Xalqaro jinoyat

Xalqaro jinoyat

O'quvchilarga / Huquq
Xalqaro jinoyat - rasmi

Material tavsifi

xalqaro jinoyat Reja xalqaro jinoyat tushunchasi va uning turlari xalqaro tashkilotlarning jinoyatchilikka qarshi kurashdagi roli xalqaro jinoyat sudi. xalqaro jinoyat tushunchasi va uning turlari Uzoq vaqtlargacha xalqaro jinoyat va unga javobgarlik masalalarida tsivilistik konsepsiyasi xukumronlik qildi. Tsivilistik nazariyalar xukumronligi eng avvalo shu bilan izoxlanadiki, xalqaro huquq agressiv urushlarni va mustamlakachilik talon tarojlarni taqiqlamagan; bu hodisalar odatdagi hol bo'lib kelgan va xalqaro huquq o'z vazifasini ular oqibatini boshqarishdan iborat deb bilgan. Keyinchalik yuridik doktrinada va xalqaro amaliyotda shunday konsepsiya etirof etildiki, xilma-xil delektlar orasida alohida ijtimoiy xarakterga ega bo'lgan xalqaro jinoyatlar kategoriyasi vujudga keldi. XX asr boshlarida xalqaro jinoyatlar muammosi bilan shug'ullangan bir qator olimlar traktatlar (huquqiy risolalar)ga rioya etmaslik, bu davlatning boshqasini asoratada saqlab, butun dunyoga xukumronlik qilishga intilishi uchun elon qilmay va zaruriiy sabablarsiz xujum qilishni xalqaro jinoyatlar sirasiga kiritganlar. Shu davrning o'zidayoq xalqaro jinoyat tushunchasini shakillantirishga urungan bir qator olimlarning jiddiy kamchiliklari fosh etilgan. Bunday jinoyatlar uchun davlat jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin emas degan tasavvurdan kelib chiqqan holda ular mohiyatan davlat javobgarligini mutlaqo istisno etganlar va barchasini jismoniy shaxslar javobgarligiga olib kelib taqaganalar. Shu bilan birga, albbatta urushning milliy siyosiy vositasi sifatida etirof etgan. O'sha paytdagi xalqaro huquq holatini nazarda tutmoq darkor. Bugungi kunda xalqaro hamjamiyat tomonidan xalqaro jinoyatlarning xavflilik darajasiga jiddiy choralarni qo'llash mexanizmini takomillashtirish xalqaro huquqshunoslar oldida turgan asosiy muammolardan biridir. hozirgi zamon xalqaro huquqshunoslari xalqaro jinoyatlarni aniq belgilash nuqtai nazaridan uni ikki turga bo'lib o'rganishga harakat qilayotir. Birinchisiga, davlatalar tomonidan bevosita amalga oshirilayotgan jinoyatlar: bunga agressiv urush, harbiy jinoyatlar, genotsid, ekotsid, binotsid, apparteid, qulchilik va qul savdosi bilan shug'ullanish va yollash kiradi. Bunday holatalarni xalqaro jinoyatlar toifasiga kiritmoqda. Ikkinchisiga esa, individlar tomonidan amalga oshrilayotgan jinoyatlarni kiritmoqda: bunga havo kemalarini olib qochish, garovga olish, qaroqchilik, kontrobanda, giyohvand moddalarni noqonuniy savdosi, qalbaki pul yasash, pornagrafiya nashryotlarini tarqatish va boshqalar kiradi. Bunday jinoyatlarni xalqaro xarakterdagi jinoyatlar toifasiga kiritmoqda. Tinchlikka va insoniyat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar ushbu jinoyatlar tavsifida ularning Nyurenberg harbiy tribunasi nizomida qanday shakillantirilgan (6-modda) va bu qoidalar bilan mos keluvchi Tokio tribunasi nuqtai nazaridan kelib chiqish zarur. Professor A.N. Traynin tomonidan umumiy tarzda Insoniyatga qarshi jinoyatlar deb atalgan bu jinoyatlar uch mustaqil turga bo'linadi: tinchlikka qarshi jinoyatlar, harbiy jinoyatlar va insoniyatga qarshi jinoyatlar. Tinchlikka qarshi jinoyatlar agressiv urush yoki xalqaro shartnomalar, bitimlar yoki ishonchnomalarni buzub qilingan urushni rejalashtirish, tayorlash, boshlab yuborish yoki olib borishni, yoki yuqorida bayon etilgan xatti-harakatalardan birontasini amalga oshirishga qaratilgan umumiy reja yoki fitnada ishtirok etishni o'z ichiga oladi. Ushbu formulirovka - nemis (va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 27.01 KB
Ko'rishlar soni 173 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:09 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 27.01 KB
Ko'rishlar soni 173 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga