Algoritm turlari, xossalari, berilish usullari. Algoritm blok sxema shaklida berilish usuli

Algoritm turlari, xossalari, berilish usullari. Algoritm blok sxema shaklida berilish usuli

O'quvchilarga / Informatika va AT
Algoritm turlari, xossalari, berilish usullari. Algoritm blok sxema shaklida berilish usuli - rasmi

Material tavsifi

Algoritm turlari, xossalari, berilish usullari ALGORITM BLOK SXEMA SHAKLIDA BERILISH USULI Algoritm tushunchasi ta'riflanmaydigan asosiy tushuncha bo'lib, uning mazmunini quyidagicha tushuntirish mumkin. Algoritm deb, qo'yilgan masalani yechish uchun ma'lum qoidaga binoan bajariladigan amallarning chekli qadamlar ketma-ketligiga aytiladi. Algoritm Muhammad Ibn Muso Al-Xorazmiy- (taxminan 783- 850-yillar) asli Xiva shahridan bo'Iib, matematika. astronomiya, geografiya va boshqa fanlar sohasida barakali ijod qildi hamda aljabr (algebra) fani va algoritm tushunchasiga asos soldi. Algebra so'zining o'zi esa uning Kitab al-Jabr val-muqobala (Tiklash va qiyoslash kitobi) degan risolasi nomidan olingan. Algoritm so'zi al-Xorazmiyning arifmetikaga bag'ishlangan asarining dastlabki betidagi DIXIT ALGORITMI (DEDIKI - al-Xorazmiyning lotincha ifodasi) degan jumlalardan kelib chiqqan desa bo'ladi. Algoritmning berilish usullari Olimlarning izchil faoliyatlariga qaramay, Algoritm tushunchasiga bitta konkret ta'rif berishning imkoni bo'lmadi. Algoritmlar nazariyasida algoritmning turli formal ta'riflari kiritilgan bo'lib, ularning ekvivalentligi isbotlangan. A.N. Kolmogorov ta'rifi.Algoritm - bu qo'yilgan masala natijasiga qandaydir sondagi qadamlardan keyin olib keluvchi ma'lum qoidalar bo'yicha bajariluvchi har qanday hisoblash tizimi. A.A. Markov ta'rifi. Algoritm - bu boshlang'ich berilganlardan izlangan natijaga olib keluvchi hisoblash jarayonini aniqlovchi aniq ko'rsatmalardir. Algoritm xossalari Aniqlik va tushunarlilik - deganda algoritmda ijrochiga berilayotgan ko'rsatmalar aniq mazmunda bo'lishi tushuniladi. Chunki ko'rsatmalardagi noaniqliklar mo'ljallangan maqsadga erishishga olib kelmaydi. Ijrochiga tavsiya etiladigan ko'rsatmalar tushunarli mazmunda bolishi shart, aks holda ijrochi uni bajara olmaydi. Ommaviylik -deganda har bir algoritm mazmuniga ko'ra bir turdagi masalalarning barchasi uchun ham o'rinli bo'lishi, ya'ni umumiy bo'lishi tushuniladi. Algoritm xossalari Diskretlik -deganda algoritmlarni chekli qadamlardan tashkil qilib bo'laklash imkoniyati tushuniladi. Natijaviylik -deganda algoritmda chekli qadamlardan so'ng albatta natija bo'lishi tushuniladi. Algoritm turlari Chiziqli algoritm -deb hech qanday shartsiz faqat ketma-ket bajariladigan jarayonlarga aytiladi. Tarmoqlanuvchi algoritm -deb shartlarga muvofiq bajariladigan ko'rsatmalardan tuzilgan algoritmga aytiladi. Takrorlanuvchi algoritm -deb biron bir shart tekshirilishi yoki biron parametrning har xil qiymatlari asosida algoritmda takrorlanish yuz beradigan jarayonlarga aytiladi. Algoritm turlari Foydalanilgan adabiyotlar Aripov M.,Haydarov A. Informatika asoslari, O'quv qo'llanma,Toshkent, O'qituvchi 2002y. A.AbduQodirov va boshqalar. Informatika (qisqacha kurs), T - 2002 http:ww.ziyonet.o'z- axborot resurslari Xamedova N.A, Ibragimova Z, Tasetov T. Matematika. Darslik. T.: Turon-iqbol, 2007. 363b. http:ww.tsue.fan.o'z TDIU Veb - sayti ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 392.58 KB
Ko'rishlar soni 108 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:02 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 392.58 KB
Ko'rishlar soni 108 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga