Reja: ABSning funksional bulinmalari. Sanoat tarmoqlarida ishlab chiqarishni boshqaruvchi sistemalar. Yangi mahsulotlarni ishlab chiqarishni texnikaviy tayyorgarlikni boshqaruvchi kism sistemasining xarakteristikasi. Material-texnikaviy ta'minot kism sistemasi haqida ma'lumot. ABS ning funksional bulinmalari kuyidagilardan iborat bo'ladi: tashkiliy funksional faoliyat kursatuvchi va ishlab chikaruvchi korxonalarning maxsus funksiyalarini boshqaruvchi tarmoqlar. Sanoatning har xil tarmoqlarida ishlab chiqarishni boshqaruvchi sistemalar quyidagi kism sistemalar orqali ifoda etiladi: yangi mahsulotlarni ishlab chiqarishda texnikaviy tayyorgarlikni boshqaruvchi; texnik - iqtisodiy rejalashtiruvchi; asosiy ishlab chikaruvchi buginlarni operativ boshqaruvchi; xom ashyo, tayyor mahsulotlar va texnikaviy jihozlar bilan taminlovchi, korxonalardagi maishiy xizmat kursatuvchi mahsulotlarni boshqaruvchi; mahsulotlarni sifatini boshqaruvchi; korxonadagi moliyaviy faoliyatni hisobga oluvchi, nazorat qiluvchi va tahlil qilib hisobot beruvchi. yuqorida sanab utilgan xar bir kism sistemalari va ulardagi alohida olingan elementlar sistemaning boshqaruv jarayonlarida faol ishtirok etadi, va uni informatsion sistema deb karaladi. Kaysiki, boshqariladigan obyektdan va boshqaruvchi zvenodan iborat bo'ladi. Yangi mahsulotlarni ishlab chiqarishda texnikaviy tayyorgarlikni boshqaruvchi kism sistemalari - ishlab chikaruvchi korxonalarda yangi mahsulot turini ishlab chiqish va joriy qilish masalasini yechish uchun mo'ljallangandir. Yangi mahsulot turini ishlab chiqish va keng kulamda joriy qilish, xalqning unga bo'lgan talab ehtiyojiga, hamda korxonaning mavjud texnik va texnologik imkoniyatlarga bog'liq bo'ladi. Yangi turdagi xom ashyolar va mahsulotlar, hamda yangi texnika va texnologiya asosida yaratilgan ishlab chiqilgan, oldingi turdagisidan tamomila fizikaviy - ximiyaviy xossalari bilan farq kiladigan tovarlarni yangi turdagi sanoat mahsulotlari deb aytiladi. Bu kism sistemasi quyidagi kompleks masalalarni o'z ichiga olgan bo'ladi: ilmiy izlanish ishlari va eksperiment o'tkazishni rejalashtirish; obrazetslarni tayyorlash va uni ishlab chiqish uchun texnik hujjatlarni ishlab chiqish; yangi mahsulotlar ustida ekspertizalar o'tkazish va uni korxonalarda ishlab chiqish uchun texnikaviy hujjatlar tayyorlash; barcha hujjatlarni ishlab chiqish, kaysiki, yangi ishlab chikariladigan mahsulot sifatini, korxonaning yangi texnik va texnologik tayyorgarligini ifodalaydi. «Texnik - iqtisodiy rejalashtirish» kism sistemasi korxonalarning joriy va uzoq muddatlardagi faoliyatini kompleks rejalashtirish masalalarini yechish ishlari bilan shugullanadi. uzoq muddatdagi rejalashtirish ko'rsatkichlari fan va texnika yutuklari negizida asoslab beriladi va ishlab chikiladi. Rejalashtirishda quyidagi ko'rsatkichlar: limitlar, iqtisodiy normativlar, mahsulot ishlab chiqarishni o'sishi yoki kamayishi, amalda ishlab chiqilgan mahsulotlar miqdori, ish unumdorligini oshishi, ish xakki fondi, kapital mablag va qurilish montaj ishlari uchun ajratilgan limitlar, eng zarur turdagi material- texnik mahsulotlar uchun ajratilgan limitlar, ish xakki fondining o'sish normativi, olingan foydadan ish xakkiga ajratish normativi, iqtisodiy va moliyaviy fondlarni hosil bo'lishi va usib borish normativlari, hamda boshqa rejali - iqtisodiy ko'rsatkichlar kiradi. Joriy rejalashtirish - bir yil davomida olib boriladigan rejalashtirish ishlaridan iborat bo'ladi. U istiqbolli rejalarning ko'rsatkichlariga, limitlariga va normativlariga asoslanib ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 15:53:55
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.82 KB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 23:59
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 15:53 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.82 KB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 23:59 ]
Arxiv ichida: doc