Adobe PageMaker dasturi

Adobe PageMaker dasturi

O'quvchilarga / Informatika va AT
Adobe PageMaker dasturi - rasmi

Material tavsifi

Adobe PageMaker dasturida ishlash Reja: Adobe PageMaker dasturining birinchi versiyasi Adobe PageMaker dasturi imkoniyatlari va turli formatdagi matnlarni hujjatga kiritish 1985 y. Adobe PageMaker dasturining birinchi versiyasi ishlab chiqilishi stolda nashriyot sistemasini boshqarishga asos solindi deyish mumkin. Uning oddiyligi, instrumentlarining tabiiyligi va keng imkoniyatlari ancha yillar davomida nashriyot bozorida lider bo'lib turishiga sabab bo'ldi. 90-yillar boshida u boshqa dastur - QuarkXPress ga o'rnini bo'shatib berayotgandi, ammo uning narhining nisbatan arzon bo'lishi va zamonaviy rangli nashrlarni ishlashda qo'layligi keyinchalik uning o'z pozitsiyasini tiklab olishga yordam berdi. Hozirgi vaqtda ishlayotgan nashriyotlarning faoliyatini Adobe kompaniyasining quyidagi mahsulotlaridan birisiz tasavvur qilish qiyin: asrobat, Photoshop, PageMaker, InDesign, FrameMaker, Illustrator, Streamline, TypeManager va h.k. Albatta, bazi verstka ishlarini amalga oshirish mumkin bo'lgan bazi tekst redaktorlari mavjud (Microsoft Word, Microsoft Write va h.k.). Mutaxassislarning fikricha bunday dasturlarda faqat tor doiradagi o'quvchilar uchun mo'ljallangan katta bo'lmagan hujjatlarni tayyorlash maqul, keng jamoatchilik uchun taqdim etiladigan materiallarni professional nashriyot dasturlarida amalga oshirish maqsadga muvoffiqdir. Har qalay, matnni tayyorlashda fikrimizcha, ayni vaqtda Microsoft Word dasturi eng qo'lay dasturdir. Demak, Adobe mahsulotlaridan foydalangan holda matn, surat va rasmni o'z ichiga oluvchi hujjat tayyorlamoqchi bo'lsak bizga kamida Adobe PageMaker, Adobe Photoshop, Adobe Illustrator va Microsoft Word dasturlarini ishlatish kerak bo'ladi. Adobe PageMaker dasturida ishlashni o'zlashtirishdan oldin tabiiyki Windows operatsion tizimi, matn va grafika bilan ishlovchi dasturlar funksiyalaridan xabardor bo'lishi kutiladi. Shuningdek, Adobe PageMaker dasturining Macintosh kompyuterida ishlash uchun mo'ljallangan varianti ham bor. Bu dastur versiyasi deyarli har yili yangilanib bormoqda va yangilangani sari uning funksiyalaridan foydalanish soddalashtirilmoqda. Adobe PageMaker dasturini ishga tushirishdan darhol tayyor shablonlarda ishlashni tavsiya etadi, agar siz yaratmoqchi bo'lgan hujjat (masalan, tashrif qog'ozi yoki byulleten) shablonlar orasida bo'lsa uni tahrir qilish sizga oson kechadi. Shablonlarda ko'rsatilgan hujjatlarga o'xshamagan boshqa hujjat tayyorlamoqchi bo'lsangiz unda ushbu oknoni yopib, yuqori menyudan File New komandasi orqali yangi hujjat tashkil etishingiz mumkin. Bu tugmani bosganigizda ekranda Document Setup (hujjat parametrlari) muloqot oynasi paydo bo'ladi. (1-rasmni qarang). Bu oyna elementlari yordamida hujjat sahifalarining soni, o'lchamining qiymatlari kiritiladi. Target output resolution (Bosib chiqarilish razresheniesi) odatda 300-600 oralig'ida bo'ladi, agar siz rangli printer ishlatayotgan bo'lsangiz bu qiymat 2450 ga teng bo'lishi mumkin. Hujjat tayyorlashdan oldin uning qanday printer uchun moslanayotganligini Compose to printer (Printerga mo'ljalla) optsiyasidan foydalanish maqsadga muvoffiqdir. Chunki, tayyorlanayotgan hujjatdagi parametrlar malum printer uchun moslanishi va agar printer o'zgarsa hujjat tarkibida ham bazi o'zgarishlarning yuz berishi kuzatiladi. Oknodagi barcha parametrlarni moslab olgandan so'ng OK knopkasi bosiladi va yangi sahifa ochiladi. Har qanday hujjatni tayyorlashdan oldin Adobe ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 39.63 KB
Ko'rishlar soni 106 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:01 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 39.63 KB
Ko'rishlar soni 106 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga