3D Modellashtirish haqida tushuncha. Sirtlar va uning klassifikatsiyasi

3D Modellashtirish haqida tushuncha. Sirtlar va uning klassifikatsiyasi

O'quvchilarga / Informatika va AT
3D Modellashtirish haqida tushuncha. Sirtlar va uning klassifikatsiyasi - rasmi

Material tavsifi

3D Modellashtirish haqida tushuncha. Sirtlar va ularning klassifikatsiyasi Reja: 3D tushunchasi. Sirtlar va ular bilan bog'liq ilmiy izlanishlar Sirtlar geometriyasi va klassifikatsiyasi 3D tushunchasi. П Sirtlar va ular bilan bog'liq ilmiy izlanishlar. П Sirtlar geometriyasi va klassifikatsiyasi. П Jismlar geometriyasi. 3D ing. 3 deminsion - uch o'lchamli degan so'zdan kelib chiqgan bo'lib, ushbu tushuncha asosida uch o'lchamga ega bo'lgan yuzali, hajmli va hajmsiz geometrik figuralar tushuniladi. Hajmli geometrik figuralarga jismlar, yuzali geometrik figuralarga sirtlar va hajmsiz geometrik figuralarga fazoviy egri chiziqlar kiradi. Bugungi kunda 3D modellari asosan ikki toyifaga mansub bo'lgan geometrik modellardan iborat bo'lib, bular - jismlar (тела) va sirtlar (поверхности)dir. Aynan bir xil geometrik tuzilishga ega bo'lgan figuralar jism yoki sirtdan iborat bo'lishi mumkin. Ichi bo'sh bo'lmagan hajmli, yopiq to'plamdan iborat geometrik figura jism deb, ichi bo'sh qobiqdan iborat hajmli yoki faqat yuzaga ega hajmsiz geometrik figuralar esa sirt deb aytiladi. Misol uchun: sfera, kub, prizmalar agar ichi bo'shliqdan iborat qobiq bo'lsa, ular sirtlar deb, aks holda jismlar deb qaraladi. Bundan shunday xulosa qilish mumkinki, har ikki toifaga mansub 3D modellari tuzilishi jihatdan bir xil geometrik qoqnuniyatlar asosida quriladi. Sirtlar va ular bilan bog'liq ilmiy izlanishlar. Atrofimizdagi olamda bizni o'rab turgan tabiy narsalarga e'tibor bersak biz oddiy, qandaydir qonuniy tuzilishga ega bo'lgan narsalarni (quyosh, oy, gul va mevalar), xuddi shuningdek murakkab, xaotik tartibdagi tuzilishga ega bo'lgan uch o'lchamli jismlar (tog' va toshlar, baland-past tepaliklar, bulutlar)ni ko'ramiz. Uch o'lchamli qonuniy tuzilishga ega bo'lgan ob'ektlarning geometrik qonuniyatlari qadim zamonlardan insoniyatni o'ylantirib, turli davrlarda olimlar diqqatini o'ziga jalb etib kelgan: DQadimgi grek olimlari Pifagor (er.old. 580-500 yy.) to'g'ri jismlar nazariyasini, Platon (427-347 yy.) yoqlari muntazam ko'pburchaklardan iborat ko'pyoqliklarning 5 turi mavjud bo'lishini (hozirda Platon jismlari deb ataladi) aytib o'tgan (Tasvir 1). Uyg'onish davriga kelib arxitektura, haykaltaroshlik va rangtasvirning rivojlanishi bilan sirtlar va ularning geometrik tuzilishi batafsil o'rganildi. Italiyalik buyuk me'mor va haykaltarosh Lorentso Giberti (1378-1455 yy.), italiyalik san'at nazariyotchisi Leon Battista Al'berti (1404-1472 yy.), buyuk iste'dod soxibi, rassom, olim va muhandis Leonardo da Vinchi (1452-1519 yy.) kabi olimlar fan va san'atning keyingi rivoji, sirtlar bilan bog'liq ilmiy izlanishlar uchun ulkan hissa qo'shishgan. DXVII asr oxiri XIX asr boshlariga kelib frantsuz geometri Gaspar Monj (1746-1818gg.) 1798 yilda «Geometrie Descriptive» - «CHizma geometriya» kitobini yozdi va unda proektsion masalalar bilan bir qatorda egri chiziqlar va sirtlarning hosil bo'lishi va ular bilan bog'liq masalalar echimini batafsil yoritib berdi. ПXX asrning ikkinchi yarmiga kelib sirtlar va ularning geometrik tuzilishi klassifikatsiyalandi. Bunda rus geometrilari A.V. Bubennikov, ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 272 KB
Ko'rishlar soni 141 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 23:59 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 272 KB
Ko'rishlar soni 141 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga