Xalqaro ekologiya huquqi

Xalqaro ekologiya huquqi

O'quvchilarga / Huquq
Xalqaro ekologiya huquqi - rasmi

Material tavsifi

xalqaro ekologiya huquqi Reja xalqaro ekologiya huquq tushunchasi Atrof-muhitni xalqaro huquqiy muhofazalash tamoyili Atrof-muhitni xalqaro huquqiy muhofaza qilish obyektlari Jahon ummoni muhiti va boyliklarining xalqaro huquqiy muhofazasi Ko'p millatli daryolarning xalqaro huquqiy muhofazasi Yer atmosferasining xalqaro huquqiy muhofazasi Yer atrofi kosmik fazoning xalqaro huquqiy muhofazasi Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida xalqaro tashkilotlarning faoliyati 1 xalqaro ekologiya huquq tushunchasi Tabiatni, asrashga taalluqli dastlabki xalqaro shartnomalar o'tgan asrning oxirlari yigirmanchi asrning boshlarida vujudga keldi. Ular asosan hayvonot dunyosining ayrim turlarini himoya qilish va ovlashni tartibga solishga qaratilgan edi. (Masalan, 1897 yilgi dengiz mushuklarini muhofaza qilish to'g'risidagi bitim). Keyingi o'n yilliklarda sayyoramiz tabiatini muhofaza qilish masalalarini xalqaro huquqiy tartibga solishda jiddiy sifat o'zgarishlari yuz berdi, davlatlarning bu sohadagi kuch-g'ayratlari jadallashdi. Atrof-muhit muammolariga bunchalik etibor berilishi tasodifiy emas. Fan-texnika inqilobi, jamiyat ishlab chiqarish kuchlarining jadal rivojlanishi inson xo'jalik faoliyatining tabiatiga ta'sirini keskin kuchaytirishni shart qilib qo'ydi, tabiiy jarayonlarga uning aralashuv ko'magi ancha kengaydi. Tabiiy boyliklardan serunum foydalanish, sayyoralar biosferasining ifloslanishi imkoniyatini jiddiy ekologik krizis qirrasiga olib borib qo'ydi. Shuning uchun atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish vazifasi asosiy vazifaga aylanib, hozirgi zamonning eng muhim vazifasi bo'lib qoldi. Tabiiyki, bu vazifani ayrim davlatlarning kuch-g'ayratlari bilan hal qilish mumkin emas. Atrof-muhitni muhofaza qilishning milliy tadbirlari universal va mintaqaviy darajalardagi keng xalqaro hamkorlik bilan uyg'unlashishi kerak. xalqaro huquq bunday hamkorlikni yo'lga qo'yish va rivojlantirishda, davlatlarning tabiatini qo'riqlash sohasidagi faoliyatini tartibga solishda yetakchi rol o'ynashga davat etilgan. Atrof-muhitning xalqaro huquqiy muhofazasi hozirgi xalqaro huquqning nisbatan yangi, lekin o'ta tez rivojlanib borayotgan qismidir. Hozirgi vaqtda atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy boyliklardan oqilona foydalanishning xilma-xil jihatlarini tartibga soluvchi anchagina miqdordagi turli xalqaro shartnomalar mavjud. Bu bitimlarning mavzulari asosan quyidagilardan iborat: 1) dengiz suvlarining ifloslanishiga yo'l qo'ymaslik dengizlarning jonli boyliklarini saqlash va ulardan oqilona foydalanish; 2) xalqaro (ko'p millatli) daryolar suvi va boyliklarini muhofaza qilish; 3) yer atmosferasi va yaqin kosmik fazoning ifloslanishi va bo'lak yoqimsiz ta'sirlardan asrash; 4) quruqlikdagi jonli va o'simlik dunyosini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish; 5) noyob tabiiy obyektlar va komplekslarni, ayrim ekologiya tarmoqlarini muhofaza qilish; 6) yer tarkibini radioaktiv zaharlanishdan himoya qilish. Atrof-muhit xalqaro huquqiy muhofazasining shakllanishi xalqaro huquqning umumiy yuksak rivojlanish jarayoni doirasida sodir bo'ldi va sodir bo'lmoqda. Shuning uchun davlatlarning tabiatini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatini xalqaro huquqiy tartibga solish yohud tabiat muhofazasiga oid muhim qoidalarni ifodalovchi, yoxud sayyora muhitini sog'lomlashtirishga to'g'ridan-to'g'ri yoki bevosita xizmat qiluvchi ko'pgina universal xalqaro shartnomalarning ta'siri ostida tarkib topdi. Davlatlarning, birinchi navbatda rivojlangan barcha mamlakatlarning, yadro quroli va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 36.4 KB
Ko'rishlar soni 230 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:09 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 36.4 KB
Ko'rishlar soni 230 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga