Xorazmshohlar davlati va huquqi Reja: 1. Xorazmshohlar davlatining tashkil topishi. 2. Xorazmshohlar davlatining ijtimoiy-iqtisodiy tuzumi. 3. Xorazmshohlar davrida hokimiyat va boshqaruv, sud, politsiya hamda harbiy ishlarning tashkil etilishi. 4. Xorazmshohlar davrida huquqining asosiy belgilari. Xorazmshohlar davlatining tashkil topishi Xorazm yerlari Sulton Mahmud G'aznaviy tomonidan bosib olingan bo'lsa, 1044-yildan esa u saljuqiylar davlati tobeligiga tushib qolgan. XII asr o'rtalariga kelib esa sharqiy hududlardan bostirib kelgan qoraxitoylar butun Movarounnahrni ishg'ol etib, o'zlariga qaram qilgan bo'lsalar, bundan Xorazm ham mustasno qolmagan. Biroq shunga qaramasdan, Xorazm va uning iste'dodli, erksevar xalqi mustaqillik sari, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yo'lidan ilgarilab borishda davom etdi. Xususan, saljuqiylar hukmdori Malikshoh davrida Xorazm mulkini mustaqil boshqarish huquqini qo'lga kiritgan turk o'g'loni Anushtagin va uning avlodlari Qutbiddin Muhammad (1097-1127) va Jaloliddin Otsiz (1127-1156) davrida Xorazmning siyosiy mustaqilligi kengaydi va uning ijtimoiy-iqtisodiy qudrati muttasil o'sib bordi. Xorazmda anushteginlar sulolasining mustahkamlanishi, o'lkaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida Qutbiddin Muhammad garchi muhim rol o'ynagan bo'lsa-da, biroq uning butun hukmronlik davri saljuqiylar ta'siri doirasida kechdi. Shuning uchun ham Xorazmning mustaqil davlat sifatidagi o'rni va mavqeyi ko'proq uning o'g'li Otsiz (1127-1156) hamda anushteginlarning keyingi avlodlari: El Arslon (1156-1172), Takash (1172-1200) va Alovuddin Muhammad (1200-1220) daviiarida har jihatdan ko'zga tashlandi. So'nggi hukmdorlar Takash va Muhammad Xorazmshohlar davriga kelib esa Xorazm davlati o'rta asrlar davridagi eng qudratli saltanatga aylandi. 1141-yilda qoraxitoylar bilan Sulton Sanjar o'rtasida yuz bergan qonli to'qnashuv va unda saljuqiylarning mag'lubiyatidan foydalangan Otsiz Xuroson yerlarini, Marv, Nishopur shaharlarini egalladi. 1152-yilda Jandga qo'shin tortib, uni Xorazm davlatiga qo'shib oldi. Otsizning vorisi El Arslon ham mamlakat mustaqilligini kuchaytirish yo'lida qoraxitoylar bilan janglar olib boradi. El Arslon vafotidan (1172) foydalangan qoraxitoylar Xorazm hududiga bostirib kirdilar va uni o'lpon to'lashga majbur etdilar. Ammo Xorazm taxtini egallagan Takash (1172-1200) tez orada mohir davlat arbobi, tadbirkor va uddaburon hukmron sifatida o'z davlati qudratini yuksaltirishga muvaffaq bo'ladi. 1187-1193-yillarda u Nishopur, Ray va Marv shaharlarini bosib oladi. 1194-yilda esa saljuqiylar sultoni To'g'rul II ga kuchli zarba berib, Eronni egallaydi. Uning katta va yirik davlati markazlashgan hokimiyat bosliqaruviga ega bo'lgan. Takashning o'limidan keyin Xorazm taxtiga uning o'g'li Alovuddin Muhammad o'tirdi (1200-1220 yy.)- 1203-yilda Muhammad qoraxitoy-larning yordami bilan Xurosonni butunlay bosib oldi. U Hirotni va uning yaqin atroflarini egalladi. 1207-yilda u o'z poytaxtiga qaytib, Movaroun-nahrni bosib olish uchun tayyorgarlik ko'ra boshladi. Tez orada Buxoroni bosib oldi va shu tariqa Movarounnahrni Xorazm tarkibiga qo'shib olish boshlandi. Buxoroni egallagach, Muhammad Xorazmshoh Movarounnahr viloyatlarini, birinchi navbatda Samarqandni qoraxitoylar asoratidan ozod qilishga otlanadi. Xuddi shu davrda Chingizxon ta'qibidan qochib Mo'g'ulistondan Yettisuv viloyati tomon chekingan ...

Joylangan
11 Jan 2023 | 14:06:18
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.34 KB
Ko'rishlar soni
330 marta
Ko'chirishlar soni
48 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:11
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Jan 2023 [ 14:06 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.34 KB
Ko'rishlar soni
330 marta
Ko'chirishlar soni
48 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:11 ]
Arxiv ichida: doc