ABS ning funksional masalalari va bo'limlari

ABS ning funksional masalalari va bo'limlari

O'quvchilarga / Informatika va AT
ABS ning funksional masalalari va bo'limlari - rasmi

Material tavsifi

Reja: boshqarishning asosiy darajalari. aniq funksional va korxona mikyosidagi masalalar hamda ularning yechimi. Ishlab chiqarishni tayyorlash darajasidagi eng muhim masalalar va xususiy funksional masalalar. Zamonaviy ABS pogonalidir. Bunday sistemaning tahlili va sintezi kuppogonali sistemalarning nazariyasi asosida olib boriladi. Bu nazariya asosan sistemani bulinmalarga, keyinchalik masalalarga bo'lish mumkin. Bunday bo'linish ABS ning funksional bulinmalar deb ataluvchi alohida funksional kismlarga ajratishga olib keladi. ABS ni yaratish va joriy qilish bosqichida boshqarish darajalari va vazifalarini o'z ichiga olgan qandaydir tashkiliy-iqtisodiy model boshlang'ich bo'lib hisoblanadi. Avtomatlashtirilishi kerak bo'lgan boshqarish vazifalari to'plamini aniqlash, boshqarishning maqsadga muvofik darajalarini baholash, va agar, zarur bulsa, avtomatizatsiya natijasida kamrab olinadigan ishlab chiqarishni boshqarish davrini ajratish zarurdir. ABS ni yaratish vaqtida hisoblash resurslaridan tejab foydalanish juda muhimdir, shuning uchun bunday masalalar optimizatsion bo'lib hisoblanadi. yuqorida aytib utilganidek, boshqarishning asosiy darajalariga istiqbolli rejalash, ishlab chiqarishni tayyorlashni boshqarish, texnik-iqtisodiy rejalashtirish, umumzavod ishlab chiqarishni rejalashtirish va boshqarish, hamda tezkor boshqarish kiradi. istiqbolli rejalash bosqichida avtomatlashtirilishi kerak bo'lgan boshqarishning bir kator vazifalarini ajratish mumkin. Bu bosqichdagi asosiy vazifalardan biri bashorat qilishdir (prognozlash).tarmoq ABS da bu xol kullanilganda, tarmoq rivojlanishiga bog'liq bo'lgan bir kator iqtisodiy ko'rsatkichlarni prognozlash tushuniladi. Korxona ABS ida ishlab chikarilayotgan mahsulotlar, korxonaning qandaydir xom-ashyoga bo'lgan ehtiyojlari bashorat kilinadi. aniq funksional masalalarga hudud bo'yicha kapital mablaglarni aniqlash, qurilish-montaj ishlari xajmini va qurilish mahsulotlariga bo'lgan talabni bashorat qilish, tarmoq korxonasini optimal joylashtirish va boshqalar kiradi. Bu masalalarni yechish asosan korxona faoliyatida mavjud bo'lgan iqtisodiy jarayonni baholashga va shu tajribani keyingi yillarga qo'llashga tayanadi. Talab qilingan iqtisodiy ko'rsatkichlarning yillar bo'yicha qandaydir parametrlarga bog'liqligini ifodalovchi bir kator vazifalar kiritiladi, yani kiritilgan matematik qonuniyatlar asosidagi rivojlanishi baholanadi. Bu qonuniyatlarni tekshirish oldingi yillar tajribasi asosida amalga oshiriladi, bashorat qiymatlari va hosil bo'lgan natijalarning mos tushishi baholanadi. Prognozlash usullari iqtisodiy jarayonning doimiyligiga tayanadi. Bu xol esa xamma vaqt sodir bulmaydi, shuning uchun ko'p xollarda ekspert baholash usullari foydalirok bo'ladi. Avtomatlashtirilgan boshqarishni shunday funksional masalalarni yechishga qo'llash masalaning optimal kuyilishiga imkon beradi. Mezon sifatida tula qilingan xarajatlar kabul kilinadi va funksional xarajatlar minimallashtiriladi. Buning natijasida sanoatning alohida tarmoqlarini funksional rivojlanishi ishlab chiqarish obyektlarini mavjud mehnat, moddiy va energiya resurslarini hisobga olgan holda optimal joylashtirishning hisobga olish bo'yicha maslahatlar olinadi. Umumiy holda ishlab chiqarishga ketadigan jami kapital va ekspluatatsion xarajatlari, transportirovka va xom-ashyoga bo'lgan xarajatlar minimallashtiriladi. Korxona mikyosida korxona foydasini maksimallash yoki mahsulotni berilgan xajmda va turlarda kam iqtisodiy xarajatlar qilib ishlab chiqarishni ta'minlash masalalari echiladi. Shuningdek, korxona faoliyatiga tegishli bo'lgan bir kator xususiy funksional masalalar xam kuriladi. Ishlab chiqarishni tayyorlash ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.86 KB
Ko'rishlar soni 142 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 23:59 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.86 KB
Ko'rishlar soni 142 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga