XX asr boshlarida turkistonning ijtimoiy-siyosiy tuzumi Reja: 1. Turkistonda sovet hokimiyatining o'rnatilishi. 2. Sovet hokimiyati va boshqaruvi organlarining ta'sis qilinishi. 3. TASSRning barpo etilishi va 1918-, 1920-yillardagi konstitutsiyalari. Turkistonda sovet hokimiyatining o'rnatilishi Rossiyaning Turkistondagi mustamlakachilik siyosati mamlakatimiz xo'jaligini turg'unlikka, inqirozga, qoloqlikka mahkum qildi. XX asr boshlariga kelib o'lkadagi iqtisodiy qoloqlik, mahalliy aholining huquqsizligi, ishsizlikning o'sishi, xalq turmush darajasining pasayib ketishi nihoyatda Icuchayib ketgandi. Bularning hammasi ijtimoiy hayotda nizo va mojarolarni ^'paytirdi. O'lkamiz xalqlarining ko'pdan-ko'p norozilik chiqishlari va lyushraagan qo'zg'olonlari buning dalili bo'lishi mumkin. 1916-yilgi qo'zg'olon o'lka xalqlarining ozodlik uchun kurashi tarixiga yorqin sahifa bo'lib bitildi. Bu qo'zg'olon yerli aholining milliy o'z-o'zini anglashida, unda mustamlakachilikka qarshi, mustaqillik va islom negizlari buzilmasligi uchun kurash g'oyalarining mustahkamlanishida o'chmas iz qoldirdi. Rossiyadagi Fevral demokratik inqilobining g'alaba qilganligi haqidagi xabar Toshkentga 28-fevralda yetib keldi. Turkistonning barcha yirik shaharlarida fevral inqilobi ta'sirida Immaviy xalq harakatlari - miting va namoyishlar avj olib ketdi. Ammo bu ommaviy xalq harakatlari Turkistonda ikki yo'nalishda amalga oshdi. Birinchisi, nomilliy yo'nalish bo'lib, bu yo'nalishning asosiy yo'naltiruvchi kuchlari Turkistonga chetdan kelgan Yevropaxalqlarining vakillari edilar. Ularga rus sotsial-demokratlari, eserlar, kadetlar va shuning singari firqalarning Turkistondagi vakillari boshchilik qildilar. Mahalliy tub yerli musulmoh aholi ularga ergashmadi. Chunki turkistonlik musulmonlar bu Yevropaxalqlariga mahsub vakillarning barchasiga begonasirab qarardilar, ularni bosqinchi, chaqirilmagan «mehmon»lar, kofirlar deb hisoblardilar. O'lkada fabliyat ko'rsatgan turli sotsial-demokratik firqalarning maqsad-muddaolari mahalliy xalqlarning maqsad-muddaolaridan uzoq, tushunarsiz va begona edi. Turkistonda faoliyat ko'rsatgan ikkinchi yo'nalish - bu milliy yo'nalish edi. Bu yo'nalishni islom dini ulamolari va jadidlar boshqardilar. Mahalliy tub yerli musulmonlar asosan ana shu ikkinchi yo'nalishga ergashdilar. Chunki musulmon ulamolari va jadidlar o'z oldilariga bosh maqsad qilib Turkistonning milliy mustaqilligi, erk va ozodlik uchun mustamlakachi zolimlarga qarshi kurashni qo'ygan edilar. Shu boisdan ham Rossiyaning o'zidagidan farqli o'laroq, Turkistonda ikki hokimiyatchilik emas, balki uch hokimiyatchilik vujudga keldi. Bu: birinchidan, 1917-yil 31-martda ag'darib tashlangan Turkiston general-gubernatorligi o'rnida 7-aprelda vujudga kelgan, 9 kishidan iborat vaqtli Turkiston qo'mitasi, ikkinchidan, 28-martda vujudga kelgan Toshkent ishchi va soldat deputatlari Sovetlari va, uchinchidan, «Sho'royi Islomiya» tashabbusi bilan 16-aprelda tashkil topgan Turkiston musulmonlarining Markaziy Sho'rosidir. Mahalliy tub yerli aholi tili, dini, urf-odati, maqsad-muddaosi boshqa bo'lgan Yevropamillati vakillari bosh bo'lgan sovetlarga ergashmadi, ularga ishonmadi va kofirlar deya begonasirab qaradi. Mahalliy aholi asosan musulmon ulamolari va jadidlar tashabbusi va rahbarligida tashkil etilgan musulmonlar ishchi, dehqon deputatlari sovetlariga ergashdilar va ularni qo'llab-quvvatladilar. Bunday sovetlar Toshkentning Eski shaharida, Samarqand, Sirdaryo, Farg'ona, Andijon va boshqa viloyatlarda tashkil topdi. Musulmon ishchi-dehqon sovetlari o'z majlislarida harakat birligini ta'minlash ...

Joylangan
11 Jan 2023 | 14:06:18
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.58 KB
Ko'rishlar soni
168 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:12
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Jan 2023 [ 14:06 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.58 KB
Ko'rishlar soni
168 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:12 ]
Arxiv ichida: doc