Akademik litseylarda MathCAD dasturi imkoniyatlaridan foydalanish

Akademik litseylarda MathCAD dasturi imkoniyatlaridan foydalanish

O'quvchilarga / Informatika va AT
Akademik litseylarda MathCAD dasturi imkoniyatlaridan foydalanish - rasmi

Material tavsifi

Akademik litseylarda MathCAD dasturi imkoniyatlaridan foydalanish Mundarija Kirish……3 1.1. Mathcad dasturini o'rnatish va sozlash……7 1.2 Mathcad dasturida oddiy hisoblashlar……11 2.1. Tenglama va tenglamalar sistemasini yechish……23 2.2 . Ifodalarni soddalashtirish……38 2.3.Hosila, integrallarni limitlarini hisoblash…….…….43 2.4. Mathcadda dasturlash…….……47 58 Xotima……59 Foydalanilgan adabiyotlar……61 KIRISH Hozirgi kunda Kompyuter texnologiyalari kirib bormagan soha deyarli uchramaydi. Kompyuter texnologiyalardan nafaqat hisoblash ishlarini olib borish uchun emas, balki, hayotga tadbiq qilinadigan elektron darsliklar, rasm va video tasmalarni qayta ishlovchi, katta hajmli ma'lumotlarni o'zida saqlovchi dasturlar yaratish uchun ham foydalaniladi.So'ngi yillarda kompyuter va uning dasturiy ta'minotiga bo'lgan talab va qiziqishlar ortib bormoqda. Bu esa o'z navbatida dasturchidan katta izlanish va mahoratni talab qiladi. Prezidentimiz I. A. Karimovning Yoshlarimiz bizdan ko'ra kuchli bilimli dono va albatta baxtli bo'lishlari kerak ,O'zbekiston kelajagi yoshlar qo'lida degan so'zlari va 2008 - yilning Yoshlar yili deb belgilaganlari, yoshlarga bo'lgan e'tiborni va katta ishonchni ko'rsatadi. Biz yoshlar o'z navbatida bunday ishonchni oqlashga va komillik sari intilishga harakat qilamiz. Prezident I.A.Karimov tashabbusi bilan qabul qilingan Ta'lim to'g'risidagi qonun va kadrlar tayyorlash milliy dasturi ta'limning yangi milliy modelini yaratilishiga asos bo'ldi. Milliy modelning asosiy maqsadi ta'lim sohasini isloh qilish , mutaxassislar tayyorlashning yangi tizimini joriy etish va ta'lim sifatini hozirgi zamon talablari darajasiga ko'tarishdir. Ushbu maqsadni bitta qonun yoki farmonlar bilan amalga oshirib bo'lmaydi. U mashaqqatli mehnat va izlanishlarni talab qiladi. Ta'lim sifatini oshirish bugungi kunning asosiy vazifalaridan biridir. Chunki bugungi kunda insoniyat rivojlanishi shunday bosqichga yetib bordiki, bu bosqichda inson aql-zakovati, bilimi va uning mutaxassis sifatidagi malakasi hal qiluvchi ro'l o'ynaydigan bo'lib qoldi. Ta'lim sifatini oshirish o'quv dargohlarini zamonaviy o'quv rejalari, dasturlar, o'quv jihozlari bilan ta'minlash, yangi darsliklar va qo'llanmalarni yaratish, ilg'or pedagogik texnologiyalarni joriy etishni taqazo etadi. Albatta, jihozlar, darsliklar, texnologiyalar ham ushbu vazifani to'liq bajarilishiga olib kela olmaydi. Chunki ta'lim sifati ko'p jihatdan ta'lim beruvchining shaxsiga va malakasiga bog'liqdir. Ta'lim jarayonini tashkil etish, uni yetarli materiallar bilan ta'minlash, o'quv jihozlaridan maqsadli foydalanish, o'quvchi fikrini darsga doimiy jalb etish o'qituvchidan katta mahorat, bilim va ko'nikma talab etadi. Yangi axborot - kommunikatsion texnologiyalari hozirgi vaqtda eng dolzarb mavzulardan biri bo'lib kelmoqda, sababi har bir sohani o'rganish, izlanish va tajriba orttirish uchun turli usullardan foydalanish kerak bo'ladi. Shuning uchun yangi axborot - kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish maqsadga muvoffiqdir. Hozirgi zamon mutaxasislari, faoliyat doiralari qanday bo'lishidan qat'iy nazar informatika bo'yicha keng ko'lamdagi bilimlarga, zamonaviy hisoblash texnikasi, informatsion aloqa va kommunikatsiya tizimlari, orgtexnika vositalari va ulardan foydalanish borasida yetarli malakalarga ega bo'lishi, hamda yangi information texnika va texnologiya asoslarini ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 1.53 MB
Ko'rishlar soni 72 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:01 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 1.53 MB
Ko'rishlar soni 72 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga