Algoritmik tilning asosiy tarkibiy tuzilmalari. Beysik tili funksiyalari va operatorlari Reja: 1. Beysik algoritmik tili haqida tushunchalar va uning asosiy belgilari 2. Identifikator va o'zgaruvchilar 3. Standart funksiyalar va ifodalar 4. Dastur va operatorlar. 1. Hozirgi vaqtda Toshkent Avtomobil yo'llar instituti kafedralarida hozirgi zamon kompyuterlari bo'lmish PENTIUM II va IV sinfiga mansub kompyuterlardan o'quv jarayonida va ilmiy ishlarda keng foydalanilmoqda. Bu kompyuterlarda asosan Beysik algoritmik tili qo'llaniladi. Beysik tili EHMlardan foydalanib ishlash uchun mo'ljallangan yuqori saviyadagi dasturlash tillaridan biridir. Bu til universal va shu bilan birga juda sodda, uni osonlik bilan o'rganish mumkin. Uning soddaligi, har qaysi alohida bo'yruq mashina tili komandalarining butun bir ketma-ketligiga mos keladi. Natijada programma qisqa va lunda tuziladi. Beysik tili asoslari 1964 yilda Dartmut kollejida ishlab chiqildi va umumiy katta hisoblash tili sifatida shakllantirildi. Beysik algoritmik tili (BASIC Beginners All-purpase Sumbolik Unstruction Code) Boshlovchilar uchun ko'p maqsadli simvolli instruktsiyalar tili degan ma'noni anglatadi. Beysik dasturlash tili kompyuterlarda eng ommaviylashgan dasturlash tillaridan biridir. Bu tilning keng ommaviylashuviga sabab uning soddaligi, bu tilni hamma kompyuterlarga joriy etishga qulayligi, inson bilan mashina o'rtasida dialog o'rnatishga yo'naltirilganligidadir. Bu til universal tildir. Uning yordamida ilmiy hamda iqtisodiy xarakterga ega bo'lgan masalalarni dasturlash, o'rgatuvchi va o'yin o'ynovchi dasturlarni tuzish mumkin. Beysik tili yuqorida aytib o'tilgan soddaligi, o'rganish osonligi va eng muhimi u injener texnik masalalar uchun mo'ljallangan bo'lib hozir keng qo'llaniladigan Fortran va Paskal tillarga yaqinligi bilan ham alohida o'rin tutadi. Hozirda EHMda tadbiqi jihatidan ommaviylashgan va eng ko'p ishlatiladigan tillardan biriga aylangandir. Har qanday algoritmik tilning alfaviti bo'lgani kabi Beysik tili ham o'z alfavitiga egadir. Uning alfaviti quyidagilardan iborat. 1. 26 ta lotin bosh harflari: A,B,C,D,E,F,G,W,I,J,K,L,M,N,O,P,R,Q,S,T,V,W,X,Y,Z. 2. O'nta o'nli raqamlar: 0,1,2,3,4,5,6,7,8,9. 3. To'rtta tinish 6elgilari: «.», «,», «;», «:». 4. Beshta arifmetik amal belgilar: (+), (-), (*), (), (^). 5. Oltita munosabat belgilari: (=), ( ), (), ( =), (=). 6. Maxsus belgilar (,), (), (%), ($), (?), (!), (^), (), (). 7. Maxsus so'zlar - operator, funksiyalar va hakozolar. Kirill harflari asosan ma'lumotlarni chiqarishda ishlatiladi. Beysik tilida 3 xil haqiqiy, butun va satr tipidagi (belgilardan iborat) o'zgarmaslar ishlatiladi. Haqiqiy o'zgarmaslar kasr hamda butun, bitta yoki bir nechta o'nli raqamlardan iborat bo'ladi. Bunda butun qism bilan kasr qismini ajratish uchun vergul o'rniga nuqta ishlatiladi. Butun o'zgarmaslar - bu o'nli raqamlar ketma-ketligi bo'lib, (%) -protsent belgisi bilan tugaydi. Satriy o'zgarmaslar (literal) - bu harf va raqamlar yoki maxsus belgilar majmuasidir. Satriy o'zgarmaslar har ikki tomonidan apostrof yoki ko'shtirnoq ichiga olib ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 15:53:55
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.29 KB
Ko'rishlar soni
79 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:02
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 15:53 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.29 KB
Ko'rishlar soni
79 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:02 ]
Arxiv ichida: doc