Saljuqiylar davlati va huquqi

Saljuqiylar davlati va huquqi

O'quvchilarga / Huquq
Saljuqiylar davlati va huquqi - rasmi

Material tavsifi

Saljuqiylar davlati va huquqi Reja: 1. Saljuqiylar davlatining tashkil topishi. 2. Saljuqiylar davrida yer egaligi shakllari va munosabatlari. 3. Saljuqiylar davlat tuzumi. 4. Saljuqiylar davrida huquq masalalari. Saljuqiylar davlatining tashkil topishi O'rta Osiyo xalqlari tarixida muhim iz qoldirgan saljuqiylar davlati dastlab IX asrning ikkinchi yarmi va X asr o'rtalarida Orolbo'yi va Kaspiybo'yi hududlarida yashagan o'g'uzlar ittifoqi negizida shakllangan edi. Uning dastlabki poytaxti Sirdaryo etaklaridagi Yangikent bo'lgan. Tarixiy manbalarda o'g'uzlarning 22 yoki 24 qabiladan iborat bo'lganligi qayd etiladi. Bular chovdir, chandir, erareli, ichdir, yazir, salir, qoradoshli, bayot, koyi va shu kabilardir. O'g'uzlarning rauayyan sabablar bilan hozirgi Turkmaniston yerlariga o'tib, islomni qabul qilgan va o'sha joydagi yerli aholi bilan singishib ketgan qismi turkmanlar nomini olgan, O'g'uzlarning yobg'usi (yetakchisi) Saljuqbek saljuqiylar davlatiga asos solgan. Uning avlodlari - To'g'rulbek, Chag'irbek va Shakarbeklar bu davlatni buyuk saltanat darajasiga ko'tardilar. O'g'uzlar turli xalqlarning, chunonchi, o'zbek, turkman, turk, gagauz va boshqa xalqlarning etnik jihatdan shakllanishiga ham sezilarli ta'sir ko'rsatganlar. Ko'chmanchi chorvador qabilalar bo'lgan o'g'o'z-turkmanlar XI asr o'rtalariga qadar qoraxoniylar va g'aznaviylar hukmdorlari bilan kelishuv asosida bu davlatlarga qarashli turli hududlarda o'z ko'ch-ko'roni, chorvasi bilan ko'chib yurganlar. Ba'zi hollarda esa mahalliy aholi bilan kelisha olmay, ularga hujum uyushtirib, talonchilik, bosqinchilik bilan ham shug'ullanganlar. G'aznaviylar roziligi bilan Niso, Farova va Dehiston, Obivard hududlarida joylashgan turkman o'g'uzlari To'g'rulbek boshchiligida tez orada katta kuch bo'lib birlashib, G'azna davlatiga ham jiddiy xavf sola boshlaydi. Xususan, To'g'rulbek qisqa muddatda Xuroson yerlarini ham ishg'ol qila bordi. 1040-yilda Saraxs bilan Marv o'rtasidagi Dandanakonda qAQSHatqich mag'lubiyatga uchragach, g'aznaviylar hududlari ham saljuqiylar tasarrufiga o'tdi. To'g'rulbek saljuqiylar davlatining boshlig'i sifatida (1038-1063) o'z istilochilik yurishlarini g'arb tomon davom ettirdi. U Eron, Iroq, Ozarbayjon, Kurdistan, Ko'histonni zabt etdi. 1055-yilda xalifalik poytaxti Bag'dodni ham o'ziga bo'ysundirdi. Uning davrida Ray shahri (Eron) saljuqiylar davlatining poytaxti bo'ldi. Ali Arslon davrida (1063-1072) mamlakat poytaxti Marvga ko'chirildi. Saljuqiylar hukmdori Malikshoh (1072-1092) o'z e'tiborini sharqqa, ya'ni Movarounnahr yerlariga qaratdi. 1089-yilda u qoraxoniylar davlatining asosiy tayanch nuqtalari hisoblangan Buxoro va Samarqandni bosib oladi. Asir tushgan qoraxoniylar xoni Ahmad o'zini saljuqiylarga tobeligini tan oladi. Ulug' saljuqiylar davlati ayniqsa Sulton Sanjar (118-1157) davrida o'z hududlarini kengaytirdi. Bu davrda Xorazm rasman saljuqiylar nomidan boshqarilgan. Qoraxoniylar xoni Arslonxon (1102-1130) ham Sulton Sanjar bilan hisoblashishga majbur bo'lgan. 1130-yilga kelib Sulton Sanjar qoraxoniylar poytaxti Samarqandni egallagach, amalda butun Movarounnahrga hukmron bo'lib oladi. Biroq 1141-yilda Katvon cho'lida qoraxitoylar bilan bo'lgan katta to'qnashuvda saljuqiylar qAQSHatqich zarbaga uchragach, ularning hukmronligi ham inqirozga yuz tutadi. Sulton Sanjar vafotidan keyin (1157) buyuk saljuqiylar davlatining Movarounnahrdagi ta'siri amalda barham ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.72 KB
Ko'rishlar soni 466 marta
Ko'chirishlar soni 67 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:58 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.72 KB
Ko'rishlar soni 466 marta
Ko'chirishlar soni 67 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga