Algoritmik tillar va ularda programmalashtirish

Algoritmik tillar va ularda programmalashtirish

O'quvchilarga / Informatika va AT
Algoritmik tillar va ularda programmalashtirish - rasmi

Material tavsifi

Algoritmik tillar va ularda programmalashtirish Reja: Programmalashtirish tillarining tasnifi. Programmalashtirish sistemalari haqida tushuncha. Algoritmik tilning asosiy elementlari va tushunchasi. Tilning alifbosi, identifikatorlar, ma'lumot turlari, o'zgaruvchilar, konstantalar. Algoritmik tilning asosiy operatorlari. Programma tuzish usullari. Programmalashtirish tillarining tasnifi. Programmalashtirish tillari deganda nimani tushunasiz? Ular foydalanuvchi uchun qanday imkoniyatlar yaratadi? Programma tillarining qaysi turlari o'rgangansiz va ularning bir-biridan farqi nimada? Programma tillarini qanday asosiy guruhlarga bo'lish mumkin va bu nimaga asoslanib amalga oshiriladi? Yuqorida keltirilgan savollar va muammolar haqida biroz fikrlang va fikrlaringizni boshqalar bilan o'rtoqlashing. Hozirgi paytda yuzlab algoritmik tillar mavjud bo'lib, ularga Fortran, Algol, Kobol, RLI, Assembler, Paskal, SI, LISP, Beysik va boshqa ko'pgina tillarni misol qilib ko'rsatish mumkin. Bu algoritmik tillar universal programmalash tillari hisoblanib, ular injener-texnik, hisoblash, iqtisodiy va boshqa xarakterdagi ko'plab masalalarni yechishga, shuningdek ma'lumotlar to'plamini qayta ishlash, matnli axborotlarni tahlil qilish va shularga o'xshash boshqa ko'pgina masalalarni yechishga mo'ljallangandir. Masalalarni programmalash uchun EHMda programmalash tillari deb ataluvchi sun'iy tillar qo'llaniladi. Masalani yechishning ishlab chiqilgan algoritmi shu tillar yordamida bir manoli qilib va EHMda qabul qila oladigan formada tavsiflanadi. Hozirgi vaqtda programmalash tilini u yoki bu belgisi bo'yicha tavsiflash mumkin. Ishlatilish sohasiga ko'ra programmalash tillari universal, yani barcha sohalarda ham ishlatish mumkin bo'lgan tillar va malum soha yoki muammolarni yechishga mo'ljallangan tillarga bo'linadi. Universal tillarga yuqori darajadagi tillardan PLI, ADA, SI kabilar kirsa, ilmiy- texnika sohasida ishlatiladigan tillarga Fortran, Algol kabilar, iqtisodiy masalalarni yechishga esa Kobol, RPG, LISP, Prolog kabi tillar misol bo'ladi. Foydalanuvchilar saviyasiga ko'ra esa yuqori darajali va quyi darajali tillarga bo'linadi. Yuqori darajali tillar keng foydalanuvchilar ommasiga mo'ljallangan bo'lib, tabiiy tilga ancha yaqin va tushunarli bo'ladi. Bunday tillarga PLI, ADA, Beysik, Paskal, Kobol, RPG, Fortran kabilar misol bo'ladi. Quyi darajadagi tillar mashina tiliga yaqin bo'lib, bu tildan foydalanuvchi mashinaning tuzilishi bo'yicha malum darajadagi bilimga ega bo'lishi kerak. Quyi darajadagi til mashinaning imkoniyatlaridan to'laroq foydalanish imkonini berib, u operatsion sistemalar, translyator va kompilyatorlar yaratish hamda shu kabi murakkab programma vositalarini yaratishda ishlatiladi. Hozirgi vaqtda programmalash tilini u yoki bu belgisi bo'yicha tasniflash mumkin. Odatda, programmalash tilining EHMga ko'ra bog'liqlik darajasi bo'yicha klassifikatsiyalash eng umumiy hisoblanadi. Ushbu belgisiga ko'ra barcha tillar ikkita katta guruhga: mashinaga bog'liq va mashinaga bog'liq bo'lmagan tillarga bo'linadi. Programmalash tilining mashina tiliga yaqinligi darajasini ta'riflash uchun til darajasi tushunchasi qo'llaniladi. Darajasi 0 bo'lgan mashina tili darajalarni sanash boshi etib qabul qilingan. Odamning tabiiy tili eng yuqori darajadagi til deb qaraladi. Mnemokodlar birinchi darajadagi tillar hisoblanib, ular mashina tillariga eng yaqindir. Lekin mnemokod mashina ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 57.51 KB
Ko'rishlar soni 101 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:02 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 57.51 KB
Ko'rishlar soni 101 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga