Additional komponentalar palitrasi komponentalari yordamida dasturlarni loyihalash

Additional komponentalar palitrasi komponentalari yordamida dasturlarni loyihalash

O'quvchilarga / Informatika va AT
Additional komponentalar palitrasi komponentalari yordamida dasturlarni loyihalash - rasmi

Material tavsifi

Additional komponentalar palitrasi komponentalari yordamida dasturlarni loyihalash Reja: 1. Additional komponentalar palitrasi komponentalar tasnifi 2. TMaskEdit komponentasi bilan ishlash 3. TActionManager komponentasi bilan ishlash Additional komponentalar palitrasi komponentalar tasnifi C++ Builder dasturlash muhitida Standard komponentalar palitrasida keyingi o'rinda turuvchi komponentalar palitrasi bu Additional komponentalar palitrasidir.Additional komponentalar palitrasidagi komponentalar 4.1.1 - rasmda berilgan. Komponentalar palitrasidagi komponentalar bilan tanishib chiqamiz: TBitBtn -Rasmli tugma. Bitko'rinishidagitasvir tushirilgan tugma yaratadi. Bunday tugmalar ko'proq maxsus dialogli oynalarda qo'llaniladi. Bu tugma yaratish uchun TButton tugmasiga yangi xususiyatlar qo'shilgan. Masalan, Kind -tugmaning standart ko'rinishlari xususiyati, Glyph - bitli tasvirlarni chaqirish xususiyati (4.1.2-rasm). TSpeedButton -Tezkor murojaat tugmasi. Odatda bu tugma formada rasmli tugma yaratish va faqatgini sichqoncha yordamida ishlash uchun yaratiladi. TMaskEdit -Qolip bo'yicha ma'lumotlarni kiritish uchun bir qatorli taxrirlash darchasini yaratadi. TStringGrid - Satrlarning ikki o'lchamli jadvali. Ushbu komponentaga tegishli barcha xususiyatlarning nomlari va vazifalari bo'lib, siz ulardan dasturni loyihalash bosqichida to'la foydalanishingiz mumkin. Simvolli ketma-ketliklar bilan bog'liq barcha obyektlar kerakli obyektga murojaat qilish imkonini beradigan Objects xususiyatida mujassam bo'lgan. Dastur bajarilish paytida simvolli ketma-ketliklar va setka ustunining ular bilan bog'liq obyektlari Cols xususiyati bilan adreslanadi. Rows xususiyati setka satrlari bilan xuddi shunday ish tutish imkonini beradi. Setkaning barcha simvolli ketma-ketliklari setkaning kerakli uyasini adreslaydigan (manzillaydigan) Cells xususiyatida mujassamdir. TDrawGrid - Rasm joylashtirish mumkin bo'lgan jadval. Tuzilma holiga keltirilgan grafik ma'lumotlarni satrlar yoki ustunlar bo'yicha aks ettirish uchun muntazam setka yaratadi. RowCount va ColCount xususiyatlari vertikal bo'yicha va gorizontal bo'yicha setka uyalarining sonini belgilaydi. Options xususiyatining qiymatlari setkaning turi (masalan, ustunlar orasida ajratuvchichiziqlarga ega bo'lgan setka turi) va uning xulq-atvorini (masalan, ustundan ustunga Tab klavishasi bo'ylab o'tish) o'zgartirish imkonini beradi. Setkadagi ajratish chiziqlarining eng GridLineWidth xususiyatli tomonidan belgilanadi, aylantirish chiziqchalari esa ScrollBars xususiyati tomonidan qo'shiladi. FixedCols va FixedRows xususiyatlari ustunlar va satrlarning aylantirilishini taqiqlab qo'yish imkonini beradi, FixedColor xususiyati esa barcha ustun va satrlarga malum rang beradi. TImage - Grafik shakl joylashtiriladigan soha. Shaklda grafik tasvir konteynerini yaratadi (bu bit ko'rinishdagi fayllar, piktogramma yoki metafayllar bo'lishi mumkin). Tasvirlar fayllari muharririning darsasi Picture xususiyati qiymatlari grafasidagi tugma bilan ochiladi. Konteyner o'z o'lchamlarini tasvirni to'liq sig'diradigan qilib o'zgartirishi uchun, AutoSize xususiyatigatrue ga o'rnating. Kichikroq o'lchamdagi dastlabgi tasvir butun formaga cho'zilib ketishi uchun, Stretch xususiyatiga true qiymatini o'rnating. Tasvirlar fayllarining dinamik yuklanishi va saqlanishi uchun, Picture obyekt xususiyatining LoadFromLile va SaveToFile uslublaridan quyida keltirilgan dastur kodidan foydalaning: Image-Picture-LoadFromFile(«»); Image-Picture-SaveToFile(«»); TShape - Standart geometrik shakllar. Aylana va ellips, kvadrat va to'g'ri to'rtburchak (burchaklarini yumaloqlash mumkin) kabi oddiy geometrik shakllarning rasmini ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 129.06 KB
Ko'rishlar soni 91 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:00 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 129.06 KB
Ko'rishlar soni 91 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga