Xalqaro huquqda hudud

Xalqaro huquqda hudud

O'quvchilarga / Huquq
Xalqaro huquqda hudud - rasmi

Material tavsifi

xalqaro huquqda hudud Reja Davlat hududlari Davlat chegaralari va ularning huquqiy holati xalqaro daryolarning huquqiy holati xalqaro yer kengligi Antarktidaning huquqiy maqomi Arktikaning huquqiy maqomi Kosmik fazo va samoviy massalar Yerning kengliklari - quruqliq suv, yer osti va havo inson yashashi uchun moddiy bazalardir. Hududiy muammolar hammavaqt eng keskin xalqaro munosabatlarga olib kelgan. U ko'pincha qurolli to'qnashuvlarga sabab bo'lardi. Hozirgi xalqaro huquq har qanday hududiy tortishuvlar va hal etilmagan hududiy muammolarni tinch yo'l bilan hal etishni ko'zda tutishiga qaramay, u hamon keskinligicha qolmoqda. O'z huquqiy rejimiga ko'ra hududiy kengliklar uch asosiy gypyhga bo'linishi mumkin. Ular: 1) davlat; 2) xalqaro; 3) aralash rejimdagi kengliklardir. Bundan tashqari o'ziga xos rejimdagi hududlar (Arktika, Antarktida) ham mavjud. Davlat hududlari Davlat hududi qonuniy ravishda muayyan davlat suvereniteti ostida bo'lgan yer kurrasining bir qismidir. Davlat hududining tarkibiy qismlari davlat chegarasi doirasida joylashgan quruqlik (materik yoki orol), suv, yer osti va havo kengliklaridan iborat. Davlatning quruqlikdagi yerlari - uning chegarasi doirasida davlatga tegishli bo'lgan yerlar (quruqliklar)dir. Davlatning suvli hududi (akvatoriyasi) davlat chegarasi doirasida joylashgan daryolar, ko'llar, suv omborlari, kanallar, shuningdek ichki dengiz suvlari (ichki dengiz, qo'ltiqlar, bo'g'ozlar, bandargohlar hamda hududiy suv, davlat chegarasi qirg'oqlarini yuvib turgan yoki uning ichki suvlaridan bevosita tashqarida, boshqacha qilib aytganda ular ortida joylashgan muayyan kenglikdagi dengiz suvlari) havzasidir. Davlat zamini-davlat chegaralari doirasida uning quruqlikdagi va suvdagi hududlari yuzasidan pastda joylashgan kenglikdir. Yer osti kengligi yerning markaziga borgan sari torayadi. Havo kengligi davlatning quruqlikdagi va suvdagi hududlari ustidagi, havodagi kenglikdir. Dengiz, havo, kosmik kemalar mazkur davlat belgisi yoki bayrog'i ostida so'zgan yoki uchgan chog'ida hamda xalqaro hududlar doirasida borayotganda bu joylar shartli ravishda davlat hududiga tenglashtiriladi. Shuningek davlatga tegishli bo'lgan va xalqaro hudud doirasida joylashgan quvur va boshqa har qanday inshoot va uskunalar ham shartli ravishda davlat hududiga tegishli hisoblanadi. Davlatning o'z hududi ustidan to'la va istisnosiz suvereniteti davlatning hududiy hukmronligini tashkil etadi. Hudud har qanday suveren davlat bo'lmish xalqaro huquq subyektining eng muhim elementlaridan biridir. xalqaro huquqqa binoan hudud unda yashab turgan aholiga bog'liq. U moddiy baza bo'lib, yuqori aytilganidek xalqlarning yashashi uchun asosdir. Davlat hududi aholi bilan birgalikda davlatning yashashi uchun zarur asos hisoblanadi. Binobarin, hududiy hamkorlik suverenitetining ko'rinishi va uzviy elementi sifatida davlatning undan ajralmas xususiyati suverenitetining o'zini ham ifodalaydi. Hududiy hamkorlik o'z hududi doirasidagi barcha kishilar ustidan suveren hokimiyatni amalga oshirishni va ayni paytda bu hudud ustidan huquqiy oliy hukmronlikni bildiradi. Hududiy hukmronlikning aniq mazmuni va ko'rsatilgan elementlarining mutanosibligi mazkur davlatning sinfiy xarlkteri bilan belgilanadi. Bu o'rinda hudud davlat ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 33.88 KB
Ko'rishlar soni 279 marta
Ko'chirishlar soni 30 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:09 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 33.88 KB
Ko'rishlar soni 279 marta
Ko'chirishlar soni 30 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga