Reja: Avtomatlashtirilgan boshqarishga utish. boshqarish sistemalarining rivojlanish evolyutsiyasi. Fan hozirgi kunda ijtimoiy ishlab chiqarishni shakllantirishda yetakchi kursatgichga aylanib bormokda. Joriy asrning ikkinchi yarmida sodir bo'lgan ilmiy-texnika inkilobi fakatgina ijtimoiy ishlab chiqarishnigina emas, balki odamlar hayotini xam uzgartirib yubordi. Odamlarning talabi ishlab chikarilayotgan mahsulot turlarining kupayishiga, yaratilayotgan mashinalar sifati ishonchliligining kutarilishiga olib keldi. 60-yillardayok ishlab chiqarish kulamida sezilarli o'zgarishlar bilina boshlandi, tenologik jarayonni, sanoat korxonasini, iqtisodni boshqarish masalalari murakkablashdi. Chikarilayotgan jihoz va mashinalarning ishlov muddati qisqardi, bu esa o'z navbatida texnologik jarayonning o'zgarishida yangi uzgaruvchan texnologiyalarga utish yoki jihozga boshqa yo'nalish berish bilan ishlab chikarilayotgan mahsulotlar turi va xarakterini uzgartirishga imkon berdi. Ammo ishlab chikarilayotgan mahsulotning doimiyligini saklab mehnat unumdorligini oshirish eng dolzarb muammoga aylandi. Bunday sharoitlarda hisoblash texnikasini keng qo'llash orqali ishlab chiqarishni avtomatlashtirishga bo'lgan talabning paydo bo'lishi tabiiydir. Birinchi hisob mashinalarining paydo bo'lishi, muhandislar, olimlarni ishlab chiqarishni boshqarish jarayoniga boshqacha qarashga, avtomatlashtirilgan boshqarishga utishga majbur kildi. Zamonaviy rahbar, uning psixologik imkoniyat doirasidan ancha oshib ketadigan axborot miqdorini oladi. Bunday holda, tabiiyki, axborotni qayta ishlash orqada kola boshlaydi. Shuning uchun 60-yillarda boshqaruvchi xodimlar miqdorining o'sishi kuzatila boshlandi. Muammoni yechishning yangi yo'llari izlana boshlandi. hozirgi zamonda avtomatlashtirilgan boshqarishga utish shunday yul buldi. Bunda boshqarish obyekti jarayon, bo'lim, tsex, ishlab chiqarish, birlashma, tarmoq, mamlakat mikyosidagi xo'jalik bo'lishi mumkin. Agar boshqarilayotgan jarayon sifatida texnologik jarayon ishlatilayotgan bulsa, u texnologik turdagi avtomatlashtirilgan sistema, agar ishlab chiqarish-iqtisodiy jarayon bulsa, u tashkiliy-iqtisodiy sistema bo'ladi. ABS rivojlanishning boshlang'ich bosqichlarida an'anaviy boshqarishdan nusxa olingani uchun, uning asosida ABS joriy kilingunga qadar kabul qilingan ishlab chiqarishni boshqarishning tashkiliy strukturasi yotar edi. ABS ni joriy qilishdagi muvaffakiyatsizliklar sababini shunda deb tushuntirish mumkin. Chunki ABS kupincha ungacha bo'lgan tartibsizlikni xam avtomatlashtirar, bu esa o'z navbatida ishlab chiqarishni tashkil qilishning buzilishiga sharoit yaratar edi. Shunga qaramay, masalalarni yechishning tula algoritmlari ishlab chikarilgan bo'limlarda (moliya-buxgalter hisoboti, moddiy-texnika ta'minoti va boshqalar) ABS ning qo'llanilishi hisobotni sezilarli yaxshilashga, hujjatlar utishini nazorat qilishga, o'z vaqtida karorlar kabul qilishga imkon berdi. Kui xollarda esa bu sezilarli iqtisodiy samara berdi. Aynan ana shu 60-yillarda ABS larning birinchi avlodlari paydo buldi. Ularga kuyidagilar xos edi: yechish uchun hisob xarakteridagi tashkiliy-iqtisodiy masalalarni tanlash, optimal yechish uchun masalalarning yukligi, eski boshqarish usulini nusxalash, murakkab bo'lmagan masalalarni yechishda usha davrning eng quvvatli mashinalaridan foydalanish. Bular avtomatlashtirilgan sistemalarni yaratishda xal qiluvchi rol uynamagan bulsa xam, uni joriy qilish bo'yicha tuplangan tajriba quyidagi ishlarni amalga oshirish zaruriyatini kursatdi: 1) ABS ni ishga tushirishdan oldin, korxonaning boshqaruv-tashkiliy tuzilishini chuqur taftish qilish, bu strukturani avtomatlashtirilgan sistemaga ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 15:53:55
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.75 KB
Ko'rishlar soni
78 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 23:59
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 15:53 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.75 KB
Ko'rishlar soni
78 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 23:59 ]
Arxiv ichida: doc