xalqaro gumanitar huquqi Reja Urush olib borishning xalqaro huquqiy tartibga solinishining maqsadlari va vazifalari Urush holati va uning huquqiy oqibatlari Harbiy harakatlarning kenglik chegaralari Harbiy ziddiyatlarni tartibga soluvchi xalqaro huquqiy hujjatlar Harbiy harakatlarning qatnashchilari Urush qurbonlarining xalqaro muhofazasi Urushning tugashi va uning xalqaro huquqiy oqibatlari Agressor davlatlar va shaxslarning xalqaro huquqiy mas'uliyati 1. Urush olib borishning xalqaro huquqiy tartibga solinishining maqsadlari va vazifalari Urushga bo'lgan munosabatning xalqaro huquqiy taqiqlanganligiga qaramay ayrim davlatlar yer sharining turli mintaqalarida bosqinchilik urushini olib bormoqda, boshqa qurolli harakatlar. sodir qilmoqda. Ikkinchi jahon urushidan keyin o'tgan 52 yil mobainida (1945-1997 yillar) 150 dan ortiq urush va qurolli to'qnashuvlar bo'lib o'tdi. O'sha yillarda 75 mamlakat hududida qurolli to'qnashuvlar va urushlar kelib chiqdi. Unda 90 davlat ishtirok etdi Bu urush va tuqnashuvlarning ko'pchiligi vayron qiluvchi urush bo'lib, juda ko'p kurbonlarga sabab bo'ldiki, ularni, bo'lib o'tgan yirik urushlarga qiyos qilish mumkin. Misol tariqasida AQSHning Koreya va Vetnamdagi hamda sobiq SSRning Afg'onistondagi urushlarini ko'rsatsa bo'ladi. Vayron qiluvchi vositalarning takomillashuvi, termoyadro va ommaviy qirg'in qurollarining boshqa turlari paydo bo'lishi munosabati bilan bu masalani huquqiy tartibga solishning ahamiyati mislsiz darajada oshdi. 2. Urush holati va uning huquqiy oqibatlari Hozirgi xalqaro huquq rasman urush elon qshshb eki elonsiz agressiv urushlarning har qandayini boshlab yuborishni taqiqlaydi. Davlat tomonidan amalda brshlangan harbiy harakatlar faqat ziddiyatda qatnashuvchi davlatlar uchun kelib chiquvchi barcha oqibatlari bilan urush holati boshlanganligini bildiradi va jumladan, urush olib borishning xalqaro qoidalariga rioya qilish zarurligini shart qilib quyadi. Ko'pginadavlatlarning Konstitutsiyalari harbiy harakatlar olib borish to'g'risida qapop qabul qilish uchun parlament sanksiyalarini talab qiladilar. Amerika davlatining Vetnam va hindi xitoyning boshqa . mamlakatlariga qarshi AQSH Prezidenti ko'rsatmasi bilan boshlab yuborgan qurolli intervensiyasi yoki sobiq. SSRning Afronistonga kiritgan qo'shinlari faqat xalqaro jinoyatgina bo'lib qolmay, balki bu davlatlarning Konstitutsiyaviy huquqlarining paymol qilinishidan ham iborat bo'ldi. Ko'pchilik mamlakatlarning Konstitutsiyalari ikki holdagina: mamlakatga harbiy hujum va xalqaro shartnomaning o'zaro agressiyadan mudofa bo'yicha majburiyatlarini bajarish zaruriyatida urush holati elon qilish imkoniyatini ko'zda tutadi. Tegishli qarorlar yoxud oliy vakolatli organ tomonidan yoki uning sessiyalari o'rtasidagi muddatda doimiy harakatda bo'luvchi davlat hozirgikimiyatining oliy organi tomonidan qabul qilinadi. Ikki davlat o'rtasida urush holati elon qilinishi ular o'rtasidagi munosabatlarda muayyan huquqiy oqibatlar keltirib chiqaradi. Urushning boshlanishi urushga kirgan davlatlar o'rtasidagi rasmiy diplomatik va konsullik munosabatlarini uzib qo'yadi. Diplomatik va konsullik xodimlari vakolatxona joylashgan davlatni tark etish huquqiga ega bo'ladilar. Vakolatxona joylashgan davlat bunda ularga zarur yordam ko'rsatishga majburdir. Urushayotgan davlatlar va ularning fuqarolari manfaatlarini muhofaza qilish, odatda, urushayotgan har ikki davlat bilan diplomatik ...

Joylangan
11 Jan 2023 | 14:06:18
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
31.1 KB
Ko'rishlar soni
436 marta
Ko'chirishlar soni
58 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:09
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 Jan 2023 [ 14:06 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
31.1 KB
Ko'rishlar soni
436 marta
Ko'chirishlar soni
58 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:09 ]
Arxiv ichida: docx