Algoritm. Algoritmik til Reja: 1. Algoritm va unga qo'yiladigan talablar Algoritmlarning berilish usullari 3. Algoritmik til haqida qisqa ma'lumot 1. ALGORITM VA UNGA QO'YILADIGAN TALABLAR Inson butun hayoti davomida algoritmlar ichida yashaydi, lekin buni u odatda sezmaydi. U dunyoga kelishidan tortib, to dunyodan ketishigacha bo'lgan faoliyati davomida o'z oldiga doim qandaydir masalalar qo'yadi, bu masalalarni echishning yo'l-yo'riqlarini qidiradi. Natijada ma'lum bir qonun-qoidalarni o'ylab topadi, belgilangan tartibda ularni bajarib, ko'zlagan natijasiga erishadi. Agar ana shu qonun-qoidalarni ixtiyoriy odam ko'rsatilgan tartibda bajarishga muvafaq bo'lsa, u ham ana shu natijalarga erishishi, tartib buzib bajarganda esa olingan natija uni qanoatlantirmasligi mumkin. Qandaydir maqsadga erishish yo'lida belgilangan amallar ketma-ketligini bajarayotgan inson yoki texnik vositani ijrochi deb ataymiz. Ta'rif: Algoritm deb qo'yilgan masalani to'la hal uchun ijrochining bajarishi lozim bo'lgan amallar ketma-ketligining qat'iy tartibiga aytiladi. 1-misol: CHoy damlash algoritmi. Bu masalani hal qilish uchun keragicha qaynab turgan suv, quruq choy hamda 1 litrli choynak berilgan deb hisoblaymiz. 1. CHoynakni chaying. CHoynakka 5 gramm quruq choy soling. 3. CHoynakni qaynab turgan suv bilan to'ldiring. 4 CHoynakning qopqog'ini yoping. 5. CHoynakni o't ustiga qo'yib, 5 minut dam bering. 6. CHoy tayyor. 2-misol. Ko'chani xavfsiz kesib o'tish qoidasi. 1. Yo'lning chetiga kelib to'xtang. Yo'lning chap tomoniga qarang. 3. Agar chap tomonda transport vositalari yaqin kelib qolgan bo'lsa, o'tib ketguncha 8 4. CHap tomoningizda transport vositalari qolmagan bo'lsa, yo'lning o'rtasiga o'tib to'xtang. 5. Yo'lning o'ng tomoniga qarang. 6. Agar o'ng tomonda transport vositalari yaqin kelib qolgan bo'lsa, o'tib ketguncha kuting. 7. O'ng tomoningizda transport vositalari qolmagan bo'lsa, yo'lning qolgan qismini kesib o'ting. 1-misolda choy damlayotgan shaxs, 2-da esa yo'lni kesib o'tayotgan shaxs ijrochi hisoblanadi. SHuningdek, ixtiyoriy dorilarni tayyorlash yo'llari, ovqatlarni tayyorlash usullari, xakim belgilagan dorilarni iste'mol qilish, bankomyotdan pul olish kabi amallarni algoritm sifatida qabul qilish mumkin. Algoritmlarga turli fan sohalaridagi masalalarni Yechish yo'llari ham kiradi. 3-misol: 20x y = ni 5 ta amal yordamida hisoblang. 1 x x а * : 1 = 2x hisoblandi 2 1 * 1 : a a a = 4x hisoblandi 3 2 * 2 : 3 a a a = 8x hisoblandi 4 3 * 3 : 4 a a a = 16 x hisoblandi 5 2 * 4 : a a y = 20x hisoblandi Algoritmlarga quyidagi talablar qo'yiladi : 1.Boshlanishi va tugashi ko'rsatilishi kerak. Har qanday amal buyruq tarzida ifodalanishi shart. 3. Har bir amal ijrochiga tushunarli bo'lgan ko'rinishda ifodalangan bo'lishi shart. 4. Har bir amalda qatnashayotgan o'zgaruvchilarning qiymatlari oldindan aniqlangan ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 15:53:55
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.35 KB
Ko'rishlar soni
99 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:02
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 15:53 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.35 KB
Ko'rishlar soni
99 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:02 ]
Arxiv ichida: doc