Aloqa inshoatlarining qurilish va montaj ishlari bo'yicha asosiy qoidalari Reja: Qurilish ishlari bo'yicha ishlab chiqarishning asosiy tushunchalari Ishlab turuvchi korxonaning kengayishi Qurilish obyekti Qurilish ishlari bo'yicha ishlab chiqarishning asosiy tushunchalari. Qurilish ishlarining asosiy maqsadi binolarni, ishlab chiqarish korxonalarini va boshqa inshoatlarni qurib yaratishdan iborat bo'lib, ular qurilish ishlarining oxirgi mahsulot ko'rinishiga ega. Qurilish ishlari oldindan ishlab chiqarilgan loyihalar va unga tegishli bo'lgan smeta asosida bajariladi. Korxonalar, binolar va inshoatlarning loyihalashtirish ishlari albatta texnik iqtisodiy asoslar asosida olib borilib, ular iqtisod tomonidan maqsadga loyiqligi va ho'jalik uchun qurilish ishlari kerakligi tasdiqlanadi. Unchalik katta bo'lmagan va texnik jihatdan murakkab bo'lmagan inshoatlarni va komplekslarni loyihalashtirish uchun texnik - ishchi loyihalar ishlab chiqariladi, yirik va murakkab komplekslar hamda inshoatlar uchun esa qurilish ishlari malum bir murakkab sharoitlarda bajariladigan ishlar uchun loyihalashtirish ishlari ikki bosqichda - texnik loyiha va ishchi chizmalar asosida bajariladi. Quyidagi tushunchalar malum: -Qurilish -ishga tushiruvchi kompleks yoki qurilish obyekti. Qurilish ishlari deganda quriluvchi bino eki inshoatlarning qurilish ishlari bilan bog'liq bo'lgan ishlari, rekonstruksiya qilish va qayta qurish ishlarining majmui bo'lib, qoida bo'yicha ular bir xil loyiha smeta hujjatlari asosida olib boriladi. Misol uchun kabel magistrali liniyaviy xardalolatnomaerga ega bo'lgan qurilish ishlaridan iborat bo'lganligi uchun uning tarkibiga kuchaytirgich punktlarining texnik binolari, dizel uchun bino, transformator uchun podstansiya, hovlili qurilmalarga ega bo'lgan yashash uchun uylar, xizmat talab etilmaydigan kuchaytirgich punktlar uchun xonalar, havo orqali va kabel orqali keluvchi elektr uzatish liniyalari, avtomobillar uchun garajlar, issiqlik ta'minoti uchun xonalar, omborxonalar va kuchaytirgich punktlarining maydonchasida joylashgan qo'shimcha xizmat ko'rsatuvchi xonalardan iborat. Liniya va stansiya inshoatlarining qurilish ishlari o'z ichiga- kabellarni yotqizish va kabellar montaji jarayonida ularga armaturalarni o'rnatish, bino va jihozlarga kiritiluvchi uskunalar, kabel kanalizatsiyasining qurilmalari, kabellarni korroziyadan va yashindan himoyalovchi uskunalar, kabellarni o'zgarmas havo bosim ostiga qo'yish; shaharlararo va xalqaro telefon stansiya binolari, liniya apparat tsexlari, xizmat ko'rsatuvchi kuchaytirgich punktlari va xizmat ko'rsatilmaydigan kuchaytirgich punktlari, elektr manba beruvchi uskunalar, elektrostansiya dizellarining uskunalari va ularning montaj ishlaridan iborat. Ishlab chiqarishning qurilish ishlari yangidan quriluvchi va ishlab turuvchi korxonalarning qurilish ishlaridan tashkil topadi. Yangidan quriluvchi korxonalar va ishlab chiqaruvchi korxona va inshoatlarning qurilish ishlari o'z ichiga bino va inshoatlarning qurilish ishlaridan iborat bo'lib, ular birlamchi tasdiqlangan loyiha asosida yangidan tashkil etilgan qurilish maydonchasida qurilish ishlari boshlanishidan to qurilish ishlari tugallanib uni to'liq loyiha quvvatiga qadar etkazilish ish jarayonidan iborat. Telekommunikatsiya sohasida yangidan quriladigan ishlardan iborat bo'lgan inshoatlarga kabelli liniyalar, tarmoq tugunlarida ishlab turgan kuchaytirgich punktlarini ishlab turgan shaharlararo telefon stansiyalarga chiqish imkoni uchun, yangi qurilish maydonchasiga ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 15:53:55
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.74 KB
Ko'rishlar soni
84 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:03
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 15:53 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.74 KB
Ko'rishlar soni
84 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:03 ]
Arxiv ichida: doc