Xalqaro xavfsizlik huquqi, kollektiv xavfsizlik

Xalqaro xavfsizlik huquqi, kollektiv xavfsizlik

O'quvchilarga / Huquq
Xalqaro xavfsizlik huquqi, kollektiv xavfsizlik - rasmi

Material tavsifi

xalqaro xavfsizlik huquqi Reja Hozirgi davrda jahon urushining oldini olish imkoniyati xalqaro xavfsizlikni ta'minlashning umumiy xalqaro huquqiy vositalari Kollektiv xavfsizlik Qurolsizlanish va qurol yarog'ini cheklash Yadro urushining oldini olish va davlatlar o'rtasida ishonchni mustahkamlash choralari Qo'shilmaslik 1. Hozirgi davrda jahon urushining oldini olish imkoniyati Urush va tinchlik to'g'risidagi masala hozirgi xalqaro munosabatlarning tub masalasidir. Tarixiy tajriba shuni ko'rsatadiki, urushning ildizlari reaksion siyosatga asoslangan ijtimoiy tuzumda joylashgan. Shuning uchun urushni jamiyat hayotidan siqib chiqarishning asosiy yo'li - jamiyatni ijtimoiy asosda qayta qurishdan iborat. Prezidentimiz I.A. Karimov o'zining O'zbekistosh XXI asr bo'sag'asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari nomli asarida takidlaganidek «hozirgi sharoitda, umumiy xavfsizlikni ta'minlash va muvozanatga erishish manfaatlari nuqtai nazaridan, yangi mustaqil davlatlarning xavfsizligi va barqaror rivojlanish muammolari ulkan ahamiyat kasb etmoqda. Yer yuzida vaziyat va kuchlar nisbati shiddatli o'zgarib bormokda. Bu esa hozirgi kunda davlatlar va xalqlarning barqarorligini ta'minlash uchun yangicha yondashuvlarni izlab topishni, XXI asr arafasida xavfsizlikning yangicha modellarini ishlab chiqishni tobora qattiq talab qilmoqda». Biroq shuni ham hisobga olmoq lozimki, harbiy texnika sohasidagi yuksalish va ayniqsa, vayronagarchilik va qirginning ayovsiz vositalaridan foydalanish imkoniyati yaigicha vaziyatni keltirib chiqaradiki, bu vaziyat u yoki bu mamlakatning tashqisiyosiy mavqeini ishlab chiqishga, davlatning tashqi siyosiy strategiyasi va harbiy doktrinasiga ta'sir ko'rsatmasligi mumkin emas. Shu narsa ham mutlaqo ravshanki, reaksion davlatlar tomonidan yangi jahon urushining boshlab yuborilishi butun insoniyat uchun tahlikali oqibatlarga olib kelgan bo'lur edi. Hozirgi davrda urushning oldini olish imkoniyati to'g'risidagi xulosa reaksion davlatlarping agressiv xususiyati o'zgardi, degan gap emas. Bunday davlatlar mavjud ekan, urush kelib chiqishining iqtisodiy asosi ham mavjuddir. Yangi jahon urushining oldini olish obyektiv imkoniyatining haqiqatga aylantirilishi tinchlikni saqlash vositalarining butun arsenalidan foydalanib, tinchliksevar kuchlarning birlashgan fronti aktiv ish olib borishini talab qiladi. Kuch ishlatish yoki kuch bilan tahdid qilishdan o'zaro voz kechish, agressiv urushlarning oldini olish va turdi ijtimoiy tuzumdagi davlatlarning tinch-totuv yashash tamoyilini izchil amalga oshirish tinchliksevar davlatlar tashqi siyosatining konstitutsiyaviy tamoyili darajasiga kutariladi. 2. xalqaro xavfsizlikni ta'minlashning umumiy xalqaro huquqiy vositalari xalqaro xavfsizlikni ta'minlash tamoyili muammosi keng manoda tinchlikni ta'minlash va urushning oldini olish muammosidir. Hozirgi xalqaro huquq tinchlik huquqi bo'lgani uchun ham shu maqsadga xizmat qiladi. Shuning uchun xalqaro huquqning bazi qoidalari sirtdan qaraganda, bu muammoga bevosita ahamiyati yukdek ko'rinsa ham aslida yalpi tinchlikni saqlashga xizmat qilishi kerak. Teng huquqli davlatlar hamkorlik xalqaro huquq va inson huquqlarini himoya qilishni (davlat suverenitetini hurmatlash, ichki ishlarga aralashmaslik hamkorlik xalqlarning teng huquqliligi, o'z taqdirini o'zi belgilash kabilar) ta'minlashga qaratilgan asosiy xalqaro huquq tamoyillari va tegishli aniq ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 48.21 KB
Ko'rishlar soni 198 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:10 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 48.21 KB
Ko'rishlar soni 198 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga