Reja: Abstrakt va cheklangan raqamli avtomatlar. Mili va Mur avtomatlari va ularning ifodalanishi. Elektron hisoblash mashinalarini loyihalash jarayoni uning ishlash jarayonlarini formallashtirilgan tavsiflash imkonini beruvchi maxsus matematik apparatni qo'llashni taqozo etadi. Bu matematik apparat sifatida cheklangan raqamli avtomatlar nazariyasi xizmat qiladi. Raqamli avtomat deganda, uzlukli Axborotning qabul qilinishi, saqlanishi va biror-bir algoritm asosida ishlanishini taminlovchi qurilma tushuniladi. Umuman, avtomatlar sifatida amaliy qurilmalar bilan bir qatorda abstrakt tizimlar (ekspert tizimlari, aksiomatik nazariyalar va h.) tushunilishi mumkin. Demak, Axborotni qayta ishlaydigan har qanday qurilma avtomat deb atalishi mumkin. Bunday qurilma Axborotni qabul qiluvchi va uzatuvchi kanallarga, hamda muayyan strukturali qayta ishlovchi qismlarga egadir. Avtomatlar nazariyasini o'zlashtirish uchun avvalo ular qayta ishlaydigan Axborotni ifoda qila bilishimiz kerak. Bizga malumki, inson yiђilgan Axborotni boshqalarga yetkazish uchun og'zaki nutq bilan birga yozuvdan ham foydalanadi, yani biror alfavitdagi harflar bilan birga tinish belgilari, raqamlar va boshqalar yordamida o'z fikrlarini yozilgan maqola, asar va h. sifatida ifodalaydi. Xuddi shunday, abstrakt ifodalash avtomatlar nazariyasi asosini tashkil etadi. Avtomatlar nazariyasida abstrakt alfavit sifatida ixtiyoriy obyektlar majmuasi tushuniladi. Bu obyektlar alfavitning harflari deb ataladi. Alfavitning so'zi deb, alfavit harflarining ixtiyoriy ravishda tartibga solingan cheklangan ketma-ketligiga aytiladi. So'z uzunligi sifatida so'zdagi harflar soni tushuniladi. Avtomatlar nazariyasining asosiy masalalaridan biri, bir xil yoki har xil alfavitlarda tuzilgan so'zlarning birini ikkinchisiga akslantirish hisoblanadi va u o'tish qoidalarining tizimsi yordamida amalga oshiriladi. O'tish qoidalari chekli miqdordagi bajariladigan amallardan iborat bo'lishi mumkin. Avtomatlarda alfavitli akslantirish (operator) tushunchasi keng qo'llaniladi. Alfavitli operator deb, biror alfavitdagi so'zlarni shu yoki boshqa alfavitdagi so'zlarga mos qo'yuvchi har qanday funksiyaga aytiladi. Shu operatorning kirish yo'li alfaviti deb birinchi alfavitga, chiqish yo'li alfaviti deb, ikkinchisiga aytiladi. Faraz qilaylik A1 alfavitida tuzilgan L so'z F operator yordamida A2 alfavitida tuzilgan K so'zga akslantirilgan bo'lsin, yani KF(L) Agar bu akslantirish biror avtomatda amalga oshirilayotgan bo'lsa, u holda F operator avtomatning xatti-harakati va funksional holatini ko'rsatadi. Avtomatlar nazariyasi ikkiga, yani abstrakt va strukturaviy nazariyalarga bo'linadi. Abstrakt avtomatlar nazariyasi avtomatning tuzilishi va qurish usullarini etiborga olmagan holda, tashqi muhit ta'sirida holatining o'zgarishi va amalga oshiradigan funksiyalarini o'rganadi. Boshqacha aytganda, avtomatlarning abstrakt nazariyasi mazmuni jihatidan algoritmlar nazariyasiga yaqin bo'lib, uni batafsilroq o'rganish imkonini beradi. Avtomatlarning ichki strukturasini tekshirish, qurish usullarini o'rganish, kirish yo'li ta'sirlarini va avtomatning ularga bo'lgan reaksiyasini kodlash masalalari avtomatlarning strukturaviy nazariyasida o'rganiladi. Umuman, strukturaviy nazariya abstrakt nazariyaning rivojlantirilishi va davomidir. Strukturaviy nazariya mantiqiy funksiyalar apparati va avtomatlarning abstrakt nazariyasiga tayangan holda hisoblash texnikasi qurilmalarini yaratishda samarali tavsiyalar beradi. Avtomatlar nazariyasi bevosita analiz va ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 15:53:55
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
58.79 KB
Ko'rishlar soni
103 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:00
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 15:53 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
58.79 KB
Ko'rishlar soni
103 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:00 ]
Arxiv ichida: doc