3D printerlar va ular yordamida yutuqlar

3D printerlar va ular yordamida yutuqlar

O'quvchilarga / Informatika va AT
3D printerlar va ular yordamida yutuqlar - rasmi

Material tavsifi

3D printerlar va ular yordamida erishilgan yutuqlar Miyaga bir g'oya kelsa-da, uni qog'ozga tushirib, do'konga olib borsangiz. U yerda siz o'ylagan narsani bir necha soat ichida yasab berishsa. Zamonaviy 3-D printerlari yordamida aynan shunday qilish imkoni paydo bo'ldi. 3D-printerlari ko'pincha juda qimmatbaho bo'lib qolayotganiga qaramay, uch o'lchamli bosish uskunasi texnologiyasi juda qiziqarlidir. Haqiqatda ham barcha istalgan, deyarli turli murakkablikdagi obyektlarni chop etish uskunasi uyida bo'lishini kim ham xohlamaydi deysiz? Yaqinda «nisbatan arzon» 3D-printerlar qatori yangi qurilma bilan to'ldirildi. Unda katta aniqlikda nodir obyektlarni modellashtirish imkoniyati mavjud. FORM 1 - bu katta imkoniyatlarga ega 3D-printer bo'lib: chop etish materialining qalinligi qatlami mazkur modelda atigi 25 mikronni tashkil etadi. Yangilik yaratuvchilari bunday aniqlikka erishish uchun chop etish asosiga boshqacha yondashganliklari bois amalga oshdi. Ko'pchilik printerlar obyektni qatlam ustiga qatlamlab mustahkamlanadigan materialni yaratsalar, yangi FORM 1 da esa lazerli stereolitografiya texnologiyasidan foydalaniladi. Mazkur yondashuv mazmun-mohiyati suyuq fotopolimerni qo'llashga asoslangan bo'lib, lazer yoki boshqa nurlar ta'sirida chop etishni amalga oshiradi. Mazkur yondashuv mazmun-mohiyati suyuq fotopolimerni qo'llashga asoslangan bo'lib, lazer yoki boshqa nurlar ta'sirida chop etishni amalga oshiradi. Polimer yuzasiga yo'naltirilgan lazer nuri yaratilishi kerak bo'lgan obyekt qatlamini hosil qiladi, shundan keyin qotirilgan qatlam fotopolimerga tushiriladi, lazer keyingi qatlam ustida ishlay boshlaydi. Lazerli stereolitografiya texnologiyasi ancha qimmatbaho (qurilma bahosi oltixonali raqamdan iborat) bo'lib, biroq yaqinda Massachusets texnologiya instituti olimlari tomonidan uni nisbatan ixcham devaysda 2500 dollargacha arzonlashtirishga erishildi. Hozirgi davrda FORM 1 Kickstarter loyihasi hisoblanadi. 3D-printerlar dunyoni qamrab olmoqda hamda ularning haqiqiy egalarini jiddiy havotirga solib, uch o'lchamli modellar tobora tez-tez torrentlarda paydo bo'lmoqda. Masalan bugungi kunda telefonlarning korpusini shunchaki yuklash va chiqarib olish oddiy xolga aylanib qoldi. Lekin, ayrim uddaburonlar yanada jiddiy ishlarga qo'l urishmoqda. Masalan, yaqinda Yangi Zerlandiyalik bir dasturlovchi shovvoz o'ziga oz emas ko'p emas, Internetdan tayyor 3D-modeldagi naq Aston Martin DB-4 ni chiqarib olishga muvaffaq bo'lgan. Apparatning ishlashi haqida albatta, hech qanday gap yo'q, ammo uning ustki kuzovini tayyorlashni har qalay uddalashgan. Yaratuvchi uning ichki qismlarini Nissan Skylinedan o'zlashtirishni niyat qilgan. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 806.55 KB
Ko'rishlar soni 127 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 23:59 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 806.55 KB
Ko'rishlar soni 127 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga