Algoritmlash va dasturlashtirish asoslari

Algoritmlash va dasturlashtirish asoslari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Algoritmlash va dasturlashtirish asoslari - rasmi

Material tavsifi

Reja: Algoritm va uning xossalari. Dastur va dasturlashtirish. Dasturlashtirish tillari. Vizual dasturlashtirish va uning insturmentlari. Algoritm va uning xossalari. Kompyuter malum bir vazifani bajarishi uchun, avvalo hisoblash algoritmini ishlab chiqish zarur. Algoritm - bir tipdagi masalalarni yechishda ishlatiladigan amallar sistemasining muayyan tartibda bajarilishining aniq qoidasidir. Algoritm iborasi buyuk o'zbek olimi matematik Muhammad al-Xorazmiy nomidan olingan bo'lib, u IX asrda o'nlik sanoq sistemasi bo'yicha to'rt arifmetik amal bajarilish qoidasini o'ylab topgan. Uzoq yillar davomida algoritm iborasi matematiklar tomonidan matematik masalalarni hisoblash qoidalarini ifoda etishda ishlatilgan. Kompyuterning ishlash jarayoni xuddi ana shu qoida - algoritm orqali amalga oshiriladi. Kompyuter algoritmlarni bajaruvchidir. Kompyuterga masala tayyorlash jarayonini ikki bosqichga bo'lish mumkin: 1.algoritm tuzish (kiritiladigan ma'lumotlar va natijalarga talab, masalaning qo'yilishi, alohida holatlarni etiborga olib yechimni aniq ifodalash); 2.kompyuter tushunadigan tilda algoritmni ifoda etish, yani masalani yechish dasturini tuzish. Algoritmni turli ko'rinishda ifoda etish mumkin: so'zlar yordamida, matematik formulalar, algoritm blok-sxemasi yordamida. Algoritmning xossalar: aniqlik - algoritm qo'yilgan masalani butkul ifodalashi zarur. diskretlik (tartiblilik) - algoritmda kompyuterdagi barcha amallar aniq tartibda joylashgan bo'lishi zarur. natijaviylik - algoritm imkon qadar mujassamlashgan bo'lishi, yani minimum dasturiy qadamlardan foydalanib natijaga ega bo'lish zarur. ommaviylik - algoritm imkon qadar universal bo'lishi, yani turli xildagi masalalarni yechish uchun mos kelishi kerak. Dastur va dasturlashtirish. Algoritmda ketma-ket bajariladigan operatsiyalar majmuasi dastur deyiladi. Dastur buyruqlardan tashkil topgan bo'lib, har bir buyruq malum bir tugallangan amalni bajaradi. Shuning uchun dastur kompyuter tushunadigan tilda yozilgan algoritmdir. Dastur tuzish jarayonini dasturlashtirish deyiladi. Dasturlashtirish tilida yozilgan operatorlar ketma-ketligi ham dastur deyiladi. Kompyuter yozilgan dasturni o'z tiliga o'girib oladi. Buning uchun maxsus dasturlar ishlab chiqilgan bo'lib, ularni translyator deb ataladi. Translyatorlar ikki xilda bo'lishi mumkin: Dastur - interpretator, dasturning har bir qatorini tahlil qiladi va bajaradi. Inetrpertator dasturlarga Basic va Perl tillarini kiritish mumkin. Dastur - kompilyator, yozilgan dasturni to'liq tahlil qiladi va bajarilishga tayyor mashina kodini shakllantiradi. Kompilyator dasturlarga C, C++, Pascal, Java, Fortran tillarini kiritish mumkin. Dasturlashtirish tillari. Dasturlash tillari ikkita asosiy guruhga bo'linadi: quyi darajadagi dasturlash tillari; bu guruhga mashina kodlari va assembler tili kiradi. yuqori darajadagi tillar; bu guruhdagi barcha tillarni etti asosiy kategoriya bo'yicha sinflash mumkin: chiziqli tillar, protsedura tillari, mantiqiy tillar, obyektga yo'naltirilgan tillar, ma'lumotlar bazasiga so'rov tillari, sssenariylar tillari, makroslar. Chiziqli tillar dasturlashtirish tizimining boshlang'ich tillaridan bo'lib, u oddiy arifmetik masalalarni yechishga mo'ljallangan edi. Protsedurali tillar malum bir operatsiyalarni bajarish uchun yirik mantiqiy bloklardan tashkil topgan til bo'lib, ularda modulli dasturlash prinsipi ishlatiladi. Moduli dasturlash - dastur kodining qismi bo'lib, ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.26 KB
Ko'rishlar soni 101 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:03 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.26 KB
Ko'rishlar soni 101 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga