O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari Vazirligi Muhammad al - Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti Qarshi filiali Kompyuter tarmoqlari fanidan 8-MUSTAQIL ISHI Mavzu: Kompyuter tarmoqlarini qurish Mavzu: Kompyuter tarmoqlarini qurish Reja: Tarmoq tushunchasi. Tarmoq turlari. Tarmoq hosil qilish va tarmoq qurilmalari. Kompyuterdan turli masalalarni hal qilishda foydalanish mumkin. Axborot almashish uchun magnit va kompakt disklardan foydalanish yoki boshqa kompyuterlar bilan umumiy tarmoqqa ulanish kerak bo'ladi. Kompyuter (ing . computer - hisoblayman), EHM (Elektron Hisoblash Mashinasi) - oldindan berilgan dastur (programma) bo'yicha ishlaydigan avtomatik qurilma. Elektron hisoblash mashinasi (EHM) bilan bir xildagi atama. Kompyuterlarning o'zaro axborot almashish imkoniyatlarini beruvchi qurilmalar majmuyiga kompyuter tarmoqlari deyiladi. Tarmoqning asosiy imkoniyatlari tarmoqqa ulangan kompyuterlar va axborot ashyolariga bog'liq Axborot ashyolari deganda arxiv, kutubxona, fondlar, ma'lumotlar ombori va boshqa axborot tizimlaridagi hujjatlar yig'indisi tushuniladi. Tarmoqdagi kompyuterlarda saqlanayotgan axborot ashyolariga ushbu tarmoqqa ulangan boshqa kompyuterlar yordamida kirish mumkin. Kompyuterlarni tarmoqqa ulash usullari ko'rsatilgan. Kompyuterlar soniga qarab, tarmoqlar lokal, mintaqaviy va global tarmoqlarga bo'linadi. Lokal tarmoqlar bir binoda yoki bir-biriga yaqin binolarda joylashgan kompyuterlarda o'zaro axborot almashish imkonini beruvchi tarmoq hisoblanadi. Bunday tarmoqlarda axborot almashinish aloqa kabellari (ba'zan telefon tizimi yoki radiokanal) orqali amalga oshiriladi. Bunda foydalanuvchilar tarmoqqa ulangan kompyuterlardagi ma'lumotlarni birgalikda qayta ishlash va ma'lumotlarni ayirboshlash va dastur, chop etish qurilmasi, modem va boshqa qurilmalardan birgalikda Ibydalanish imkoniyatiga ega bo'lishadi. Dastur - 1) biron-bir faoliyat, ishning mazmuni va rejasi; 2) siyosiy partiyalar, tashkilotlar, alohida arboblar faoliyatining asosiy qoidalari va maqsadlari bayoni; 3) o'quv fani mazmunining qisqacha izohi; 4) teatr, konsertlar va b. Shuning uchun, bittadan ko'p kompyuterga ega bo'lgan firmalar o'z kompyuterlarini lokal tarmoqqa birlashtiradi. Lokal tarmoqda kompyuterlar orasidagi masofa yaqin bo'lganligi bois, telefon kanallaridan foydalanmasdan axborotni uzatish tezligini oshirish mumkin. Lokal tarmoqda axborotni uzatish uchun axborotni marshrutlash va seleksiyalash lozim bo'ladi. Marshrutlash bu - kerakli manzilga axborot blokini uzatish yo'lini aniqlash jarayonidir. Seleksiyalash - tegishli manziJdagi axborotni saralash demakdir. Lokal tarmoqlar axborotni marshrutlash va seleksiyalash usuli bo'yicha ikki sinfga ajratiladi. Lokal tarmoqlar seleksiyalash orqali axborotni bir abonent tizimidan boshqa tizimga uzatishni ta'minlaydi. Ishchi tizimlar katta miqdordagi ma'lumotni saqlash, izlash, murakkab hisoblashlar, modellashtirish, dasturiy ta'minotni rivojlantirishga xizmat qiladi. Ma'muriyat tizimlari tarmoqni boshqaradi. Kommunikatsion tizimlar abonent tizimlar orasida axborotlarni uzatish uchun marshrutlash va bog'lanishlarni kommutatsiya qilish vazifasini bajaradi. Mintaqaviy tarmoq- biror tuman, viloyat yoki Respublika miqyosidagi kompyuterlarni o'zida mujassamlashtirgan tarmoq. Viloyat - ma'muriy-hududiy birlik. O'rta asrlardan ma'lum. Sharqning ayrim mamlakatlari (Afg'oniston, Turkiya va boshqa), shuningdek O'rta Osiyo xonliklari viloyatlarga bo'lingan. 1924-yil sho'rolar o'tkazgan milliy-davlat chegaralanishi arafasida Turkiston ASSR 6 ...

Joylangan
07 Aug 2023 | 10:17:31
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
24.25 KB
Ko'rishlar soni
114 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:55
Arxiv ichida: docx
Joylangan
07 Aug 2023 [ 10:17 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
24.25 KB
Ko'rishlar soni
114 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:55 ]
Arxiv ichida: docx