Algoritmlarni grafik ifodalash vositalari

Algoritmlarni grafik ifodalash vositalari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Algoritmlarni grafik ifodalash vositalari - rasmi

Material tavsifi

ALGORITMLARNI GRAFIK IFODALSH VOSITALARI Reja: Chiziqli hisoblash jarayonlari Tarmoqlangan hisoblash jarayonlari Davriy hisoblash jarayonlari Tayanch so'z va iboralar: Chiziqli, tarmoqlangan, davriy hisoblash jarayonlari Chiziqli tuzilishdagi algoritm Chiziqli tuzilishdagi algoritmlar umuman mantiqiy shartlarni o'z ichiga olmagan bo'lib, har bir qadam bir marotaba va ketma-ket bajariladi Bu yerda A1, A2, , An ketma-ket bajariladi va algoritm o'z ishini tugatadi. Tarmoqlanuvchi tuzilishdagi algoritm Tarmoqlanuvchi tuzilishdagi algoritmlarda kamida bitta mantiqiy shart bo'lishi kerak. Ushbu shartning qiymati bajarilishi lozim bo'lgan ketma-ketlikni o'zgartirishi mumkin bo'ladi. Masalan Ushbu algoritmda agarda 1-shart bajarilsa A1,A2,A5 qadamlar bajariladi. Agarda 1-shart bajarilmasa va 2-shart bajarilsa bu holda A3 va A5 qadamlar bajariladi. Agarda 1 va 2-shartlar bajarilmasa bu holda A4 va A5 qadamlar bajariladi. Takrorlanuvchi tuzilishdagi algoritm Ba'zi-bir algoritmlarda bajarilishi lozim bo'lgan qadamlar takrorlanishi talab qilinadi. Ushbu jarayon sikl deb ataladi va bevosita ma'lum-bir shartni bajarilishi bilan bog'lanadi. Ya'ni agar shart bajarilsa hisoblash jarayoni takrorlanadi aks holda sikl tugatiladi. Keltirilgan a) va b) variantlarda sikllar bir-biridan tubdan farq qiladi. Chunki a) variantida shart bajarilgan holatda A bandi bajariladi, aks holda ushbu band umuman bajarilmaydi. Ikkinchi sikl b) variantida esa, shartning qiymati qanday bo'lishidan qat'iy nazar, kamida bir marotaba A bandi bajariladi. Ushbu ko'rinishdagi takrorlanuvchi algoritmlar iteratsion algoritmlar deb ataladi. Misol sifatida Yevklid algoritmini to'liq keltiramiz. Lekin ba'zida takrorlanuvchi tarkibni maxsus sikl yasovchilar yordamida tuzilishi mumkin va undagi qadamlar sonini aniqlash mumkin bo'ladi. Bu yerda keltirilgan A bandi siklning sarlavhasi deb atalmish parametrlarga bog'liq bo'ladi, ya'ni i=k,m,n larga. Masalan i=1,10,1 bo'lsa A qadami 10 marta bajarilgan bo'ladi. Ushbu ko'rinishdagi takrorlanuvchi algoritmlar esa siklik algoritmlar deb ataladi. Ba'zida cheksiz ko'rinishdagi algoritmlardan foydalanish ehtiyoji paydo bo'ladi. Ushbu ko'rinishlagi algoritmlarni, masalan, quyidagi yaratish mumkin. Bu yerda keltirilgan 1-shart, ya'ni 10 doimo bajariladi, shundan so'ng A qadami bajarilib, 2-shartga o'tiladi. Ushbu 2-shartda jarayondan chikib ketish albatta bo'lishi kerak, aks holda jarayon cheksiz bajariladi va bu algoritmni noto'g'ri tuzilganidan dalolat beradi. Yana bu yerda B band umuman bajarilmaydi. Siklik algoritmlarda ham cheksiz jarayonni yaratish mumkin. Lekin xulosa qilib shuni ta'kidlash zarurki, har qanday cheksiz jarayondan albatta undan chiqish usuli bo'lishi shart. Takrorlanuvchi algoritmlarning ya'ni bir xususiyati mavjud, bu ham bo'lsa ularning bir-biriga nisbatan joylashuvi. Masalan bizga 2 ta takrorlanuvchi algoritmlar berilgan va ularni sxematik ravishda quyidagicha tasvirlaymiz Bu yerda keltirilgan variantlardan 1- va 3-rasmlarda keltirilgan algoritmlarga o'rin bor. 2-rasmda keltirilgan algoritm, ya'ni ikki sikl bir-biri bilan kesishganda, ushbu holat xatoga olib keladi. Yuqorida keltirilgan misollardan shunday xulosa qilish mumkin. Har qanday takrorlanuvchi, ya'ni siklik algoritmlar bitta kirish ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 599.82 KB
Ko'rishlar soni 91 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:03 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 599.82 KB
Ko'rishlar soni 91 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga