Algoritmlashtirish asoslari

Algoritmlashtirish asoslari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Algoritmlashtirish asoslari - rasmi

Material tavsifi

Algoritmlashtirish asoslari Reja: SHaxsiy komp'yuterlarda masalalarni tayyorlash va yechish bosqichlari. Algoritm tushunchasi. Hisoblash jarayonlarining turlari. SHaxsiy komp'yuterlarda masalalarni tayyorlash va yechish bosqichlari. Turli xildagi masalalarni shaxsiy kompyuterlarda(SHK) yechishgacha tayyorlash va uni to'g'ridan-to'g'ri SHK yechishlar o'z tarkibiga quyidagi bosqich-larni qamrab oladi: masalaning qo'yilishi; sonli usulni tanlash; hisoblash jarayonini algoritmlashtirish; kompyuter dasturini tuzish; dasturni sozlash; masalani shaxsiy kompyuterda yechish va natijalarini tahlil qilish. Masalaning qo'yilishi. Turli xildagi masalalarni yechishning dastlabki bosqichi bo'lib uning qanday qo'yilishi hisoblanadi. Masalaning qo'yilishi deganda, avvalom bor uni to'g'ri va ravon ifoda qilmoq, hamda uni to'g'ri yechish uchun qo'yilayotgan hamma shartlarini aniqlash tushuniladi. Undan tashqari masalani yechish uchun kerak bo'lgan birlamchi axborotlar ham aniqlanish kerakdir va hisoblanayotgan kattaliklar ro'yhati va ularni taqdim etish shakli ko'rsatilishi lozim. Sonli usulni tanlash. Sonli matematik usullar hisoblash jarayolarini elementar operatsiyalarga ajratishga yordam beradi, ya'ni hohlagan masalani yechishni operatsiyalarni bajarish ketma-ketligiga olib keladi. Ularning tarkibiga arifmetik operatsiyalar (, , =) va harakatlar kirib, hisoblash jarayonini tarmoqlashtirish(razvetvleniya) uchun xizmat qiladi. Aniq bir masalani yechish uchun sonli usullarning barchasining orasidan shundayini tanlash kerakki, u qo'yilayotgan masalani yaxshi darajada yechishni ta'minlab berishi lozim. Ma'lum bir sonli usulni tanlashda turli shartlar qatori quyidagi omillar bo'lishi mumkinki, ya'ni hisoblashlar natijasining aniqliligi, SHK masalani echilish vaqti, talab qilinayotgan xotira hajmi va boshqalar. Hisoblash jarayonini algoritmlashtirish. Algoritmlashtirish jarayoni masalani yechish algoritmini tuzishni ta'minlaydi va birlamchi axborotni natijaviyga aylantirish bosqichlar ketma-ketligini aniqlash va ifoda etish uchun xizmat qiladi. Masalani yechish algoritmi kutilayotgan natijani olish maqsadida dastlabki ma'lumotlar va oraliq natijalar ustidan bajarilayotgan elementar operatsiyalar tartibini aniq belgilab berishi kerakdir. Algoritm masalani yechish usuli hisoblanmaydi, balki tanlangan sonli usulni amalga oshiradi. Agar bitta sonli usulni amalga oshirish uchun bir nechta algoritmlar mavjud bo'lsa, u holda ular orasidan shaxsiy kompyuterdan eng samarali foydalanish uchun xizmat qiladigan usuli tanlab olinadi(tarkibida kam operatsiyalar bori kam xotira talab qiladi). Komp'yuter dasturini tuzish. Dasturlash - bu shaxsiy kompyuter dasturlash tilida algoritmni tasvirlash jarayonidir. Agar dastur kompyuter tilida(ya'ni kompyuter komandalarida) tuzilsa, u holda dastur to'g'ridan-to'g'ri shaxsiy kompyuterda amalga oshiriladi. Dastur simvollar tilida yozilsa, u holda dastur matni translyator orqali kompyuter tiliga o'giriladi va undan keyin u shaxsiy kom'yuterda echiladi. Dasturni sozlash. Dasturdagi xatoliklarni aniqlash va ularni to'g'rilash jarayoni sozlash deyiladi. Dasturlarda sintaksis va mantiqiy xatolar bo'lishi mumkin. Translyator tomonidan dasturni sintaksis nazorat qilish natijasida dasturlash tili tomonidan ularni tuzishda ruxsat etilmagan turli kontruktsiyalar aniqlanadi. Sintaksis xatoliklarning mavjudligi dasturning to'g'ri bajarilishiga yo'l qo'ymaydi. SHunda ham dasturning bajarilishi yakunlansa, u holda olingan natijalar shubha uyg'otadi. Sintaktik xatoliklarni tuzatgandan ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 592.99 KB
Ko'rishlar soni 80 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:03 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 592.99 KB
Ko'rishlar soni 80 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga