3G uchinchi avlod standartlari

3G uchinchi avlod standartlari

O'quvchilarga / Informatika va AT
3G uchinchi avlod standartlari - rasmi

Material tavsifi

3G - uchinchi avlod standartlari Reja: 3G-Uchinchi avlod standartlari UMTS tizimlarining arxitekturasi 3,5G avlod standartlari 3,75G avlod standartlari Tavsiya etilgan adabiyotlar 3G - uchinchi avlod standartlari Ikkinchi avlod mobil aloqa tizimlarining asosiy kamchiligi ularning past 9,6-14,4kbitsek. tezlikda ma'lumot uzatishi bo'ldi. Shu sababli, yuqorida ko'rsatilganidek, IMT-200 doirasida 3G tarmoqlarida kam harakatlanadigan abonentlar uchun 2Mbitsek. gacha va mobil abonentlar uchun 384kbitsek. gacha ma'lumot oqimi tezliklariga erishish bo'yicha ishlar olib borildi. 2G avlodidan boshlab sotali aloqa tizimlarining standartlari UMTS tizimlarining arxitekturasi SGSN (ingl. Serving GPRS Support Node) - GPRSni qo'llab-quvvatlovchi xizmat tuguni GGSN (ingl. Gateway GPRS Support Node) - GPRSni qo'llab-quvvatlovchi shlyuz tuguni GMSC (ingl. Gateway Mobile services Switching Center) PLMN - Public Land Mobile Network PSTN - Public Switched Tele­phone Network ISFN - Integrated Services Digital Network UMTS tarmoqlarining joriy etilishi mobil aloqaning rivojlanishida prinsipial yangi bosqich bo'ldi va mobil tarmoqlarda ma'lumotlarni uzatishda maksimal 2,048Mbitsek. gacha tezlikka erishishga imkon berdi. UMTS tizimlarining GSMGPRSEDGE tizimlaridan asosiy farqi 5MGts o'tkazish polosasiga ega bo'lgan keng polosali signallardan (KPS) foydalanilishi bo'ldi. UMTS texnologiyasining yana bir afzalligi signalning yuqori to'siqqa bardoshliligi va uning ko'p nurlilik ta'siriga barqarorligi hisoblanadi. Bundan tashqari, KPSdan foydalanish kanallarini ajratishning kodli usulini (CDMA) ishlatish imkonini beradi. 3,5G avlod standartlari ma'lumot uzatish tezligini oshirish va ma'lumot uzatilishining kechiqishini kamaytirish maqsadlarida UMTS standartining navbatdagi rivojlanish bosqichida ko'p pozitsiyali kvadratura-amplitudaviy modulyatsiyalar, yani 16-QAM, 64-QAM usullari qo'llanilgan HSPA (ingl. High Speed Packet Access) texnologiyasi ishlab chiqildi. HSPA texnologiyasi 3GPP loyihasi standartlarining 6 Bosqich spetsifikatsiyasi (ingl. 3GPP Release 6) sifatida kiritilgan bo'lib, odatda 3,5G avlodiga mansub deb ko'rsatiladi. O'z navbatida, HSPA standarti ikkita tashkil etuvchi texnologiyalar - HSDPA va HSUPAlardan iborat. HSDPA (ingl. High-Speed Downlink Packet Access - pastga yo'nalishida ma'lumotlarni yuqori tezlikda paketli uzatish) - mutaxassislar tomonidan to'rtinchi avlod texnologiyalariga o'tishda oraliq bosqichlaridan biri sifatida baholanayotgan mobil aloqa texnologiyasidir. HSDPA texnologiyasida ma'lumot uzatishning maksimal nazariy tezligi 14,4Mbitsek. gacha etishi mumkin, mavjud tarmoqlarda amaliy erishilgan tezlik esa 3Mbitsek. ni tashkil etadi. HSDPA texnologiyasi kabi HSUPA (ingl. High-Speed Uplink Packet Access - tepaga yo'nalishida ma'lumotlarni yuqori tezlikda paketli uzatish texnologiyasi) takomillashgan modulyatsiyalash usullari hisobiga foydalanuvchining W-CDMA AUsidan BSga ma'lumot uzatishni tezlatishga imkon beradigan mobil aloqa texnologiyasi hisoblanadi. Nazariy jihatdan HSUPA texnologiyasi yuqoriga ma'lumotlarni maksimal 5,76Mbitsek.gacha bo'lgan tezlikda uzatishga mo'ljallangan bo'lib, bu bilan AUdan BSga ma'lumotlarning katta oqimini talab qiluvchi uchinchi avlod ilovalarini (masalan, videokonferensiya) ishga tushirish imkonini beradi. 3,75G avlod standartlari HSPA texnologiyalari xarakteristikalarini yaxshilash bo'yicha ishlar davom etdi va natijada 2007 yilning oxirida Takomillashtirilgan HSPA yoki HSPA+ (ingl. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.12 MB
Ko'rishlar soni 103 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 23:59 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.12 MB
Ko'rishlar soni 103 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga