Mavzu: Access MOBTda ishlash texnologiyasi asoslari. Reja: MBBTning asosiy ob'ektlari. Jadvallar bilan tanishuv. Jadvallar hosil qilish. Jadvallararo bog'lanishlarni tuzish. So'rovlar bilan tanishuv. 1. MBBTning asosiy ob'ektlari. Ob'ekt deganda, odatda, qo'llanilishi nuqtai nazaridan o'zi bilan bir butunlikni ifoda etuvchi mavjudlik tushiniladi. Microsoft Access dasturida asosiy ob'ektlarning yetti xili mavjud. Jadvallar - har qanday MBning asosiy ob'ektlari hisoblanadi. MBda saqlanishi kerak bo'lgan barcha ma'lumotlar jadvallarga jo bo'ladi, shuningdek, jadvallar maydonlardan, maydonlarning turlari va xossalaridan iborat tuzilmani-MB tuzilmasini ham o'zlarida ifoda etadilar. So'rovlar - kerakli ma'lumotlarni MB jadvallaridan foydalanuvchiga qulay tarzda tanlab beruvchi vositadir. So'rovlar yordamida MB jadvallari ustida ko'pgina amallar bajariladi, ya'ni so'rovlar orqali ma'lumotlarni saralash, ya'ni filtrlash, ma'lumotlarni berilgan tartibda o'zgartirish, ma'lumotlar ustida hisob-kitoblar, jadvallarni boshqa manbalardan avtomatik tarzda chaqirib olingan ma'lumotlar bilan to'ldirish kabilar amalga oshiriladi. Shakllar - MBga yangi ma'lumotlarni kiritish xamda mavjudlarini ko'rib chikishga mo'ljallangan vositadir. Foydalanuvchi shakllar vositasida ruxsat etilgan maydonlargagina ma'lumot kirita oladi. Loyixachilar esa ma'lumot kiritishni tezlatish, avtomatlashtirish maksadida shaklga maxsus boshkaruv elementlarini (schetchiklarni, doirachalar, kvadratchalar, yoyiluvchi ro'yxatlar va boshqalarni joylashtiradi. Xisobotlar - o'zlarining xossalari va tuzilishiga ko'ra ko'proq shakllarga o'xshab ketadi. Xisobotlar bazadagi ma'lumotlarni qog'ozga chiqarish uchun xizmat qiladi. Shu boyisdan, ular boshqa ob'ektlardan, chop etiluvchi ma'lumotlarni turkumlash imkoniyatlari borligi bilan, shuningdek, boshqa xujjatlarga xos bo'lgan yuqori va quyi kalontitullar, saxifa raqamlari, xisobot tuzilgan sana xamda vaqt kabi maxsus rasmiylashtirish elementlarini xam asosiy ma'lumotlar qatori qog'ozga chiqarish uchun mo'ljalangan aloxida jixatlari mavjudligi bilan ajralib turadi. Saxifalar - aslida ma'lumotlarga kirish saxifalari deb atalivchi bu ob'ekt Internetda WW xizmatining juda ham tez omaviylashuvi natijasida hosil bo'lgan desak yanglishmaymiz. Bu ob'ekt Web - saxifada joylashadi va u bilan birga foydalanuvchiga uzatiladi. Makroslar - MBBT bilan ishlash jarayonida ko'p marotaba takrorlanuvchi amallarning bajarilishini avtomatlashtirish uchun qo'llaniladi. Modullar - VBA (Visual Basic for Applications) tilida yaratiladi. Modullar yordamida MB ning funksional imkoniyatlari kengaytirilishi, MB buyurtmachisining maxsus talablari qondirilishi, MBBT ning ishlash tezligi hamda himoyalanganlik darajasi yaxshilanishi mumkin. 2. Jadvallar bilan tanishuv. Jadvallar hosil qilish. Jadval-tablitsa hosil qilish uchun avvalo Baza dannix oynasidagi Taблицы nomli boshqaruv elementini tanlashimiz kerak. So'ngra, bu elementni tanlash tufayli faollashgan paneldan mavjud uchta boshqaruv elementidan birini, ya'ni Создание таблицы в режиме конструктора, Создание таблицы с помощью мастера va Создание таблицы путем ввода данных deb nomlangan belgichalardan birini tanlaymiz (2-rasm). Jadval tuzayotganda uning tayanch maydonini belgilab olish maqsadga muvofiq. Bu keyinchalik jadvallararo aloqani tashkil etishda asqotadi. Tayanch maydonini belgilash uchun sichqoncha kursori maydon nomi ustida turgan holda sichqonchaning o'ng tugmasini bosish hamda paydo bo'lgan kontekstli ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 15:53:55
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
847.75 KB
Ko'rishlar soni
84 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:00
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
05 Jun 2024 [ 15:53 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
847.75 KB
Ko'rishlar soni
84 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:00 ]
Arxiv ichida: pptx