Agrar ishlab chiqarish. Infratuzilma

Agrar ishlab chiqarish. Infratuzilma

O'quvchilarga / Informatika va AT
Agrar ishlab chiqarish. Infratuzilma - rasmi

Material tavsifi

Agrar ishlab chiqarish. Infratuzilma Reja: Ma'lumki, agrosanoat majmuasining 4-sohasi infratuzilmadir. Infratuzilma iqtisodiy fan tomonidan asosan ikki qismga bo'lib o'rganiladi. Birinchi qismga ishlab chiqarish infratuzilmasi kiradi. Ishlab chiqarish infratuzilmasi agrosanoat majmuasining eng zarur qismi bo'lib, ishlab chiqarishning samaradorligi ko'p jihatdan uning mavjudligi va bir me'yorda faoliyat ko'rsatishiga bog'liq. Agrosanoat majmuasi ishlab chiqarish infratuzilmasining mohiyati, tarkibi Infratuzilmaning o'ziga xosligi shundaki, bir xizmat turining o'zi paytda ishlab chiqarish infratizilmasi hamda ijtimoiy infratuzilma bo'lishi mumkin. Masalan, yo'llar ishlab chiqarishga xizmat qilish paytida ishlab chiqarish infratuzilmasi hisoblanadi. Lekin ular aholining ehtiyojlari uchun barchaga beminnat bir xilda xizmat ko'rsatadigan ijtimoiy xizmat turi hamdir. Shu sababdan yo'llar ijtimoiy infratuzilmaga ham kiradi. Shungdek, aloqa va transport tizimlari ham ishlab chiqarish yoki ijtimoiy infratuzilma bo'lishi mumkin. Keyingi yillarda umumiy taraqqiyot natijasida agrosanoat majmuasi infratuzilmasi ham rivojlanib, kengayib bormoqda. Bu, o'z navbatida, agrosanoat majmuasiga kiruvchi barcha tarmoqlarni bir-biriga yanada yaqinlashtiradi. Mamlakat agrosanoat majmuasi ishlab chiqarish infratuzilmasi juda katta ahamiyatga ega. Chunki ishlab chiqarish infratuzilmasisiz agrosanoat majmuasida mo'tadil faoliyat yuritish mumkin emas. Ishlab chiqarish infratuzilmasi agrosanoat majmuasida ishlab chiqarishning uzliksiz tashkil etilishni ta'minlaydi. Agarda har bir korxona barcha ish va xizmatlarini o'zi bajarishga harakat qilsa , bu juda qimmatga tushadi. Ko'p holatlarda buni amalga oshirish mumkin ham emas. Agrosanoat majmuasi ishlab chiqarish infratuzilmasining ahamiyati, iqtisodiyotdagi o'rni va hozirgi holati Masalan, qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishni tashkil etish uchun urug'lik, yoqilgi - moylash materallari, mineral o'g'itlar, turi kimyo mahsulotlari, dori dormonlar, elektr, suv ta'minoti, kadrilar yetishtirish, aloqa xizmatlari ko'rsatish, xo'jalikda mavjud texnikalarni ta'mirlash ishlari va boshqalarni olaylik. Bu ish va xizmat turlarini bir xo'jalik bajarishi uchun qanchadan qancha mutaxassis, transport, texnikalar va boshqa resurslar kerak. Bular uchun xo'jalikda na mutaxassislar, na moliyaviy resurslar yetarli. Agrosanoat majmuasi ishlab chiqarish infratuzilmasini keskin rivojlantirish bugungi kun zaruratidir. Agrosanoat majmuasi ishlab chiqarish infratuzilmasi quydagi yo'nalishlarda rivojlantirilishi lozim: Agrosanoat majmuasiga kiruvchi tarmoqlarga xizmat ko'rsatadigan tarmoq va xizmatlarning turlarini ko'paytirish. Xizmat bozorida raqobat muhitini rivojlantirish agrosanoat majmuasi ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirishning boshqa bir yo'nalishidir. Bu eng katta ahamiyatga ega yo'nalishlardan biridir. Raqobatning bo'lmasligi ko'rsatilyotgan xizmatlar narxning yuqori bo'lishini ta'minmoqda. Xizmat ko'rsatish sohasida katta imkoniyatlar xo'jaliklarning o'zlari tomonidan birgalikda tashkil etiladigan ittifoqlardadir. Masalan, texnikadan birgalikda foydalanish ittifoqlarini tashkil etish masalasi natijalar berishi mumkinligiga qarmasdan bu soha rivojlangan emas. Agrosanoat majmuasi ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish yo'nalishlari Agrosanoat majmuasi infratuzilmasining shakllanishi, uning tarkibi, rivojlanganlik darajasi juda ko'p omillarga bog'liq. Jumladan, ishlab chiqarish korxonalarining ixtisoslashganligi, yerlarning relyefi, shaharlardan uzoq yoki yaqin joylashganligi, yirik transport uzellariga yaqinligi yoki uzoqligi va boshqalar infratuzilmaning nimaladan tashkil ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.07 MB
Ko'rishlar soni 84 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:01 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.07 MB
Ko'rishlar soni 84 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga