Reja: Kirish. Absolyut Nisbiy xatoliklar haqida tushuncha. Kirish Ishlab chiqarish korxonalarida, ilmiy tadqiqot ishlarida qo'llaniladigan ko'pgina ma'lumotlar tajribalar, o'lchovlar natijasida olingan bo'ladi. Bo'lajak muhandis-dasturchilar tajribadan olingan natijalar, ma'lumotlar asosida ular orasida bog'lanish qonuniyatlarini aniqlashni, hamda bu qonuniyatlarda ishtirok etuvchi asosiy omillarini ajratib olish, ularning optimal qiymatlarini aniqlash usullarini ham yaxshi bilishlari kerak. Xar-bir usullarni qo'llaganda va hisoblash ishlarini bajarganda albatta qandaydir xatolikka yo'l qo'yiladi. Shuning uchun bo'lajak mutaxasislar xatolar nazariyasi bilan ham tanish bo'lishlari kerak. Absolyut va nisbiy xatoliklar haqida tushuncha. hisoblash jarayonida muhandislar har xil ko'rinishdagi sonlarga duch kelishadi, ular aniq va taqribiy sonlar bo'lishi mumkin. Aniq sonlar o'sha miqdorning haqiqiy qiymatini aniqlaydi, taqribiysi esa haqiqiy qiymatga yaqinlik darajasini bildirib, u hisoblash xatoligini anglatadi. Masalan kub 6 ta qirraga ega, qo'limizdagi barmoqlar soni 10 ta, auditoriyada 15 ta talaba, kitob 320 varaqdan iborat desak, 6, 10, 15 va 320 aniq sonlarni bildiradi. Agar, uyning kengligi 14, 15m, qutining og'irligi 51gr, o'rmonda 500dan ortiq daraxt bor desak, bu yerdagi 14, 15, 500 sonlari-taqribiy sonlardir. hayotda ko'p hollarda miqdorlarni aniq son qiymatlarini topishni xar doim ham iloji bo'lavermaydi. Shuning uchun ko'p hollarda taqribiy sonlar ishlatiladi. Yana ko'p hisoblashlarda ayrim hisoblashlarni oson bo'lishi uchun sonlar taqribiysi bilan almashtirib yuboriladi. Masalalarni yechish jarayonida hisoblash ishlarida albatta xatolikka yo'l qo'yiladi, shuning uchun xar qanday masala biror aniqlik darajasida yechish mumkin, bunda xatolik darajasi ko'rsatilishi kerak. Shuning uchun biz xatoliklarni paydo bo'lish asoslarini yaxshi bilishimiz kerak. Xatoliklar asosida quyidagilar yotishi mumkin. 1)Xar qanday jarayonni o'rganillayotgan davrda, uning o'rniga uni xarakterlovchi boshqa soddaroq matematik modellar bilan almashtiriladi. Xar doim ham hayotdagi voqealarni jarayonlarni modellar bilan ifodalab bo'lavermaydi. Demak, qanday shartlar qo'yilib, xatolikka yo'l qo'yiladi. 2)Masalada qatnashayotgan ayrim parametrlar qandaydir o'lchov natijasida olingan bo'lishi mumkin. Yani π,ι va shunga o'xshash fizika, matematika, texnikada uchraydigan o'zgarmaslar qatnashib qatnashib qolishi mumkin va xakazo. 3)Cheksiz takrorlanuvchi jarayonlarni ularni chekli qiymatlari bilan almashtirishda. Masalan: Yig'indida chekli sondagi xadlarni olib, sinx ni qiymatlarini hisoblash mumkin. Shunga o'xshash hollarda albatta xatoliklarga yo'l qo'yiladi. Boshlang'ich ma'lumotlarni yaxlitlash, oraliq hisoblashlardagi yaxlitlashlar natijasida ham xatolikka yo'l qo'yiladi. Taqribiy ma'lumotlar ustida bajariladigan amallar natijasida ham xatolikka yo'l qo'yiladi. hisoblash jarayonidagi xar bir bosqichda yo'l qo'yiladigan xatoliklar yig'indisi to'la xatolikka olib keladi. Demak, xatoliklarni quyidagi 3 ta asosiy guruhga ajratish mumkin. I. Yo'qotib bo'lmaydigan xatoliklar. Bunga boshlang'ich ma'lumotlarni aniq bermaslik, aniq jarayonlarni soddalashtirish, haqiqiy sonlar ustida bajariladigan amallar kiradi. II. Yaxlitlash xatoliklari. Bunga boshlang'ich va oraliq hamda natijaviy hisoblashdagi natijalar. II. Qoldiq xatoliklar. Bular asosan cheksiz, takrorlanib turuvchi ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 15:53:55
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
44.18 KB
Ko'rishlar soni
151 marta
Ko'chirishlar soni
21 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:00
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 15:53 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
44.18 KB
Ko'rishlar soni
151 marta
Ko'chirishlar soni
21 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:00 ]
Arxiv ichida: doc