Algoritmlar Reja: Hisoblash eksperimenti. Algoritm tushunchasi Algoritmning asosiy xossalari Algoritmning tasvirlash usullari Chiziqli algoritmlar Tarmoqlanuvchi algoritmlar Takrorlanuvchi algoritmlar Ichma-ich joylashgan siklik algoritmlar Rekurrent algoritmlar. Takrorlanishlar soni nomalum bo'lgan algoritmlar Ketma-ket yaqinlashuvchi yoki iteratsion algoritmlar. Algoritm ijrosini tekshirish. Hisoblash eksperimenti. Odatda tabiat yoki jamiyatda uchraydigan turli muammo, masala yoki jarayonlarni o'rganishni EHM yordamida olib borish uchun, birinchi navbatda, qaralayotgan masala, jarayon - obyektning matematik ifodasi, yani matematik modelini ko'rish kerak bo'ladi. Qaralayotgan obyektning matematik modelini yaratish juda murakkab jarayon bo'lib, o'rganilayotgan obyektga qbog'liq ravishda turli soha mutaxassislarining ishtiroki talab etiladi. Umuman, biror masalani EHM yordamida yechishni quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin. rasm. Hisoblash eksperimentining sxemasi Misol sifatida, kosmik kemani yerdan Zuxro planetasiga eng optimal traektoriya bo'yicha uchirish masalasini xal qilish talab qilingan bo'lsin. Birinchi navbatda, qo'yilgan masala turli soha mutaxassislari tomonidan atroflicha o'rganilishi va bu jarayonni ifodalaydigan eng muhim - bo'lgan asosiy parametrlarni aniqlash kerak bo'ladi. Masalan, fizik-astronom-injener tomonidan, masala qo'yilishining o'rinli ekanligi, yani planetalar orasidagi masofa va atmosfera qatlamlarining ta'siri, yer tortish kuchini engib o'tish va kemaning og'irligi, zarur bo'lgan yoqilg'ining optimal miqdori va kosmik kemani qurishda qanday materiallardan foydalanish zarurligi, inson sog'lig'iga ta'siri va sarflanadigan vaqt va yana turli tuman ta'sirlarni hisobga olgan holda shu masalaning matematik modelini tuzish zarur bo'ladi. Zikr etilgan ta'sirlarni va fizikaning qonunlarini hisobga olgan holda bu masalani ifodalaydigan birorta differensial yoki boshqa ko'rinishdagi modellovchi tenglama hosil qilish mumkin bo'ladi. Balki, bu masalani bir nechta alohida masalalarga bo'lib o'rganish maqsadga muvofiqdir. Bu matematik modelni o'rganish asosida bu masalani ijobiy yechish yoki hozirgi zamon tsiviliziyatsiyasi bu masalani yechishga qodir emas degan xulosaga xam kelish mumkin. Bu fikrlar, yuqorida keltirilgan jadvalning 2 blokiga mos keladi. Faraz qilaylik biz matematik modelni qurdik. Endi uni EHM da yechish masalasi tug'iladi. Bizga Malumki, EHM faqat 0 va 1 diskret qiymatlar va ular ustida arifmetik va mantiqiy amallarni bajara oladi xolos. Shuning uchun matematik modelga mos diskret modelni qurish zaruriyati tug'iladi (1-rasm, 3-blok). Odatda, matematik modellarga mos keluvchi diskret modellar ko'p nomalumli murakkab chiziqsiz algebraik tenglamalar sistemasi (chekli ayirmali tenglamalar-sxemalar) ko'rinishida bo'ladi(4-blok). Endi hosil bo'lgan diskret modelni sonli yechish usulini-algoritmini yaratish zarur bo'ladi. Algoritm esa tuziladigan programma uchun asos bo'ladi. Odatda, tuzilgan programmani ishchi holatga keltirish uchun programmaning xato va kamchiliklarini tuzatish - sozlash zarur bo'ladi. Olingan sonli natijalar hali programmaning to'g'ri ishlayotganligi kafolatini bermaydi. Shuning uchun olingan natijalarni masalaning mohiyatidan kelib chiqqan holda analiz qilish kerak bo'ladi. Agar olingan natija o'rganilayotgan jarayonni ifodalamasa, masalani 1-rasmdagi sxema asosida qaytadan ko'rib chiqish va ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 15:53:55
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
385.28 KB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:03
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 15:53 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
385.28 KB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:03 ]
Arxiv ichida: doc