Reja: ABSning mohiyati ABSning rivojlanish bosqichlari. ABS rivojlanish istiqbollari. Korxonalarning ABS ishlab chiqarishni boshqaraetgan jamoa bilan yagona bir butunni tashkil etmaydi. Buni kuyidagilar sabab: ABSning mohiyati va imkoniyatlarini, birinchi navbatda, uning muhim elementi-hisoblash texnikasini etarli tushunmaslik; korxonani xodimlar yordamida boshqarish vazifalarini EXMda topshirishdan chuchish; ABSning etarli takomillashmaganligi; yechish sifati darajasining nisbatan pastligi. ABSning mohiyati kuyidagilardan iborat: 1. Butun iqtisodiy ishning kuyilishini yaxshilash, ABSni yaratish jarayoni ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va mehnat unumdorligini orttirish maqsadida boshqarishning yanada takomillashgan, ilmiy asoslangan usullarini ketma-ket hamda asta-sekin joriy etishdan iborat. 2. Ishlab chiqarish-xo'jalik faoliyati rahbarlarining operativligini oshirish (mehnat unumdorligini oshirish), ilmiy asoslangan karorlar kabul qilish. 3. boshqaruvchi va xizmat qiluvchi xodimlarni ogir mehnatdan ozod etish. 4. Axborotdan foydalanish darajasini oshirish. Axborot oqimlari kishi miyasiga sekundiga 8-10 bitni tashkil etadi, bu odamning axborotni qayta ishlashi bo'yicha normal imkoniyatlaridan 4-5 marta ko'p. Ish oxiriga kelib axborot ta'siri yana 1,5 -2 marta ortadi. Bu axborotni qayta ishlash vazifasini EXMga topshirib kamaytirish mumkin. boshqarish apparatining axborot bilan ta'minlanganlik darajasi ma'lumotlarni qayta ishlash markazidan olinadigan ishonchli axborot hisobiga oshiriladi. 5.Axborot okimlarini qisqartirish.(markazlashtirish hamda avtomatlashtirish asosida qog'ozbozlikni kamaytirish). 6. Texnologik jarayonlarning kechishi parametrlarini optimallash. 7. Optimal rejalashtirish masalalarini yechish. 8. ABS boshqarish uchun zarur bo'lgan ko'rsatkichlar doirasini ancha kengaytirish imkonini beradi. 9. Ishlab chiqarish rezervlarini aniqlash imkonini beradi. 10. ABS barcha mehnatkashlar bilimini jiddiy oshirishga ta'sir etadi, ular uzlari bajaraetgan hisoblarning mohiyatini tushunishlari kerak, axborotni kiritishga tayerlash, kesish usullarini, kiritish prinsiplarini. EXM bilan muloqot formalarini, muloqot mazmunini, bajarilayotgan hisoblarni tashkil etishni va sortlarga ajratishni, texnik imkoniyatlar chegarasini bilishlari zarur. Shu shartlarni bajarmasdan ABSni joriy etish mumkin emas. ABSning rivojlanish bosqichlari iqtisodiy axborotni mashina yordamida qayta ishlashining rivojlanishini ikki - tarixiy mushoxada va ITT (ilmiy texnika taraqqiyoti) nuqtai nazaridan qarash mumkin. Rivojlantirish yo'lini fan-texnika taraqqiyoti nuqtai nazardan karaylik. Bunda uni kisman mexanizatsiyalashtirish -kompleks mexanizatsiyalashtirish - kisman avtomatlashtirish - tulik avtomatlashtirish kabi bosqichlarga ajratish mumkin. Kisman mexanizatsiyalashtirish ikki bosqichga bulinadi. Birinchi bosqichga kuyidagilar xos: 1) axborotni qayta ishlash texnologik jarayonining uzgarmasligi; (kulda qayta ishlashga nisbatan); 2) klavishli hisoblash mashinalari;(KXM) larni qo'llash; 3) tashkiliy texnika vositalaridan foydalanmaslik. Ikkinchi bosqich uchun kuyidagilar xos: 1) texnologik jarayonning o'zgarishi; 2) klavishli hisoblash mashinalari (KXM) va perforatsion hisoblash mashina (PXM) lardan foydalanish; 3) tashkiliy texnik vositalaridan uncha ko'p foydalanmaslik. Mazkur bosqich 60-yillargacha. Kompleks mexanizatsiyalashtirish- axborotni yigish, kayd qilish, uzatish, saqlash , qayta ishlash va chiqarishning o'zaro boglangan sistemasi. iqtisodiy axborotni qayta ishlash kompleks mexanizatsiyalashtirishni XT (hisoblash texnikasi) vositalarini qo'llashni, XM (hisoblash mashinasi) ni ishlatishning eng takomillashgan, tashkiliy shakllaridan ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 15:53:55
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.06 KB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 23:59
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 15:53 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.06 KB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 23:59 ]
Arxiv ichida: doc