Somoniylar davlati va huquqi

Somoniylar davlati va huquqi

O'quvchilarga / Huquq
Somoniylar davlati va huquqi - rasmi

Material tavsifi

Somoniylar davlati va huquqi Reja: 1. Somoniylar davlatining tashkil topishi. 2. Somoniylar davlati ijtimoiy tuzumining asosiy belgilari. 3. Somoniylar davlati hokimiyati va boshqaruvining tashkil etilishi. 4. Somoniylar davlatining huquqiy tizimi. Somoniylar davlatining tashkil topishi Arab xalifaligining siyosiy tushkunlikka uchrashi va mamlakatimiz xalqlarining mustaqillik uchun kurashi IX asrda mustaqil davlatlarning tashkil topishiga olib keldi. 821-yilda Xurosonning nufuzli zodagonlaridan biri Tohir ibn Husayn Xuroson va Movarounnahr noibi etib tayinlandi. U birinchilardan bo'lib 822-yildayoq xalifalikdan ajralib chiqishga harakat qiladi va xalifa ismini juma namozidagi xutbada qayd qilishni taqiqlaydi. Bu xalifaga nisbatan ochiq isyon edi va uning davlatini Arab xalifaligidan mustaqilligini bildirardi. Garchi Tohir ibn Husayn tez orada vafot etsa-da, biroq uning o'g'illari - Talha va Abul Abbos Abdulloh Xuroson hokimiyatini birin-ketin mustaqil boshqarishda davom etdilar. Abul Abbos davrida (830-844) mamlakat poytaxti Marvdan Nishopurga ko'chirildi. Movarounnahr rasman tohiriylar tasarrufida bo'lsada, biroq, bu hududning ko'plab mulklari mahalliy Somonxudot xonadoni namoyandalari tomonidan boshqarilardi (masalan, Nux - Samarqandda, Yahyo - Shosh va Ustrushonda, Ilyos - Hirotda shunday hukmdorlar edilar). IX asrning 60-yillarida asosiy tarkibi kambag'al hunarmandlar va yersiz dehqonlardan iborat g'oziylar harakati butun Xuroson o'lkasi bo'ylab kengayib ketdi. Unga aka-uka misgarlar - Yoqub va Amir binni Layslar boshchilik qildilar. Ular Seyistonni o'z qo'l ostilariga kiritgach, ko'p o'tmay 873-yilda tohiriylarga kuchli zarba berib, bu o'lka poytaxti Nishopurni egallaydilar. Natijada Xurosonda tohiriylar o'rniga safforiylar (misgarlar) sulolasi hokimiyat tepasiga keladi. 876-yilda Yoqub katta qo'shin bilan Bog'dodga yurish qildi va xalifadan yengilib orqaga qaytdi. 879-yilda Yoqub vafot etgach, taxtga uning ukasi Amir ibn Lays (879-900) o'tirdi. U xalifaga o'z vassalligini bildirdi. Bunga javoban xalifa Amir ibn Laysni Xuroson va Eron noibi deb yorliq yubordi. 873-yilda Buxoroni tohiriylarning so'nggi vakili Muhammad ibn Tohir bosib oldi va xalqqa nisbatan zulmni kuchaytirdi. Buxoro xalqi Muhammadga qarshi qo'zg'olon ko'tardi. Shahar amaldorlari Nasr ibn Ahmadga murojaat qilib, somoniylardan Buxoroga noib yuborishni iltimos qildilar. Ko'pdan beri Buxoroni o'ziga qo'shib olishni rejalab yurgan Nasr bu taklifni xursandlik bilan qarshi oldi va ukasi Ismoilni bu yerga noib qilib jo'natdi. Ismoil Buxoroga kelib qo'zg'olonni tinchitdi. Ana shu tariqa tohiriylarga qarashli hudud - Buxoro ham somoniylarga moyil nufuzli kuchlar yordamida ular tasarrufiga qo'shib olinadi (874). Tohiriylarning bu yerdagi so'nggi hokimi Muhammad ibn Tohir Buxorodan haydab yuboriladi. Buxoroda Ismoil Somoniy hokimligi qaror topadi. Biroq, aka-uka o'rtasidagi qo'shhokimiyatchilik uzoqqa bormaydi. Natijada Nasr va Ismoil o'rtasida hokimiyat uchun kurash kuchayib ketadi va bu ularning harbiy to'qnashuviga sabab bo'ladi. 88-yilda Ismoil akasi ustidan uzil-kesil g'alaba qozonadi. 892-yildan boshlab esa Ismoil Somoniy butun Movarounnahrning yagona hukmdori ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.83 KB
Ko'rishlar soni 342 marta
Ko'chirishlar soni 25 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:00 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.83 KB
Ko'rishlar soni 342 marta
Ko'chirishlar soni 25 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga