3G nomlanishi - rasmi

Material tavsifi

3G Nomlashi Reja: 1. 3G atamasi haqida tushuncha 2. 3G mobil aloqa tizimining xaraktirestikasi 3. IMT-200 konsepsiyasi 4. 3G standartining oilasi 5. UMTS standartining xarakteristikalari 3G mobile 3G atamasi bilan (ingl. third generation - «uchinchi avlod») ma'lumot uzatish va Internet tarmoqlariga yuqori tezlikda mobil ulanish bilan nomlanadi. 3G tizimlari mobil aloqaning turli xizmatlari, global rouming hamda multimediyaning keng imkoniyatlarini, jumladan: videotelefoniya va videokonferensiya xizmatlari; Internet va intranetga yuqori tezlikda ulanish. Ushbu tizimlar abonentlarning harakatlanish tezligi cheklanmagan holatida - 64kbitsek., harakatlanish tezligi cheklangan holatda (piyoda yurgandagi tezlik) - 384kbitsek., abonent harakatlanmagan holatida esa 2Mbitsek.gacha bo'lgan tezliklarda ma'lumot uzatish iimkonini beradi. 3G tizimlarini ishlatish uchun mobil aloqa global unifikatsiyalangan standartlari bo'yicha quyidagi tavsiyalar ishlab chiqilgan edi: ovoz uzatish sifatini simli aloqa tarmoqlaridagi ovoz uzatish sifati darajasiga yetkazish; axborot xavfsizligini ta'minlashda simli tarmoqlardagi xavfsizlik darajasiga yetkazish; milliy va xalqaro roumingni ta'minlash; bir necha mahalliy va xalqaro operatorlar tarmoqlariga ulana olishni ta'minlash; chastotalar spektridan samarali foydalanish; ko'p sathli sotali tuzilmalar (strukturalar) ni qo'llab quvvatlash; paketli va kanalli kommutatsiya uslublarini ta'minlash; yo'ldoshli aloqa tizimlari bilan o'zaro ishlash imkoniyatini ta'minlash; ma'lumot uzatish tezligini bosqichma-bosqich 2Mbitsek.gacha yetkazish. 3G MOBIL ALOQA TIZIMINING XARAKTYeRISTIKASI Uchinchi avlod mobil aloqa tizimlari quyidagi prinsiplar asosida quriladi: umumqamrov aloqa, yani «hamma joyda va har doim» bu prinsip Yerning istalgan joyida umumiy foydalanish tarmoqlariga ulanish imkoniyati mavjudligini ko'zda tutadi. yagona axborot maydoni, yani butun dunyo axborot maydoni resurslariga mobil tarzda ulanishning unifikatsiyalangan uslublarini ishlab chiqishni ko'zda tutadi. Bu radioulanish va Internet tarmoqlarining integratsiyalash yo'li bilan amalga oshiriladi; yagona chastota maydoni, IMT-200ga muvofiq 3G tizimlarini rivojlantirish uchun butun dunyo negizida 2GGts diapazonida 230MGts kenglikdagi chastotalar polosasini ajratilish ko'zda tutiladi; 3G AVLODINING QURILISh TAMOYILLARI Yangi avlod aloqa tizimlari konsepsiyasini rivojlantirish jarayonida uning yaratuvchilariga, yer usti aloqa tarmoqlari bilangina global aloqa qamrovini ta'minlashni iloji bo'lmaydi va bu faqatgina sun'iy yo'ldoshli aloqa tizimlari yordamida amalga oshirilishi mumkin. Shuning uchun, 1995 yilda XTIda ikkita dasturni, yani yuqorida takidlangan FPLMTS va GMPCS (ingl. Global Mobile Per sonal Communications by Satellite - Global yo'ldoshli aloqa personal tizimi) ni birlashtirib, Butun dunyo mobil aloqa tizimi - IMT-200 (ingl. International Mobile Telecommunications) Dasturini yaratish bo'yicha qaror qabul qilindi. Bunda 200 soni tasodifan tanlanmadi: u dasturning ishga tushish yili bilan bog'liq. IMT-200 konsepsiyasi IMT-200 doirasida yer usti va yo'ldoshli aloqa tarmoqlarining birlashishi Dunyoda ilk bor 1996 yilda Ericsson kompaniyasi tomonidan Shvetsiyada W-CDMA texnologiyasi asosida 3G tajribiy tarmog'i qurilib, ishga tushirildi. Bu texnologiya Yevropada universal aloqa tizimi bo'lgan UMTS - yer usti mobil loyihasiga asos ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 647.09 KB
Ko'rishlar soni 98 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 23:59 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 647.09 KB
Ko'rishlar soni 98 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga