Informatika va aхborot texnologiyalari fanidan 2-kurs 1semestr uchun Elektron dars taqdimoti Mavzu: Photo Shop dasturida tasvirlar bilan ishlash Tuzuvchi: Tadjibayeva M.X. 1.Sohani ajratish usullari REJA: 2. Soha ajratish uskunalari 3. Tasvirlarni kadrlash va ularda shaklalmashtirish Sohani ajratish usullari Rastrli tasvirlarda ulaming bir bo'lagini ajratib olish uchun bu bo'lak (soha) ning chegaralarini ajratib olish kerak bo'ladi. Bu amalni osonlashtirish uchun PhotoShopda bir qator uskunalar ishlab chiqilgan. Shuningdek, asosiy menyuning oltinchi bo'limi (Bыделение - Ajratish) da tasvir bo'lagini ajratish uchun ishlatiladigan buyruqlar yig'ilgan. Tasvimi to'liq ajratib olish. Uni ofis ilovalaridagi kabi: Ctrl+A (All - barchasi so'zidan olingan) tugmalar kombinatsiyasi yordamida chaqirish mumkin. Bu amalni yana asosiy menyuning Выделение (Ajratish) bo'limining birinchi bandi Bce (Barchasi) ni tanlash bilan ham arnalga oshirish mumkin. Ajratishni bekor qilish uchun CTRL+D (delete - olib tashlash) tugmalar kombinatsiyasidan foydalanish yoki asosiy menyuning ВЫДЕЛЕНИЕ (Аjratish ) bo'limining ikkinchi bandidagi ОТМЕНИТЬ ВЫДЕЛЕНИЕ (ajratishni bekor qilish) buyrug'ini tanlash mumkin. Ajratish uskunalari Uskunalar panelida birinchi bo'lib joylashgan. Uning ustida sichqonchaning o'ng tugmasini bossak, bu tugmaga mos kelgan to'rtta uskuna ro'yxati ekranga chiqadi. Ular quyidagi uskunalardir: Ajratish uskunalari To'g'ri to'rtburchakli soha uskunasi - to'g'ri to'rtburchak ko'rinishidagi sohani ajratish uchun ishlatiladi. Ellipssimon soha - ellips ko'rinishidagi sohani ajratadi. Gorizontal qator - piksellaming gorizontal satrini ajratish uchun xizmat qiladi. Vertikal qator - piksellaming vertikal qatorini ajratish uchun ishlatiladi. Yangi soha ajratish Sohani ajratib olish uchun sichqonchaning chap tugmasini bosib, ajratiladigan sohaning bir burchagidan ikkinchi burchagiga o'tish va tugmani qo'yib yuborish kerak bo'ladi. Shift tugmasi bosib turilsa, eski va yangi sohalar birlashtiriladi Alt tugmasi bosib turilsa, yangi ajratilgan soha eskisidan ayirib tashlanadi. Alt va Ctrl tugmalarining ikkalasi ham bosib turilsa, yangi soha bilan eski sohaning kesishmasi ajratib olinadi. Yangi soha ajratish Oval ko'rinishidagi sohalami ajratish ham shu kabi amalga oshiriladi. Parametrlar satri Ajratish uskunalaridan birortasi tanlanganda parametrlar satrida bu uskunalarning parametrlari paydo bo'ladi. Undagi ikkinchi, uchinchi, to'rtinchi va beshinchi tugmalar mos ravishda hech qaysi tugmani bosmasdan, Shift, Alt va Shift+Alt tugmalarini bosib turib sohani ajratishga to'g'ri keladi. Ajratish uskunalari PhotoShopda yana bir nechta ajratish uskunalari mavjud Лассо(Arqon), Прямолинейное лассо(To'g'ri chiziqli arqon) Магнитное лассо(Magnitli arqon) deb ataladi: Ajratish uskunalaridan foydalanish Tasvir bo'lagini ajratib olish PhotoShopda tasvir bo'lagini ajratib olishning yana bir usuli Волшебная палочка (Sehrli tayoqcha)dan foydalanish. Sehrli tayoqcha uskunasi Быстрое выделение (Tezkor ajratish) uskunasi bilan birga joylashgan. Ajratish uskunalari Волшебная палочка (Sehrli tayoqcha)ni tasvirning biron-bir nuqtasiga tekkizsak, bu nuqtaning atrofidagi rangi tanlangan nuqta rangiga yaqin bo'lgan barcha piksellami ajratib oladi. Shift tugmаsi bilаn birgаlikdа qo'llаnsа bеlgilаngаn ...

Joylangan
05 Oct 2023 | 07:49:20
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pdf, pptx
Fayl hajmi
3.69 MB
Ko'rishlar soni
217 marta
Ko'chirishlar soni
81 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:20
Arxiv ichida: pdf, pptx
Joylangan
05 Oct 2023 [ 07:49 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pdf, pptx
Fayl hajmi
3.69 MB
Ko'rishlar soni
217 marta
Ko'chirishlar soni
81 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:20 ]
Arxiv ichida: pdf, pptx