Buxoro to'liq ishg'ol qilinadi. Butun Movarounnahr- qoraxoniylar tasarrufiga o'tadi. 1001-yilda g'aznaviylar hukmdori Mahmud G'aznaviy bilan tuzilgan shartnomaga ko'ra, Amudaryoning shimolidagi barcha hududlar qoraxoniylarga o'tgan edi. Ana shu tariqa Somoniylar davlati o'rnida 2 ta yangi turk davlati tashkil topadi.'Bular Qoraxoniylar va G'aznaviylar davlati bo'lgan. Shuni qayd etish joizki, qoraxoniylar o'rtasidagi sulolaviy kurashlar oqibatida XI asrning 40-yillariga kelib xonlik ikkiga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.21 KB
Ko'rishlar soni 387 marta
Ko'chirishlar soni 40 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:58 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.21 KB
Ko'rishlar soni 387 marta
Ko'chirishlar soni 40 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga