Sud tergovi tushunchasi va ining mazmuni. Reja: 1.Sud tergovi mohiyati. 2.Sud tergovida dalillarni tekshirish. 3.Sud tergovini olib borish. Sud majlisining tayyorlov qismida o'tkazilishi lozim bo'lgan barcha protsessual harakatlar bajarib bo'lingandan so'ng sud muhokamasining asosiy qismi hisoblangan sud tergoviga o'tiladi. Aynan shu qismda barcha to'plangan dalillar tekshiriladi va chiqariladigan hukm uchun zamin yaratiladi. Sud tergovi -yangi protsessual sharoitda dalillarni mustaqil va ijodiy ravishda tekshirish bosqichidir. Bu bosqichda bar bir dalil sud tomonidan bar tomonlama va batafsil tekshirib chiqilishi kerak. O'zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual Kodeksining 439- moddasiga asosan sud tergovi ayblov xulosasini o'qib eshittirishdan boshlanadi. Ayblov xulosasini o'qib eshittirilganidan so'ng sudlanuvchiga, agarda jinoyat ishi bo'yicha bir necha sudlanuvchi bo'lsa, bar bir sudlanuvchiga raislik etuvchi tomonidan ayblov mazmuning tushunarli bo'lganligi, sodir etilgan jinoyatning mazmuni va uning huquqiy jihatdan baholanishi aniqlaniladi. Agarda sudlanuvchiga yoxud sudlanuvchilarning birontasiga ayblov mazmuni yod) jinoyatning mazmuni yoxud sodir etilgan jinoyatning huquqiy baholanishi tushunarli bo'lmasa, unda sudlanuvchilar qanday jinoyatni sodir qilishda ayblanayotganliklari, ularning qilmishi Jinoyat Kodeksining qaysi moddasi bilan kvalifikatsiya qilinayotganligi, aybnoma qanday asoslarga tayanganligi, ayblov xulosasi qanday dalillarga asoslanganligi, dalillarning mazmuni aniq tushuntirilishi lozim. Shundan so'ng sudlanuvchidan unga nisbatan qo'yilayotgan aybga iqror yoki iqror emasligi aniqlanishi kerak. Sudlanuvchi o'z aybiga qisman iqrorligini bildirgan hollarda, aynan ayblovning qaysi qismiga iqror, qaysi qismiga esa iqror emasligi aniqlanadi. Bunday hollarda nima sababdan aybiga iqror emasligi, nima sababdan aybini faqatgina bir qismigagina iqrorligi to'g'risida paydo bo'lgan savollarning berilmasligi kerak. Chunki bu savollarga javobni sud tergovi boshlangandan so'ng so'z navbati kelganida sudlanuvchi tomonidan batafsil izohlab berish imkoniyati bo'ladi. Sud tergovida dalillarni bevosita tekshirishga kirishishdan avval, sud ularni qanday tartibda va qanday ketma-ketlikda ko'rib chiqilsa maqsadga muvofiq bo'ladi, degan savolga j'avobni aniqlab olishi lozim. Sudlanuvchilardan o'z ayblariga iqrorliklari yoki iqror emasliklari so'rab aniqlangandan so'ng sud dalillarni tekshirish navbati haqida sud protsessi ishtirokchilarining takliflarini eshitadi. Amaliyotda, odatda, birinchi bo'lib, davlat ayblovchisining taklifi eshitiladi. Sud tergovini olib borish tartibi haqida prokuror o'z fikrini bildirayotganida, albatta, dalillarni tekshirish navbatini aynan kimni so'roq qilishdan boshlanishi kerakligi haqidagi xulosasida shu tartib orqali jinoyat ishi bo'yicha to'plangan dalillarni sud tergovi mobaynida xolisona, bar tomonlama va to'liq o'rganib chiqish imkomyati paydo bo'lishligini tushuntirib berishi kerak. Prokuror sud tergovini boshlash navbati to'g'risida fikr berish bilan birga sudda ekspertlar xulosalari, ashyoviy va yozma dalillarni tekshirish ketma-ketligiga nisbatan ham o'z munosabatini bildiradi. Ayniqsa, murakkab, ko'p (epizod) voqeali hamda bir necha sudlanuvchilar qatnashayotgan jinoyat ishlari bo'yicha sud tergovini yuritish tartibining belgilab olinishi muhim ahamiyatga ega. Chunki bu tartib jinoyat ishining sud tomonidan har tomonlama, xolisona va to'la ...

Joylangan
11 Jan 2023 | 14:06:18
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.27 KB
Ko'rishlar soni
205 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:02
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Jan 2023 [ 14:06 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.27 KB
Ko'rishlar soni
205 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:02 ]
Arxiv ichida: doc