Adaptiv ko'p rejimli radiochastota zanjirlari

Adaptiv ko'p rejimli radiochastota zanjirlari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Adaptiv ko'p rejimli radiochastota zanjirlari - rasmi

Material tavsifi

Adaptiv ko'p rejimli radiochastota zanjirlari Reja Ko'p diapazonli abonentlar qurilmalari uchun kirish radiochastotalar (RCh) modullari 2. Kalitlar va duplekserlardan foydalaniladigan KRChMni ishlatilishi variantlari 3. Kalitlar va duplekserlardan foydalaniladigan KRChMni ishlatilishi variantlari 4. RCh funksional tugunlar va radiokomponentlar 5. Taqsimlash panellari, Preselektorlar, Kabelli tutashmalar, jamperlar, Polosaviy RCh filtrlar, Oraliq chastotalar filtrlari Ko'p diapazonli abonentlar qurilmalari uchun kirish radiochastotalar (RCh) modullari Mobil telefon ma'lumotlarni almashlash funksiyalarini bajarishdan tashqari, videoma'lumotlarni yuqori sifatli aks ettirish, etarlicha ma'lumotlar hajmlarini kiritish va saqlash va kamida Internetga ulanish masalasini yechish uchun malum hisoblash quvvatini ta'minlashi kerak. Mobil aloqa zamonaviy ko'p diapazonli va ko'p rejimli qurilmalarini ishlab chiqish, ularda kechadigan jarayonlarni to'g'ri tahlil qilish va arxitekturani tanlashni talab qiladi. Bu olib yuriladigan qurilmalarning narxi, quvvati, o'lchami va ishchi xarakteristikalariga qo'yiladigan talablarni bajarilishi uchun zarur. Bunday ko'p funksiyali qurilmalar GSM, GPRS, EDGE, WCDMA, HSPA, LTE, Bluetooth, WLAN lokal tarmoqlar, GPS pozitsiyalash tizimlari, radio va TV qabul qilish imkoniyatlari kabi qator standartlar va texnologiyalarni qo'llashni amalga oshirishi mumkin. Bunday qurilma kichik vazn, hajm, energiya istemoli va narxga ega bo'lishi kerak. Bunday natijalarga erishish uchun turli diapazonlar va standartlarda ishlatiladigan funksional tugunlarni maksimal birlashtirish, RCh bloklar kombinatsiyalangan arxitekturalari, asl chastotalar rejalaridan foydalanish zarur. Harakatdagi obyektlar bilan aloqa tizimlari (HOAT) zamonaviy ko'p diapazonli abonentlari qurilmalari (AQ) kirishida kirish RCh modullari (KRChM) qo'llanadi. Ularning asosiy vazifasi quyidagilardan iborat: - qabul qilishuzatish traktlarini ajratish va bog'lanishini ta'minlash; - ularga antennani ulash. Bugungi kunda integral variantlarda ikkita turlardagi qayta ulash va filtrlash modullari - ASM (Antenna Switch Module) antennalarni kommutatsiyalash modullari va FEM (Front End Module) RCh trakt kirish modullari chiqariladi. Agar modul polosali filtrlash elementlariga ega bo'lmasa, u ASM antennalarni kommutatsiyalash moduli deyiladi, agar modul polosali filtrlash elementlariga ega bo'lsa, FEM RCh trakt kirish moduli deyiladi. Bazan integral kirish RCh blok tarkibiga qabul qilish traktining kam shovqinli kuchaytirgichi (KShK) va uzatish traktining chiqish quvvat kuchaytirgich (QK) kiritiladi. RCh blokda ishlatiladigan modulning turini tanlash aniq bir ishlanmaga va ishlatiladigan qurilmalarning parametrlariga bog'liq. Uchta diapazonli GSM ASM antennalarni kommutatsiyalash moduli va FEM RCh trakt kirish moduli KRChMda qo'llanadigan asosiy funksional tugunlar antennalar, RCh kalitlar duplekserlar hisoblanadi. Turli asosiy tugunlar soniga ega bo'lgan kirish RCh modullarining turli konfiguratsiyalari taklif etilishi mumkin. Kalitlar va duplekserlardan foydalaniladigan KRChMni ishlatilishi variantlari Duplekser (Duplexer) - chastota bo'yicha surilgan, lekin bitta ishchi chastotalar diapazonida ishlaydigan qabul qilish va uzatish traktlarini ajratish uchun ishlatiladigan qurilma hisoblanadi. Qabul qilish va uzatish traktlarini ajratish uchun duplekserlar bilan bir qatorda diplekserlar ham ishlatiladi. Diplekser (Diplexer) yoki ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1 MB
Ko'rishlar soni 88 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:00 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1 MB
Ko'rishlar soni 88 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga