ABS strukturasi - rasmi

Material tavsifi

Reja: ABS strukturasi tushunchasi. ABSning tashkiliy va funksional strukturalari. boshqarish darajalari. Ixtiyoriy sistemaning xossalari va vaqt davomida ish olib borishi malum darajada uning strukturasi bilan aniklanadi. Struktura deganda sistema elementlari va ular o'rtasidagi o'zaro harakatni ifodalaydigan bog'liqliklar to'plami tushuniladi. ABS ning strukturasi berilgan sifat mezonida avtomatlashtirilgan boshqarish jarayonini bajarishni ta'minlashi kerak. Avtomatik boshqarish boshqarishning avtomatlashtirilgan sistemasi va boshqarish obyektining o'zaro harakati asosida amalga oshiriladi. ABS va boshqarish obyekti o'rtasidagi aloqalar moddiy, texnologik yoki axborot xarakterida bo'lishi mumkin. Moddiy tasavvurda mehnat predmetlarining texnologik operatsiyalar bo'yicha harakati tushuniladi va moddiy oqimlar urganiladi. Axborot tasavvur kibernetik bo'lib, avtomatlashtirilgan jarayonni eng umumiy nuqtalardan turib baholashga imkon beradi. Axborotli yondashuvda aloqalar sistemada mavjud bo'lgan axborotni ifodalaydi. Ishlab chiqarishdan (ICh) dastlabki axborot (DA) keladi. ABS da normativ (shartli-doimiy) axborot (NA) saqlanadi. ABS da boshqariluvchi axborot ishlab chikiladi va u (BO) boshqariluvchi obyektga uzatiladi. Shartli- doimiy axborot obyekt to'g'risidagi hujjat va ma'lumotlar to'plamini o'z ichiga oladi. boshqarish jarayoni ma'lumotni EXM da uzluksiz qayta ishlash bilan olib boriladi. Shuning uchun boshqarishning aniq masalalariga, obyekt murakkabligiga, mavjud hisoblash resurslariga va xoka'zolarga bog'liq bo'lgan axborotni qayta ishlashning qandaydir sxemasi kabul qilingan bo'lishi kerak. Dastlabki axborot boshqarish obyekti ishlash davrida keladigan axborotdir. Bu ishlab chiqarish jarayonining kerakli rejimdan chetlanishi bo'yicha ma'lumotlarni o'z ichiga olishi kerak. Bu axborot o'z xarakteriga ko'ra tezkordir: u paydo bo'lishi bilan EXM ga uzatiladi va qayta ishlanadi. Axborot obyektdan agar boshqariluvchi obyekt sifatida texnologik jarayon karalayotgan bulsa avtomatik ravishda datchiklar orqali kiritiladi. Agar boshqarish iqtisodiy tashkiliy obyekt sifatida karalayotgan bulsa, axborot EXM ga ishlab chiqarishning borishi haqidagi bazi umumlashtirilgan ko'rsatkichlar tarzida operator yordamida kiritiladi. boshqaruvchi axborot o'z xarakteriga ko'ra tezkordir. boshqarish obyektining darajasiga bog'liq ravishda boshqaruvchi axborotning xarakteri va uning tushish chastotasi uzgaradi. boshqarish obyekti kancha yuqori bulsa axborotning qiymati shuncha yuqori, tushish chastotasi esa shuncha past bo'ladi. Shunday qilib, avtomatlashtirilgan boshqarish jarayoni ishlab chiqarishning borishi haqidagi axborotni kabul qilishni, ABS yordamida boshqaruvchi yechimlarni ishlab chiqishni va ishlab chiqarish holatini uzgartirish uchun boshqaruvchi axborotni berishni o'z ichiga oladi. Bu sikl uzluksiz boradi. boshqarish jarayoni teskari aloqa bilan amalga oshirib boriladi. Teskari aloqa ta'sir yoki boshqariluvchi ta'sirlar natijasida ishlab chiqarish holatida sodir bo'lgan o'zgarish to'g'risidagi axborotni boshqaruvchi yechimini olish yoki ishlab chiqish uchun uzluksiz ravishda ABS ga uzatilib borilishida ko'rish mumkin. Sistemaning alohida qismlarini baholash uchun uni tashqarisidan o'rganish mumkin. Shu nuqtai nazardan karaganda ABS ikki asosiy kismdan iborat: funksional va ta'minot. Sistemaning berilgan maqsadga erishishga imkon beradigan alohida xususiyatlarini tahlil qilish uchun u ichkaridan urganiladi. Bunda sistemaning ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 31.27 KB
Ko'rishlar soni 83 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 23:59 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 31.27 KB
Ko'rishlar soni 83 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga