AKTni ta'limda qo'llanilishi konsepsiyalari

AKTni ta'limda qo'llanilishi konsepsiyalari

O'quvchilarga / Informatika va AT
AKTni ta'limda qo'llanilishi konsepsiyalari - rasmi

Material tavsifi

AKTni ta'limda qo'llanilishi konsepsiyalari Reja: Kursning maqsadi va vazifalari. Ta'lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo'llashning zamonaviy tendensiyalari, ilg'or texnologiyalari tavsifi va rivojlanish omillari. Ta'lim jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo'llash borasidagi dolzarb vazifalar va ustuvor yo'nalishlar. Tayanch so'z va iboralar: AKT, axborot texnologiya, texnologiya, zamonaviy tendensiyalar, ilg'or texnologiyalar. Axborot texnologiyalari axbobortni olish, qayta ishlash va tarqatish jarayoni bo'lib, bu jarayonda inson resurslari va texnik resurslar qatnashadi. Agar bir qism odamlar axborotni tarqatsa, ikkinchi qismi uni oladi. Bu jarayonda axborotni olish, qayta ishlash va tarqatishda turli texnik resurslar: kompyuter, mobil telefon, elektron doska, proeksion tizimlar, turli uskunalar qo'llaniladi. Axborotlarni olish va tarqatish uchun maxsus kompyuter dasturlarida ishlashni bilishni davr taqozo etmoqda, electron pochta, modem, internet orqali ma'lumotlni tez olish va javo olish mumkin. Axorot kommunkatsion texnologiyalar deganda, raqamli, mobil, multimediali, masofaviy, internet texnologiyalarini va ularni qo'lash uchun audiovideo kommunikatsion vositalarni: televizor, elektron doska, mobil telefonlar va boshqalarni tushunamiz. Kompyuterda, smart texnologiyalarida yoki mobil telefonlrda maxsus kompyuter dasturlarini bilish zaruriy hisoblanadi. Axborot texnologiyalari fani axorotlarni olish, yig'ish, qayta ishlash va tarqatish uchun kerakli dasturiy vositalarni o'rgatishni va on-layn hamda off-layn tizimlarida ishlaydigan dasturiy vositalarni hamda instrumental dasturlarni o'rgatishni maqsad qilib olgan. Axborot texnologiyalari fanining asosiy vazifasi zamonaviy yoshlarni, bo'lajak kadrlarni zamonaviy axborot texnologiyalaridan o'z mutaxassisligida foydalanishga o'rgatishdan iborat. Bo'lajak ingliz tili mutaxassislari kelajakda tilni o'rgatishlarida va o'qish davrida o'zlari o'rganishlarida on-layn ta'lim resurslaridan, dasturiy vositalardan hamda til o'rgatuvchi saytlardan, tarjimon kompyuter dasturlardan, mobil ilovalardan hamda tarjimon dasturlardan foydalanish maqsadga muvofiq. O'zbekistonda jamiyatni axborotlashtirish, elektron davlatni joriy etish va rivojlantirish, yoshlarni til o'rganish masalalariga jiddiy qarash, bo'lajak mutaxassislarni axborot texnologiyalarida ishlashini ta'minlashga, til o'rganishga bo'lgan talablar Axborot texnologiyalari fanini o'qitishni dolzarbligini belgilaydi. Mamlakatimizda jamiyatni axborotlashtirishga, barcha sohalarni shaffof ishlashini ta'minlashga katta e'tibor berilmoqda, buning uchun xar bir sohaga axborot texnologiyalarini qo'llash, ijobiy samara beradi. Mamlakatdagi huquq organlarini va boshqa sohalarini yuqori samarada ishlashini ta'minlashda davlatimiz tomomnidan turli chora-tadbirlar o'tkazilmoqda. Bu sohada O'zbekiston Prezidenti SH.M.Mirziyaevning matbuot va parlament a'zolariga oldida so'zlagan nutqlarining mazmuni isbot tariqasida keltirilishi mumkin. Texnologiya so'zi texnos-mahorat, san'at - logos-olib borish, ma'nolariga ega bo'lib, bu tushunchani biz ta'limga nisbatan qo'llasak, ta'limni san'at darajasida olib borish degan ma'nolarga egadir. Axborot texnologiya- bu axborotlarni olish, qayta ishlash va tarqatishda inson resurslari va audiokommunikatsion texnologiyalar qatnashuvchi jarayondir. Bu jarayonda insonlar qatnashadi va zamonaviy texnik vositalaridan foydalanishadi. Bu terminni biz ta'lim jarayoniga ham qo'llashimiz mumkin. Ya'ni axborot texnologiyalari muhitida fanlarni o'qitish samarali natija beradi. An'anaviy o'qitish tizimi orqali amalga oshirib bo'lmaydigan jarayonlarni biz kompyuter dasturlari, zamonaviy texnik vositalar ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 146.94 KB
Ko'rishlar soni 89 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:01 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 146.94 KB
Ko'rishlar soni 89 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga